Science and innovation


TADQIQOT MATERIALLRI VA METODOLOGIYASI



tải về 0.76 Mb.
Chế độ xem pdf
trang2/8
Chuyển đổi dữ liệu23.01.2024
Kích0.76 Mb.
#56427
1   2   3   4   5   6   7   8
pedagog-kadrlar-malakasini-oshirish-ta-limi (1)

TADQIQOT MATERIALLRI VA METODOLOGIYASI 
Ta’limni tashkil etish tajribasida munosabatlarning ikki turi mavjud: 
1) «Sub’ekt-ob’ekt» munosabati, ya’ni ta’lim oluvchining o‘quv materialiga munosabati; 
2) «Sub’ekt-sub’ekt» munosabati, ya’ni tinglovchining ta’lim jarayoni tashkilotchilari 
bilan munosabati.
Bu munosabatlarning ikki turi «sub’ekt-ob’ekt» munosabatlarini tashkil etib, birgalikda 
o‘quv jarayoni tuzilishini belgilaydi.
Munosabatlarning birinchi turi ta’lim jarayoni ishtirokchilari faoliyatining yo‘nalishini 
tashkil etadi. Munosabatlarning ikkinchi turi ta’lim jarayoni ishtirokchilarining rolini (o‘rnini) 
shu ijtimoiy birlikda belgilaydi. 
O‘qish ma’lum faoliyat shakli sifatida ta’lim jarayoni ishtirokchilarining 
munosabatlaridagi o‘rinlarini hisobga olmay tashkil qilishini mumkin emas. Bu qonuniyat 
ta’limning ob’ektiv tabiatidan, uning ikkiyoqlama, ko‘pqirrali jarayon ekanligidan kelib chiqadi. 
Agar ta’limning ikkiyoqlamaligi ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining munosabatlarida 
namoyon bo‘lsa, ko‘pyoqlamaligi ta’lim beruvchilarning o‘zaro va o‘quv jarayonining boshqa 
ishtirokchilari munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Taniqli psixolog olim S.L. Rubinshteyn 
ta’kidlaganidek, kishi faoliyati haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish uchun sub’ektning boshqa 


UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
 
ISSN: 2181-3337

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 
№4
437 
kishilarga munosabatini, uning asosini tashkil etuvchi o‘zaro aloqa va muloqoti haqida to‘liq 
ma’lumotga ega bo‘lmoq lozim [1]. 
Shaxslararo munosabatlarning bu jihatlarini inobatga olish yana shuning uchun ham 
zarurki, katta yoshdagi kishilarning o‘z hamkasblari va o‘qituvchilar oldida «uyalish» va «o‘zini 
tiyish», ya’ni biron narsani bilmasdan uyatda qolish, o‘z obro‘lari haqida tashvish chekishlari 
ham bor. SHuni istihola qilib, tinglovchi o‘qituvchilar ma’lum mavzuda o‘z fikrlarini ochiq 
bayon qilishlari so‘ralganda, xato qilib, guruh oldida o‘z obro‘sining pasayishidan qo‘rqadilar. 
Bunday «tortinchoqlik» tinglovchi-larni o‘zaro va o‘qituvchi bilan faol muloqotga kirishishlariga 
xalaqit beradi. 
Shuning uchun malakasini oshirish muassasasining professor-o‘qituvchilari hamda 
ma’muriyati tinglovchilar bilan ta’lim jarayonida shunday sub’ekt-ob’ekt munosabatlarini 
tanlashlari lozimki, uning oqibatida har bir tinglovchi o‘z fikrlarini erkin bayon eta olsin.
Yuqorida ta’kidlanganidek, o‘quv faoliyati boshqa faoliyat turlaridan maqsad va 
vositalari bilan farq qiladi. O‘qishning maqsadi – uning kutilgan natijasi, sub’ekt faoliyatidagi 
o‘zgarish va rivojlanishda hamda tajribasining oshishida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, kishining 
yoshi o‘tishi bilan unda murakkab ijtimoiy, ruhiy, biologik, fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. 
Bu o‘zgarishlar inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladi. O‘z navbatida ular katta 
kishi o‘quv faoliyatiga ham ta’sirini o‘tkazadi. Bu o‘zgarish uning tinglovchi sifatida egallagan 
pozitsiyasi va maqomiga, shuningdek, asosiy faoliyati – o‘qituvchiligi, jamoadagi mavqei
ma’lumoti, hayot tajribasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Buning oqibatida katta kishining ijtimoiy 
mavqei, uning hayoti turli davrlarida o‘qishga munosabatini belgilaydi. O‘quv muassasasi 
o‘qituvchisining malakasini oshirish ta’limi jarayonidagi ishtiroki, uning mavqeini o‘zgartiradi. 
Ammo bu o‘zgarish silliq, ruhiy qiyinchiliklarsiz o‘tmaydi. O‘qituvchining o‘quvchi sifatidagi 
yangi roli o‘zgacha munosabatlarga asoslanadi – muloqot usulining o‘zgarishi hamda 
o‘qituvchining tashkilotchilikdan o‘quvchilikka o‘tishi bilan xarakterlanadi. Dars berayotgan 
o‘qituvchining tinglovchilik roli, uning o‘z bilimi va tajribasi hamda o‘quv materialini asosiy 
faoliyatiga kerakliligi jihatdan baholashiga xalaqit bermaydi. Aksincha, bu uning intilishni 
kuchaytiradi. SHuning uchun o‘qituvchi harakati va munosabati hamda o‘quv materialining 
mazmuni uning kasbiy talablariga javob bermasa, o‘qishga nisbatan unda salbiy munosabat 
paydo bo‘ladi. Uning bunday munosabatining yana bir sababi hozirgi o‘qish uning uchun asosiy 
emas, balki asosiy faoliyatiga tayyorlash vazifasini o‘taydi hamda bu o‘qish katta kishi uchun 
yordamchi bo‘lib, asosiy mehnatini muvaffaqiyatli amalga oshirish zaruriyatidir, – deb yozadi 
YU.N. Kulyutkin [2]. Bu esa katta kishilarning bolalarga nisbatan o‘qishga ruhiy munosabatini 
keskin o‘zgartiradi. 
Bundan kelib chiqadigan xulosa, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida 
tinglovchilarning ijtimoiy o‘rni hamda ijtimoiy-psixologik, psixofiziologik xususiyatlarini 
hisobga olish zarur. SHuning uchun ta’lim jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, unda 
o‘rganilayotgan muammo tinglovchining asosiy faoliyatiga bog‘liq hamda o‘quv muassasasi 
o‘quv jarayoni, shuningdek, o‘quvchi faoliyatini qayta qurish zaruriyati sifatida qaralsin. 
Qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonidagi yana bir o‘ziga xos xususiyat – 
tinglovchi saviyasi, tajribasi, tafakkurining yuqoriligi va o‘qish motivining anglaganligidadir. 
SHuning uchun malakasini oshirishni tashkil qilish bilish faoliyati sifatida ta’lim sub’ektining 
faol ishtirokida olib borilishi kerak.


UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
 
ISSN: 2181-3337

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL


tải về 0.76 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương