Iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar reja



tải về 20.34 Kb.
trang1/2
Chuyển đổi dữ liệu02.05.2024
Kích20.34 Kb.
#57441
  1   2
Iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar reja-fayllar.org


Iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar reja

ISTE’MOL, JAMG‘ARMA VA INVESTITSIYALAR
REJA:
1. Iste’mol va jamg‘armaning mazmuni.Iste’mol va jamg‘arish fondlarining shakllanishi.
2. Iste’mol va jamg‘arish о‘rtasidagi optimal nisbat. Iste’mol va jamg‘arishga о‘rtacha va oxirgi moyillik.
3. Jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligi. Nominal va real jamg‘arish.
4. Investitsiyalarning mazmuni va vazifalari.
5. Investitsiyalar turlari va investitsiya hajmiga ta’sir etuvchi omillar.
6. О‘zbekistonda tarkibiy о‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilishi.
1. Milliy iqtisodiyotda yalpi ichki mahsulotning asosiy qismi bо‘lgan yangidan vujudga keltirilgan mahsulot, ya’ni sotilgandan keyingi uning puldagi kо‘rinishi – milliy daromaddan iste’mol va jamg‘arish maqsadlarida foydalaniladi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat a’zolari iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish jarayonini bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.

Milliy daromadning jamiyat a’zolaring moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga sarflanuvchi qismi iste’mol fondi deb ataladi. Iste’mol fondi butun aholining shaxsiy iste’molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar va boshqarishdagi barcha sarflarni о‘z ichiga oladi.


Iste’mol fondining shaxsiy daromad shaklida aholi qо‘liga kelib tushadigan qismi iste’mol sarflari maqsadida ishlatiladi. Iste’mol sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi. Aholi о‘z daromadini sarflar ekan, bugungi (joriy) iste’mol hamda kelgusidagi iste’mol hajmini oshirish о‘rtasida tanlovni amalga oshiradi.
Kelgusida iste’mol hajmini oshirish imkoniyati joriy davrdagi jamg‘armaga ham bog‘liq bо‘ladi. Jamg‘arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida tо‘planib borishi. Uning hajmi barcha xо‘jaliklar daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash yо‘li bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bо‘lsa, jamg‘arma hajmi shunchalik kam bо‘ladi. Jamg‘armaning о‘sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag‘larning iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlar xarid qilishga yо‘naltirilishini bildiradi.
2. Iste’mol va jamg‘arma hajmi hamda unga ta’sir kо‘rsatuvchi omillar о‘rtasidagi bog‘liqlik iste’mol va jamg‘arma funksiyasi deyiladi. Bu funksiyalarni bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga kо‘ra, kishilar о‘z mablag‘larini qо‘shimcha daromad keltirgan taqdirda jamg‘armaga yо‘naltirishga harakat qiladilar. Shunga kо‘ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bо‘lsa, ularning jamg‘armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bо‘ladi, ya’ni jamg‘arma real foiz stavkasining о‘sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. Aholi daromadlari iste’mol va jamg‘arma mablag‘larining yig‘indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining о‘sishi bilan iste’mol pasayib, jamg‘arma esa kо‘payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga kо‘ra iste’mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funksiyasi hisoblanadi.

Iste’mol va jamg‘arma hajmiga daromaddan tashqari yana bir qator obyektiv va subyektiv omillar ta’sir kо‘rsatadi. Obyektiv omillar alohida iste’molchining ixtiyoriga, idrokiga bog‘liq bо‘lmagan omillardan iborat bо‘lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni kо‘rsatish mumkin:


- barcha xо‘jaliklar tomonidan jamg‘arilgan mol-mulk darajasi;
- narxlar darajasi;
- real foiz stavkalari;
- iste’molchining qarzdorligi darajasi;
- iste’molchilarni soliqqa tortish darajasi.
Subyektiv omillar asosan iste’molchining о‘ziga, uning ruhiyati va bozordagi xatti-harakatiga bog‘liq bо‘ladi. Bu omillar qatoriga iste’mol va jamg‘arishga bо‘lgan moyillik, kelgusidagi narx, pul daromadlari, soliq, tovarlar mavjudligi darajasining о‘zgarishiga nisbatan munosabatni kiritish mumkin.
Aholi daromadining iste’molga sarflanadigan ulushi iste’molga о‘rtacha moyillik (IО‘M) deyiladi:
.
Aholi daromadining jamg‘armaga ketadigan ulushi esa jamg‘armaga о‘rtacha moyillik (JО‘M) deyiladi:
.
Daromad hajmining о‘zgarishi natijasida iste’mol sarflari hajmining о‘zgarishi darajasi iste’molga keyingi qо‘shilgan moyillik (IQM) deyiladi, ya’ni:
.
Daromad hajmining о‘zgarishi natijasida jamg‘arma hajmining о‘zgarishi darajasi jamg‘armaga keyingi qо‘shilgan moyillik (JQM) deyiladi, ya’ni:

.
3. Jamg‘arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, investitsion tavsifdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg‘arishning amalda namoyon bо‘lish shakli bо‘lganligi sababli dastlab tahlilni jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz.

Jamg‘arish – milliy daromad bir qismining asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zaxiralarini kо‘paytirish uchun sarflanishidir.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg‘arish bir-biridan farqlanadi. Jamg‘arilgan mablag‘larning moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy kapitallarini va aylanma mablag‘larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish summasini hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish iqtisodiy о‘sishning muhim omilidir.
4. Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va kо‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi kо‘rinishidir. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar kо‘rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari kо‘rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag‘lariga sotib olish mumkin bо‘lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.

Investitsiyalarni rо‘yobga chiqarish bо‘yicha amaliy harakatlar – investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs – investor deyiladi.


Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
- investorlarning о‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg‘armalari va h.k.);
- qarz olingan moliyaviy mablag‘lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);
- jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa tо‘lovlari);
- davlat byudjeti mablag‘lari;
- chet elliklar mablag‘lari.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:
1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;
2) foiz stavkasi.
Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga mо‘ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qо‘shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni о‘z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qо‘shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat. Boshqacha aytsak, sof investitsiya yalpi investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng. Sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning о‘sishini ta’minlaydi.
5. Jamg‘arma va investitsiya о‘rtasidagi makroiqtisodiy muvozanatga erishish barqaror iqtisodiy о‘sishning sharti hisoblanadi. Biroq, bu muvozanatga erishish doimo oson kechavermaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi hamda jamg‘arma darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog‘liqligi hisoblanadi.

Investitsiya va jamg‘arma о‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash borasida bir qator nazariy qarashlar farqlanadi. Bu borada eng avvalo klassik iqtisodchilarning qarashlarini kо‘rib chiqamiz.


Klassik iqtisodchilar nuqtai nazaridagi eng markaziy holat – bu ular tomonidan foiz stavkasining ham investitsiyaning, ham jamg‘armaning funksiyasi sifatida qaralishi hisoblanadi.
Investitsiya va jamg‘arma darajalari muvozanatining klassik va keynscha modellari о‘rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bо‘ladi: birinchidan, klassik modelda bu muvozanat rо‘y berishi uchun iqtisodiyotning doimiy ravishda tо‘la bandlik holatida bо‘lishi taqozo etiladi. Keynscha modelda esa, yuqorida kо‘rib chiqilganidek, bu muvozanatga tо‘la bandlik bо‘lmagan holatda ham erishish mumkin; ikkinchidan, klassik modelda narx mexanizmi juda harakatchan bо‘ladi. Keynscha modelda narxning bunday moslashuvchanligi inkor etiladi; uchinchidan, yuqorida ta’kidlanganidek, klassik modelda jamg‘arma foiz stavkasining funksiyasi sifatida, keynscha modelda esa daromad funksiyasi sifatida qaraladi.
Demak, yuqoridagilardan kо‘rinadiki, jamg‘arma va investitsiya о‘rtasidagi muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan, real hayot, ya’ni iqtisodiyotning tо‘la bandligi mavjud bо‘lmagan holatga nisbatan ham tatbiq etilib, takomillashtirilgan model hisoblanadi. Shunga kо‘ra, biz ham makrodarajadagi boshqa muammolarni kо‘rib chiqish va tahlil qilishda asosan ushbu modeldan foydalanamiz.
6. О‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar investitsiya jarayonlarining faollashuvini taqozo etmoqda. Iqtisodiyotda yangi tarmoq va sohalarning yо‘lga qо‘ylishi, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarining kengaytirilishi, ish о‘rinlarining tashkil etilishi tobora kо‘proq mablag‘ va resurslarni jalb qilishni rag‘batlantirmoqda. Jumladan, 2008 yilda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 2007 yil bilan taqqoslaganda, 28,3 foizga kо‘p bо‘lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 foizni tashkil etdi.

2000 yilda jami investitsiyalarning 61 foizi qurilish-montaj ishlariga, 25 foizi uskuna va jihozlarni sotib olishga yо‘naltirilgan bо‘lsa, 2008 yilda qurilish-montaj ishlarining salmog‘i 37 foizga qadar pasayib, uskuna va jihozlarni sotib olishga yо‘naltirilgan mablag‘larning salmog‘i 39 foizga qadar о‘sdi. Bu esa, jalb etilayotgan investitsiyalardan foydalanish samaradorligining о‘sishiga ahamiyatli darajada ta’sir kо‘rsatadi. Umuman olganda, о‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yо‘naltirildi.


Keyingi yillarda О‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmining izchil va barqaror о‘sib borayotgani e’tiborga sazovordir. 2008 yilda 1 milliard 700 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar о‘zlashtirildi. Bu 2007 yildagiga nisbatan 46 foiz kо‘p demakdir. Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri investitsiyalar tashkil etdi. Jahon inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2009 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard 800 million dollarga kо‘payadi, buning tо‘rtdan uch qismi tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri investitsiyalardir.



tải về 20.34 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương