Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi,,iqtisodiyot nazariyasi


II. BOB AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI MODERNIZATSIYALASH VA IQTISODIYOTNI DIVERSIFIKATSIYALASHDA KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMINI TATBIQ ETISH



tải về 304.16 Kb.
trang7/10
Chuyển đổi dữ liệu04.04.2024
Kích304.16 Kb.
#57078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1AKSIONERLIK JAMIYATLARI VA VA ULARNING IQTISODIY TARAQQIYOTDAGI

II. BOB AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI MODERNIZATSIYALASH VA IQTISODIYOTNI DIVERSIFIKATSIYALASHDA KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMINI TATBIQ ETISH
2.1.Aksionerlik jamiyatlarining korporativ siyosatini samarali amalga oshirish usullari
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining jadal rivojlanishi hamda aniq va mukammal darajada rejalashtirilgan iqtisodiy islohotlarning oʼtkazilishi natijasida resublikamiz iqtisodiyotida tub burilishlar yuzaga keldi. Xususan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining natijasi sifatida, nodavlat sektorning rivojlanishi Oʼzbekistonni dunyo bozorida xorijiy davlatlar bilan yerkin iqtisodiy aloqalarni yaxshi yoʼlga qoʼyilishiga mustahkam poydevor barpo yetdi.
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyot mulkchilikning va xoʼjalik yuritishning xilma-xil shakllariga suyangan holda taraqqiy yetadi. Bu iqtisodiyotda raqobat muhitini taʼminlashning va rivojlantirishning yeng muhim shartidir. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi koʼrsatmokdagi, mulkchilikning aksiyadorlik shakli bozor tamoyillariga yeng muvofiqlashgan holda samarali xoʼjalik yuritishga imkon beradi. Shuning uchun aksiyadorlik jamiyatlari bozor iqtisodiyoti mamlakatlari xoʼjalik tuzilmalari tarkibida yetakchi oʼrinni yegallagan.
Aksiyadorlik jamiyatlariga xos boʼlgan afzalliklar uni rivojlangan mamlakatlarda biznesni tashkil yetishning yetakchi shakliga aylanishiga sabab boʼlgan. Bu afzalliklarni quyidagilarda koʼrish mumkin:
Biznesni tashkil yetishning aksiyadorlik jamiyati shaklida pul kapitalini jalb yetish masalasi samarali hal yetiladi.
Tadbirkorlikni qimmatli qogʼozlarni (shu jumladan aksiyalarni) sotish orqali moliyalashtirilganda investorlar oʼz qoʼyilmalarini diversifikatsiyalash va shu bilan tavakkalchilikni pasaytirishlari mumkin.
Bozor infrastrukturasi (fond birjalari va boshqalar) qimmatli qogʼozlarning xaridorlar bilan sotuvchilar oʼrtasidagi harakatini osonlashtiradi. Aksiyadorlik jamiyati taqdirini alohida olingan aksiyador (mulkdor) hal yeta olmaydi.
Korporatsiyaning yana bir muhim xususiyati mulkdorlar masʼuliyatining cheklanganligidir. Pul kapitalini koʼpaytira olish borasidagi afzalliklariga suyangan holda muvaffaqiyatli ish olib borayotgan korporatsiya oʼz operatsiyalari hajmini va koʼlamlarini tez kengaytira oladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida aksiyadorlik jamiyatlarining huquqiy asoslari yaratildi. Xususan, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish, buxgalteriya hisobini tashkil yetish, hisobot tuzish bilan bogʼliq munosabatlarini tartibga solish hamda asossiz aralashuvlarga chek qoʼyish maqsadida bir qancha qonunlar, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Aksiyadorlik jamiyatlari taraqqiyoti oʼz ichiga hozirda global iqtisodiy sohadagi korparativ taraqqiyotga xos boʼlgan quyidagi qator hodisalarni olishi lozim:

  • kapitalning kontseptratsiyasi (toʼplanishi), (qoʼshilishlar va qoʼshib olishlar, strategik ittifoqlar tuzish);

  • faoliyatning globallashuvi (sotish bozorlarini kengaytirish, yeng jozibali xorijiy bozorlarda tobe tuzilmalarni yaratish);

  • sanoat kapitali va moliya kapitalining birlashishi;

  • faoliyat shakllari va yoʼnalishlarini diversifikatsiyalash;

  • kompaniya aktivlarini xavfdan holi qilish (sekyuritizatsiya);

Turli mulkchilik shakllari korxonalarining ayrimlarini tashkil qilish va faoliyat yuritish xususiyatlariga batafsilroq toʼxtalib oʼtamiz.
Ustav kapitali jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xoʼjalik yurituvchi subʼekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Jamiyat davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qoʼlga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan boʼlsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Ishtirokchilari oʼzlariga qarashli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz oʼzga shaxslarga berishlari mumkin boʼlgan aksiyadorlar jamiyati ochiq aksiyadorlar jamiyati hisoblanadi. Bunday aksiyadorlar jamiyati oʼzi chiqaradigan aksiyalarga qonun hujjatlarida belgilab qoʼyiladigan shartlar asosida ochiq obuna oʼtkazishga va ularni yerkin sotishga haqli. Ochiq aksiyadorlik jamiyati oʼzi chiqarayotgan aksiyalarga yopiq obuna oʼtkazishga haqli, jamiyat ustavida va qonun hujjatlarida yopiq obunani oʼtkazish imkoniyati cheklab qoʼyilgan hollar bundan mustasno.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni chegaralanmaydi. Aksiyalari faqat oʼzining muassislari orasida yoki oldindan belgilab qoʼyiladigan boshqa shaxslar doirasida taqsimlanadigan aksiyadorlar jamiyati yopiq aksiyadorlar jamiyati hisoblanadi. Bunday jamiyat oʼzi chiqaradigan aksiyalarga ochiq obuna oʼtkazishga yoki ularni sotib olish uchun cheklanmagan doiradagi shaxslarga boshqacha tarzda tavsiya yetishga haqli yemas. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni yellik nafardan ziyod boʼlishi mumkin yemas. Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aksiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan shaxslar aksiyadorlar reestrida roʼyxatga olingan kundan yeʼtiboran olti oy ichida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach sud tartibida tugatilishi lozim.
Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni uchinchi shaxsga taklif yetilayotgan narxda va shartlarda, ularning har biriga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqiga, agar jamiyat ustavida mazkur huquqni amalga oshirishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʼlsa, yega boʼladi. Agar aksiyadorlar aksiyalarni sotib olishda oʼz imtiyozli huquqlaridan foydalanmasalar, jamiyat aksiyadorlar tomonidan sotiladigan aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquqqa yega boʼlishi uning ustavida koʼzda tutilishi mumkin.
Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanish tartibi, muddati jamiyat ustavida belgilab qoʼyiladi. Imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aksiyalar savdoga qoʼyilgan paytdan boshlab 30 kundan kam va 60 kundan koʼp boʼlishi mumkin yemas.
Agar bir (asosiy) xoʼjalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xoʼjalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeiga yega boʼlgan holda ishtirok yetishi tufayli yoxud ular oʼrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yo boʼlmasa boshqacha tarzda ikkinchi xoʼjalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga yega boʼlsa, ushbu ikkinchi xoʼjalik jamiyati shoʼʼba xoʼjalik jamiyati hisoblanadi.
Fuqarolarning shaxsiy ishtirok yetish hamda aʼzolarning (ishtirokchilarning) mulk bilan qoʼshiladigan pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xoʼjalik faoliyatini olib borish uchun aʼzolik negizidagi ixtiyoriy birlashmasi ishlab chiqarish kooperativi hisoblanadi.
Oʼziga biriktirib qoʼyilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi.
Unitar korxonaning mol-mulki boʼlinmasdir va u qoʼshilgan hissalar (ulushlar, paylar) boʼyicha, shu jumladan korxona xodimlari oʼrtasida ham, taqsimlanishi mumkin yemas.
Xoʼjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona oʼz mol-mulkining bir qismini xoʼjalik yuritish uchun belgilangan tartibda topshirish yoʼli bilan yuridik shaxs boʼlgan boshqa unitar korxona (shoʼʼba korxona) tashkil etishi mumkin.


tải về 304.16 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương