Science and innovation



tải về 0.76 Mb.
Chế độ xem pdf
trang6/8
Chuyển đổi dữ liệu23.01.2024
Kích0.76 Mb.
#56427
1   2   3   4   5   6   7   8
pedagog-kadrlar-malakasini-oshirish-ta-limi (1)

2022 
№4
441 
tinglovchining ongli mustaqil va faol faoliyatini tashkil etishga asoslanishi, uni kasbidagi 
ma’lum pedagogik vaziyatlarni echishga jalb qilishdan iborat bo‘lmog‘i lozim.
Qayta tayyorlash va malakasini oshirsh jarayoni o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi 
murakkab va ko‘pqirrali faoliyatlaridan tashkil topadi. Bunday jarayonning mohiyati ularning 
individual xususiyatlari, o‘quv materialining mazmuni, jarayonni amalga oshirish sharoitlariga 
bog‘liq bo‘ladi. Bu esa kattalar ta’limiga ijodiy yondashuv hamda turli-tuman metodlarni 
qo‘llashni taqozo qiladi. 
SHunday qilib, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonidagi 
ta’limni o‘qitishning boshqa shakllari bilan taqqoslash, uning o‘ziga xos tuzilishi va 
xususiyatlarini – ta’lim maqdsadi, ob’ektning o‘ziga xosligi, o‘qituvchi shaxsi va faoliyatining 
katta yoshdagi shakllangan mutaxassis sifatida namoyon bo‘lishini tasdiqladi. Bu esa tinglovchi 
o‘quv faoliyatining tuzilishi bilan belgilanishi, uning ta’lim jarayonining faol sub’ekti bo‘lishini 
taqozo qilishini ko‘rsatdi. 
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayoni-ning kamchiliklaridan 
biri ta’lim jarayonini tashkil etishda kattalar ta’limiga xos psixologik-pedagogik xususiyatlarni 
inkor qilishdir. Maktab ta’limi, yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, yoki oliy ta’limga doir 
metodikalar, o‘qitish usullarini asossiz ravishda kattalar ta’limiga ko‘chirish ham uning 
ta’sirchanligini pasaytirmoqda. SHuningdek, uning samaradorligiga salbiy ta’sir qilayotgan 
omillardan yana biri malakasini oshirish jarayonining avtoritar tarzda tashkil qilinishi, ya’ni 
kattalar ta’limida demokratik va insonparvarlik munosabatlarining yo‘qligidir. Ta’lim beruvchi 
o‘qituvchining diktatorligi, baholash mezonlari va o‘quv rejalarining «qattiqligi» ham 
tinglovchilarda o‘qishga xohishning pasayishiga yoki «qo‘rquvi»ga sababchi bo‘lmoqda. 
Bulardan tashqari malakasini oshirish bosqichlari va shakllari o‘rtasida uzviylik hamda 
qat’iylikning ma’naviy va moddiy jihatdan baholanmasligi tinglovchi-ning malakasini oshirishga 
bo‘lgan rag‘batining pasayishiga sababchi bo‘lmoqda. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishining 
o‘ziga xos kasbiy ta’limning turi hamda kattalar ta’limining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, 
mazkur tizim uchun maxsus mutaxassis o‘qituvchilarning maxsus tayyorlanmasligi ham bu 
tizimning rivojlanishiga salbiy ta’sir qilmoqda. SHu asosda kattalar ta’limining metodik 
asoslarini ishlab chiqish, malakasini oshirish tizimida yoshi hamda ruhiy-fiziologik, pedagogik 
faoliyati va shaxsi xususiyatlarini hisobga olish asosida malakasini oshirishni tashkil etish ilmiy-
amaliy zaruriyatga aylanmoqda. 
Biz izlanishimizni shakllangan ilmiy farazimizni asoslash hamda malakasini oshirish 
muassasalari xodimlari ish tajribalarini o‘rganish maqsadida tashkil qildik. 
Bunda soha mutaxassislarining (malakasini oshirish xududiy markazlari o‘qituvchilari) 
aksariyati malakasini oshirish tizimidagi ta’limning umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta 
maxsus, kasb-hunar kollejlari hamda oliy ta’lim maktabidagi farqini aniq tasavvur qila 
olmaydilar. 
Jumladan, so‘ralganlardan ko‘rsatilgan ta’lim muassasalari bilan malakasini oshirish 
kurslarida o‘qitish farqini izohlashda: 33,3% - «malakasini oshirish kurslarida kasb mahoratini 
oshiradi»; 49-50% - «ha, farq qiladi»; 13,33 % - «juda ham farq qiladi» va 3,33% - javob 
berolmadilar. SHuningdek, ko‘rsatilgan ta’lim muassasalari orasidagi umumiylik va farqni aniq 
pedagogik nuqtai nazarda asoslay olmadilar.


UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
 
ISSN: 2181-3337

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL


tải về 0.76 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương