Science and innovation



tải về 0.76 Mb.
Chế độ xem pdf
trang4/8
Chuyển đổi dữ liệu23.01.2024
Kích0.76 Mb.
#56427
1   2   3   4   5   6   7   8
pedagog-kadrlar-malakasini-oshirish-ta-limi (1)

2022 
№4
439 
Tinglovchilarni asosiy faoliyatiga sifatli tayyorlash – ularning ish tajribasidan keng 
foydalanishni taqozo qiladi. Bu didaktik usul tinglovchilar faolligining oshishi hamda o‘qituvchi 
faoliyatiga ma’lum oshirilgan talablar qo‘yadi. 
Yuqoridagi vazifalarning to‘g‘ri hal qilinishi quyidagi masalalarni ijobiy echishga asos 
bo‘ladi:
1) kurs mashg‘ulotlari va ulardan keyingi o‘qishga bo‘lgan salbiy munosabatlar bartaraf 
qilinadi;
2) o‘qituvchilarda ko‘p uchraydigan – kursda bayon qilingan ma’lumotlar ularga ma’lum 
edi, degan noto‘g‘ri tasavvur bartaraf qilinadi.
Bayon qilingan omillar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishida 
ta’limni tashkil qilishga ta’sir qiladi. Ammo ta’lim jarayoniga salbiy munosabat va o‘ziga 
ortiqcha ishonch ruhiy-didaktik omillar hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchining katta kishi 
sifatida faoliyati va shaxsining xususiyati e’tiborga olinmasa, bunday holat kuchli namayon 
bo‘ladi. Buning oqibatida shakllangan eskicha fikrlash stereotipi bilan kasbiy faoliyatga yangi 
ilmiy yondashuvlar, ijtimoiy talablar orasida ziddiyatlar vujudga kelib, ta’lim-tarbiyada yuqori 
ko‘rsatkichlarga erishishib bo‘lmaydi. Ko‘rib chiqqanimizdek, kattalarni o‘qitishning ijtimoiy-
psixologik, didaktik xususiyatlari malakasini oshirish muassasalaridan ko‘chib, maktab ta’limini 
tashkil qilishga ham ta’sir qiladi. Bularga asoslanish esa malakasini oshirishda o‘quv jarayonini 
to‘g‘ri tashkil qilish, unda o‘qituvchi va tinglovchi munosabatlarini yo‘lga qo‘yishga asos bo‘lib, 
an’anaviy o‘qitish metodikasidan voz kechishga olib keladi. 
O‘z navbatida bu ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish asosida qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish tizimida ta’limni tashkil qilishning yuqori saviyasiga erishish, tizim xususiyati va ta’lim 
sub’ekti darajasini inobatga olish mumkin bo‘ladi. U yoki bu vositalarni tanlash mezoni, ular 
faoliyatining kutilgan maqsadiga mos kelishidir. CHunki maqsad xuddi qonun kabi usul va 
harakatni belgilaydi. Bu xulosa o‘qituvchiga pedagogik ta’sir vositasi o‘quvchi, talabadan farq 
qilishini ilmiy asoslaydi, desak xato bo‘lmaydi. 
Ta’limning bu funksiyasi echilishi lozim bo‘lgan vazifalarni hal qilishda o‘qituvchi va 
tinglovchi harakatining yaxlitligini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonini shu asosda boshqarish uning 
natijalariga erishishni tezlashtiradi. SHu bilan birga ta’lim beruvchilarning o‘z harakatlarini 
o‘zlari nazorat qilishlari uchun sharoit yaratib, o‘quv axborotini o‘zlashtirishni ham nazorat qila 
oladi. Bunda eng muhimi o‘quv operatsiyalarini bajarish ketma-ketligiga rioya qilish, 
o‘zlashtirish natijalarini nazorat qilish hamda o‘zini o‘zi nazorat usullari muhim hisoblanadi. 
Buning oqibatida bilim, ko‘nikma va malakalarining kuchli va sayoz tomonlari 
aniqlanadi. Ta’lim jarayonida ikkiyoqlama aloqaning o‘rnatilishi, ta’limda rejalashtirilgan natija 
bilan erishilgan natija o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik, korreksiyalash, tashxis qo‘yish imkoniyatini 
yaratadi. 
Korreksiya, qo‘llanilgan vositalar ta’lim natijalari bilan taqqoslanganda, natijalar 
o‘qituvchini qanoatlantirmasa – bu tanlangan vositalarning ham yaroqsizligini anglatadi. SHu 
asosda ta’limni tashkil qilish, uning shakl, metod hamda vositalarini o‘zlashtirish lozimligini 
ko‘rsatadi. Qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida ta’limni yo‘naltirishning mohiyati 
yana shundaki, bunda nafaqat o‘qituvchi faoliyatini tartibga solish, balki ularning birgalikdagi 
faoliyatini tashkil qilish juda muhimdir. Bizning izlanishimiz mantiqi nuqtai nazardan hamda 
kattalar ta’limini tashkil qilish jihatdan bunday yondashuv metodologik ahamiyatga ega. Bunda 
ta’lim jarayonini tashxis qilishning ikki xilidan foydalaniladi. YA’ni o‘ziga o‘zi baho berish 


UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
 
ISSN: 2181-3337

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL


tải về 0.76 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương