Science and innovation



tải về 0.76 Mb.
Chế độ xem pdf
trang3/8
Chuyển đổi dữ liệu23.01.2024
Kích0.76 Mb.
#56427
1   2   3   4   5   6   7   8
pedagog-kadrlar-malakasini-oshirish-ta-limi (1)

2022 
№4
438 
O‘qish ehtiyoji, o‘z ma’lumotini chuqurlashtirish,- deb yozadi YU.N. Kulyutkin, - katta 
kishilarda amaliy hayotda va ishlab chiqarish faoliyatida paydo bo‘ladi, shuningdek
muammolarni echish jarayonida vujudga keladi. Katta kishi egallanayotgan bilimlarini amaliy 
jihatlari bilan solishtirib, baholaydi. Katta kishida bilish faoliyatining motivi, faolligi va 
maqsadga qaratilganligi, bilimining shaxsiy mohiyati bilan belgalanadi. Bu ham bo‘lsa o‘quv 
jarayonida o‘qituvchilarning (tinglovchi-larning) ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, shuningdek, 
ta’lim tizimida muhim o‘rin egallovchi muloqotning ahamiyatini eslatish joiz. CHunki 
malakasini oshirish jarayonidagi pedagogik muloqot darajasi va funksiyasi bilan umumiy o‘rta 
ta’lim maktabi, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi hamda oliy o‘quv yurtidagi muloqotdan 
keskin farq qilishi kerak [2]. 
TADQIQOT NATIJALARI 
Tadqiqotlar pedagog kadrlar malakasini oshirishning yuqoridagi talablariga javob 
berolmasligi, kurslardagi o‘quv rejalari real o‘quv yurti hamda pedagoglarning talab va 
ehtiyojlariga to‘la javob bermasligi, ularning biryoqlamaligini ko‘rsatadi. 
Malakasini oshirish jarayonidagi bu kabi kamchiliklarni bartarab qilish uchun o‘quv 
muassasasidagi ta’limni tashkil qilishda ilm-fanning so‘ngi yutuqlari hamda ilg‘or tajribalarni, 
o‘quv jarayonida yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalarini qo‘llashning aniq usullari va 
tipik qiyinchiliklarni bartaraf qilish yo‘llarini ko‘rsatish lozim. Ta’lim jarayonini shu talablar 
asosida tashkil qilish malakasini oshirish tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar 
mahoratiga ham oshirilgan talablar qo‘yadi. Malakasini oshirish jarayonini o‘quv muassasasi va 
unda ishlayotgan pedagoglar ehtiyoji bilan bog‘lash prinsiplari hamma vaqt, hamma joyda, 
hamma o‘qituvchilar tomonidan to‘liq amalga oshirilmay kelmoqda. Bu talabni ham malakasini 
oshirish tizimida, ham o‘quv muassasasida bir vaqtning o‘zida ishlaydiganlargina amalga oshira 
oladilar. Faqat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, yoki oliy o‘quv yurtlarida ishlaydiganlar 
malakasini oshirishidagi o‘quv xususiyatlarini chuqur tushunmaydilar, ularning mashg‘ulotlari 
bir yoqlama va tinglovchilarning talablarini to‘liq qondira olmaydi. 
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini takomillashtirishni 
ilmiy asosda qayta qurish uchun bu jarayon tashkilotchilarning tayyorgarlik darajasi
tinglovchilar bilan muomalasi, muloqotining yuksak darajada bo‘lishi hal qiluvchi omil 
hisoblanadi. CHunki bu tizim o‘qituvchisining vazifasi maxsus metodikalar, ta’sir etish usullari, 
shaxsiy va kasbiy sifatlari bilan ta’lim jarayonida tinglovchilarga yangi insonparvarlik, 
demokratik munosabatlarini shakllantirishning namunalarini ko‘rsatishlari zarur. SHu asosda 
tinglovchilardagi salbiy - «Men hamma narsani bilaman» stereotipni yo‘qotish mumkin.
Tinglovchilar faoliyati va tajribasini tahlil qilganda shunday vaziyatlarda boshqa 
o‘qituvchilar tajribasida uchraydigan qiyinchiliklar, ularni bartaraf qilish uchun qanday 
harakatlar qilish lozimligi, o‘quvchilar bilimi turlicha bo‘lganda ta’lim mazmunini belgalashning 
o‘ziga xos tomonlari, o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish yo‘llarini aniq 
misollarda ko‘rsatish muhimdir. SHuningdek, o‘qituvchilar tomonidan qo‘llaniladigan qanday 
usul va vositalar o‘quvchilarda bilim egallashda rag‘bat uyg‘otishi hamda o‘quv faoliyatini 
faollashtirib, ruhiy sifatlari va dunyoqarashi shakllanishiga asos bo‘lishini aniq misollarda 
ko‘rsata bilish tinglovchilarda kurs mashg‘ulotiga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. CHunki ta’lim 
jarayonida o‘qituvchi kasbiy faoliyatining bosh sub’ekti – o‘quvchi, uning predmeti – o‘quvchi 
ma’naviy dunyosining shakllanishidir.


UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
 
ISSN: 2181-3337

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL


tải về 0.76 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương