Toshkent shahar Chilonzor tumani 178-idu maktabida 27-aprelda Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir bayonnomasi



tải về 6.09 Mb.
Chuyển đổi dữ liệu29.04.2024
Kích6.09 Mb.
#57414
tadbir


Toshkent shahar Chilonzor tumani 178-IDU maktabida
27-aprelda Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
Chilonzor tuman 178-IDUM 2023-yil 28-aprel


Qatnashdilar: Ona tili va adabiyot. O‘zbek tili fanlari o‘qituvchilari
Kun tartibi: 27-aprelda Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir
Tadbirni ta’lim muassasasi Ona tili va adabiyot. O’zbek tili metod birlashma rahbari M.Gaipova ochib berdi. Tadbirda maktabning 3, 6, 11 - sinf o’quvchilari qatnashdilar.
Tadbirda Muhammad Yusufning milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni, xalqimiz ma’naviyatini, ongu tafakkurini yuksaltirish, yosh avlod qalbisa o’zlikni anglash, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini kamol toptirish borasidagi xizmatlari ta’kidlandi. Yuqoridagi fikrlarning isboti sifatida shoirning ohangdor she’rlardan o‘quvchilarimiz go‘zal misralar aytib berishdi.
3-5-sinf o‘quvchilari ijrosida “Fidoying bo’lgaymiz seni O’zbekiston” qo‘shig‘i kuylandi.
Tadbirda til haqida aytilgan qo’shiqlar, yoqimli kuylar yig’ilganlarning qalbiga o‘zgacha quvonch bag‘ishladi.
Tadbir so‘nggida o‘zbek tili fani o‘qituvchisi R.Eshbayeva so‘zga chiqib, shoirning tavalludi milliy adabiyotimizning haqiqiy tantanasi sifatida nishonlanishi o‘rinli ekanligini ta’kidladilar.
Metod birlashma
QAROR QILADI:
27-aprelda Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ona tili va adabiyoti metod birlashma rahbari: M. Gaipova
Kotiba: M. Orziyeva






Mavzu: Muhammad Yusuf tavalludining 69-yilligiga bag’ishlangan tadbir ssenariy


Tadbir o’tkaziladigan zal bayramona bezatilgan Muhammad Yusufning kitoblari ,rasmi slayt orqali va hayoti haqida video lavha namoish etiladi. So’ng shoirning “Vatanim” she’riga kuylangan qo’shig’I namoish etiladi. Tadbir boshlovchilari sahnaga chiqishadi.


1-boshlovchi: Assalomu alaykum jondan aziz, qadrli mehmonlar.
2-boshlovchi: Assalomu alaykum she’riyatga oshno qalblar.
1-boshlovchi: Bugungi bayram kechamiz O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag’ishlanadi.
2-boshlovchi: Zabardast shoirimiz hayot bo’lganlarida hozir 66 yoshni qarshilagan bo’lar edilar. Ming afsuski sevimli shoirimiz muhlislarining yuragini o’rtab ketdi. U kishi oramizda yo’q. Muhammad Yusuf degan she’riyat bor.
1-boshlovchi: O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomini eshitmagan, loaqal u yozgan she’rlarining bir satrini xirgoyi qilmagan yurtdoshimiz bo’lmasa kerak.
2-boshlovchi: Muhammad Yusuf degan shoir she’riyatga qanday kirib kelganini adabiyotimiz sezmay ham qoldi. U tez orada hammani lol qoldirib og’izga tushib ketdi. Uning yozganlari nihoyatda dolzarb mavzuda o’ta jiddiy. Lekin xalq diliga juda yaqin va ravon tilda yozilardi. U qo’shiqlari bilan emas xalq dardini baralla aytgan yurt muhabbati hech kimga o’xshamagan misralarda ta’riflangan she’rlari bilan tanildi, shuhrat qozondi. Endi o’quvchilarning Muhammad Yusufning tug’ilganidan boshlab boshidan kechirganlari haqidagi fikrlarini eshitamiz;
1-o’quvchi
Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining, Marhamat tumani , Qovunchi qishlog’ida dehqon oilasida dunyoga keladi. 1978-1980-yillar Toshkentdagi “Kitobsevarlar” jamiyatida, 1980-1986- yillar “Toshkent oqshomi” gazetasida ishlagan.
2-o’quvchi
Shoirning ilk to’plami “Tanish teraklar” nomi bilan 1985-yilda nashr etildi. 1987-yildan to 2004-yilga qadar “Bulbulga gapim bor”, “Iltijo”, “Uyqudagi qiz”. “Halima enam allalari”, “Ishq kemsi”, “Ko’nglimda bir yor”, “Bevafo ko’p ekan”, “Erka kiyik”, “Yolg’onchi yor”, “Osmonimga olib ketaman”, “Saylanma” kabi asarlari nashr etilgan.
3-o’quvchi
Muhammad Yusuf atalmish shoir ustozlari, yaqinlari, farzandlari xotirasida yaxshi ishlari hokisorligi, mehrliligi bilan muhrlanib qolgan bo’lib, shaxsan tanigan va tanimagan muhlislari tasavvurlarida yig’latadigan ezgulikka yetaklaydigan she’r-u qo’shiqlari bilan yashab qoladi.
4-o’quvchi
1986-1992-yillar G’afur G’ulom nomidagi Adabiyoti va san’at nashriyotida1992-1995-yillar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o’qigan. 1998-yilda “O’zbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor bo’lgan.1997-yildan to vafotigacha O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o’rinbosari lavozimida faoliyat ko’rsatgan.
1-boshlovchi
Bu she’riyat aslo zavol ko’rmaydi.Shoirdan chinakam ,betakror ijodiy meros qoldi.Haqiqiy ma’nodagi barhayotlik ,zavol bilmaslik M.Yusuf ijodiga ta’luqli desak xato qilmaymiz.

2-boshlovchi:


M.Yusuf kitoblarini varaqlasangiz qulog’ingiz ostuda qo’shiq yangrab turgandek har bir she’rni zavq-shavq bilan o’qiysiz.Qat-qatidagi ichki dunyosida sherik bo’lasiz.UVatanni farzand diliga qanchalik yaqin va bir butunligidan kelib chiqib madx eta oigan.
Endi navbat shoirning ‘’Talabalar madhiyasi’’,’’O’zbekiston’’she’rini o’quvchilar tomonidan eshitamiz.
‘’Talabalar madhiyasi’’she’ri
1-o’quvchi:
Alp o’g’lonlar o’lkasi bu –Ko’xna Turon
Qalqonlari,qanotlari,ilm istang,
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari ,ilm istang!
2-o’quvchi:
Taxtdan tushganda ham otdan tushmay yurgan,
Ajdodingiz yu qurmagan-Davlat qurgan.
Yurti uchun yelkasida tog’lar surgan,
Rustamlari,Farhodlari,ilm istang.
3-o’quvchi:
Ko’z ochgandankezib yetti bahri ummon,
Yetti tilde so’ylashgan biz tili biyron.
Vatanida Tojmahallar tiklar sulton,
Boburlari,Behzodlari ,ilm istang.
4-o’quvchi:
Haq yo’lida siz limning immatlari,
Xalq yo’lida hidoyati ,himmatlari.
Madad bo’lsin Yassaviyning hikmatlari,
Bobo Mashrab bayotlari ,ilm istang.
5-o’quvchi:
Ilm istang ,izingizdan ibrat yog’sin,
Ixlosingiz ,shaxdingizdan shiddat yog’sin.
Ortingizdan mag’rur-mag’rur millat yog’sin,
Mulki Tyron najotlari ilm istang.
6-o’quvchi:
Alp o’g’lonlar o’lkasidir O’zbekiston,
Erkli elning qanotlari ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avladlari,ilm istang.
‘’O’zbekiston’’she’ri
1-o’quvchi:
O’, ota makonim ,Onajon o’lkam,
O’zbekiston ,jonim to’shay soyanga.
Sendan mehribon yo’q,Seningdek ko’rkam,
Rimni alishmasman bedapoyanga.
2-o’quvchi:
Bir go’sha suv bo’lsa ,bir go’sha qirlar,
Qancha yurtni ko’rdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab boshni tik tut deb,
Tog’laring izimdan ergashib yurar.
3-o’quvchi:
Ko’rdim suluvlarning eng faranglarin,
Yo xudbinman yo bir sodda kasman men:
Parijning eng zo’r restoranlarin,
Bitta tandiringa alishmasman men.
4 – o’quvchi :
Na gapga ko’nayin, Na til bilayin,
Ko’zdan uyqu qochdi, dildan xalovat.
Uch kunda sog’insam nima qilayin? ..
Chala qolar bo’ldi xamma sayoxat.
5 – o’quvchi :
Bildimki, baridan ulug’im o’zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tug’ilgan ko’zing
Arab og’ushidan azizroq menga.
6 – o’quvchi :
Sen bilan o’tgan xar kun bayram – bazm,
Sensiz bir on qolsam rahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.
1 – boshlovchi: Unga mustaqil yurtni, ozod xalqni ko’rish nasib etdi. Yurtning eng ulug’ bayramlarida uning qo’shiqlari baralla yangraydigan bo’ldi.
O’zbekiston haqidagi she’rini yoshlar hatto o’z madhiyalariga aylantirib yuboradilar.
2 – boshlovchi:
Shu o’rinda hurmatli birinchi yurtboshimizning bu kamsuqum shoirga shaxsan e’tiborini aytib o’tishimiz lozim. Shoir Muhammad Yusufga birinchi Prezidentimiz mehrlari bobomiz Ulug’bek haqidagi qo’shiqni eshitgan paytlaridayoq tushgan edi. “ Xalq shoiri” unvonini ham mamnuniyat bilan Muhammad Yusufga o’zlari topshirgan edilar.
1 – boshlovchi: Hurmatli mehmonlar va qadrli o’quvchilar keling hozir M.Yusufning xotirasini yod etib xammamizga yod bo’lib ketgan “ Fidoying bo’lgaymiz seni O’zbekiston” qo’shig’ini birgalikda ijro etaylik va shu bilan M.Yusufning 69 yilligiga bag’ishlangan tadbir o’z nihoyasiga yetdi
tải về 6.09 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương