Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi,,iqtisodiyot nazariyasi



tải về 304.16 Kb.
trang6/10
Chuyển đổi dữ liệu04.04.2024
Kích304.16 Kb.
#57078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1AKSIONERLIK JAMIYATLARI VA VA ULARNING IQTISODIY TARAQQIYOTDAGI

1.1-chizma Korporativ muxit9
Tadbirkorlik korporatsiyalari foyda olish uchun yaratiladi. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • AQShda korporatsiyalar faqat aksiyadorlik kapitali asosida tuziladi;

  • Evropada ma`suliyati cheklangan jamiyat, shirkatlar, kooperativlar, ochiq aksioner jamiyatlari, yopiq aksionerlik jamiyatlari.


1.1 - rasm .O`zbekiston milliy korporativ boshqaruv modeli tuzilmasi10

Tadbirkorlik korporatsiyasi sifatida quyidagilar bo`lishi mumkin:

  • alohida tijorat tashkiloti;

  • integratsiyalangan korporativ tuzilma (kontsern, xolding va boshqalar).

Aksiyadorlik jamiyatlari o`z aksiyadorlari bilan yollangan menejrlar o`rtasida o`zaro mafaatlar mosligi muammosi yuzaga keladi.Bu o`z zimmasiga aksiyadorlik kapitalidan samarali foydalanish, foyda darajasini oshirib borish majburiyatini olgan menejerlarning korxonani samarali boshqarishini ta`minlashi va yollangan menejerlarni aksiyadorlar manfaatlarini inkor etib o`z shaxsiy manfaatlari yoki korxonani malakasiz boshqarish yo`liga o`tish bilan tavsiflanadi va shu bosi ixtilofli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin .Ana shu manfaatlarning mos kelishini ta`minlash aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimi orqali amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyat yuridik shaxsni ta‟sis etish yoki qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, bo’lish, ajratib chiqarish, o’zgartirish) yo’li bilan tashkil etilishi mumkin. Jamiyatni ta‟sis etish to’g’risidagi qaror ta‟sis yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir muassis tomonidan ta‟sis etilgan taqdirda jamiyatni ta’sis etish haqidagi qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi. Jamiyatning muassislari uni tashkil etish to‘g‘risida o’zaro ta‟sis shartnomasini tuzadilar, shartnomada ularning jamiyatni ta‟sis etishga doir birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori, muassislar o’rtasida joylashtirilishi lozim bo’lgan aksiyalarning turlari, ular uchun to’lanadigan haqning miqdori va uni to’lash tartibi, muassislarning jamiyatni tashkil etishga doir huquq va majburiyatlari belgilanadi. Jamiyatni ta‟sis etish to’g‘risidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni ta‟sis etish, uning ustavini tasdiqlash, jamiyatning boshqaruv organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan muassislar qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak. Jamiyatni ta‟sis etish, uning ustavini tasdiqlash to’g‘risidagi va muassis tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini to’lash uchun kiritilayotgan qimmatli qog‘ozlarning, o’zga mulkiy huquqlarning yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega bo‘lgan boshqa huquqlarning pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash haqidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tashkil etish O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotganda aksiyadorlik jamiyatini ta‟sis etish to‘g‘risidagi qaror davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat muassislari va aksiyadorlarining soni cheklanmaydi. Jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi ta‟sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning muassislari (muassisi) deb e’tirof etiladi. Agar qonunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, davlat organlari jamiyatning muassislari (aksiyadorlari) bo’lishi mumkin emas.2 Ushbu masalalarni hal etish uchun aksiyadorlik jamiyatida tavakkalchilik darajasini nazorat qilishda kuzatuv kengashining ahamiyati bayon etilgan qoidalarni, korporativ boshqaruv darajasini baholash mezonlarini, korporativ boshqaruvni samarali olib borishga qaratilgan ichki hujjatlarni hamda korporativ boshqaruv tizimida tanglik vaziyatlari vujudga kelganda ko’riladigan chora-tadbirlar taktikasini ishlab chiqish va tartibga solish talab etiladi. Bu borada aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil etishda ularning joylashtirilish usullaridan samarali foydalanishni yuzaga keltiradi . Ta’kidlab o’tish kerakki, korporatsiya tushunchasi hozirgi sharoitlarda yana bir o’ziga xos jihatni kasb etmoqda. Undagi bir nechta yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan xo’jalik subyektini belgilash uchun foydalanilib, ularning har birini boshqa mulkiy munosabatlar, birgalikda biznes yuritish, umumiy maqsadlar va manfaatlar, umumiy tashkiliy struktura bilan bog‘liq mustaqil iqtisodiy subyekt sifatida ko’rib chiqish mumkin.

tải về 304.16 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương