Pedagogika, innovatsiya, integratsiya


 ‘QUVCHI BILIMINI TEKSHIRISH VA BAHOLASH



tải về 7.45 Mb.
Chế độ xem pdf
trang15/185
Chuyển đổi dữ liệu04.06.2024
Kích7.45 Mb.
#57842
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   185
Boshlangich-talimda-pedagogika-innovatsiya-integratsiya

0 ‘QUVCHI BILIMINI TEKSHIRISH VA BAHOLASH
B aholash o ‘qituvchi uchun o 'quv chilar nim ani bilishini va nim ani bila 
olishini aniqlashga, ularning kam chilik va nuqsonlarini ochishga, yutuq 
tom onlariga suyanib z a if tom onlarini kuchaytirishga xizm at qiladi. 0 ‘quv- 
chilar bilim ini tekshirish va baholashdan m aqsad o ‘quvchilar bilim ining 
sifatini, rivojlantirish darajasini ta ’minlash va ularni ra g ‘batlantirishdan 
iborat b o ‘lib, bilim olishga qiziqishini takom illashtirishdir,
B ilim larni tekshirish va baholashdagi asosiy kam chiliklar:
- uning vazifalarini (funksiyalarini) no to‘g ‘ri tushunish;
- ta ’lim jarayonida uning rolini asossiz k o ‘tarib yuborish;
- tekshirish va baholashning darsda asosiy m aqsadga aylanib qolishi;
- bilim larni tekshirish va baholashda bir xil texnologiyadan foyda­
lanish;
- baholarni q o ‘yishda subyektivizm ga y o ‘l q o ‘yish va aniq, asoslangan 
m ezonlarning y o ‘qligi;
- o ‘quvchilar bilim ini tekshirish va baholashda bu jarayonni nazorat 
qiluvchi, ta ’lim -tarbiya beruvchi m uhim funksiyani bajarishni unutm aslik 
kerak.
Bu nazorat qiluvchi uchun asosiy funksiya b o ‘lib, ta ’lim beruvchi va 
tarbiyachi yordam chi funksiyadir. Biroq tekshirish m aqsadi va k o ‘rinishi 
turlicha b o ‘lganda, bu uch funksiya turlicha nam oyon b o ‘lishi m um kin. 
M asalan, tekshirishning yakuniy imtihon shaklini oladigan b o ‘lsak (uni 
o ‘tkazish usullari turlicha b o ‘lishi m um kin), bunda nazorat qilish funksiyasi 
ustunlik qiladi (ta ’limga vaqt qolmaydi).
0 ‘rganilayotgan materialni o ‘zlashtirish bo‘yicha joriy tekshirish olib 
borilsa, bu holatda ta ’lim beruvchi funksiyasi ustun bo‘lishi kerak. Tarbiya 
berish funksiyasi ham ustun bo‘lishi mumkin, masalan, o ‘qituvchi b a’zi 
o ‘quvchilami sistemali ishlashga o ‘rgatishga intiladi, baho bilan rag‘batlantirib, 
ularning ruhiy xususiyatlariga (irodasini rivojlantirish, xotirani mustahkamlash 
va h.k.) ta ’sir etishga harakat qiladi, m e’yoridan ortiqcha o ‘ziga bino qo‘yish 
holatlarida bahoga qat’iy yondashib ish ko‘riladi.
U m um an olganda, baho xolis (obyektiv) bo ‘lishi zarur esa-da, biroq o ‘z 
tabiatiga k o ‘ra ham isha noxolis (subyektiv)dir.
Ushbu funksiyalarga m uvofiq o ‘quvchilar bilim ini tekshirish va 
baholashning aniq usullari tanlanadi.
Tekshirishning ko ‘p q o ‘llaniladigan ikki xili m avjud: ular jo riy va 
yakuniydir. Joriy tekshirishning ham m aga m a’lum turlari quyidagilar: 
o g ‘zaki so ‘rashning har xil shakllari, yozm a uy vazifalarini tekshirish
yozm a nazorat (m ustaqil) topshiriqlari. Biroq, bunday a n ’anaviy shakllar
39


bilan bir qatorda, turli perfokartalar yordam ida tekshirish, kom pyuter 
yordam ida topshiriq bajarilishini tekshirish ham q o ‘lIanilyapti.
T ekshirishning o ‘ziga xos shakli o ‘quvchilarni o 'q itu v ch i tom onidan 
kundalik, m untazam kuzatib turishdir. Tekshirishning turli-tum an shakllari 
o ‘ziga xos dars bosqichi kabi faqat a n ’anaviy « so ‘rash» jaray on idag in a 
em as, balki butun dars m obaynida q o ‘llaniladi.
0 ‘qituvchi darsga tayyorlanishda tekshirishning zarur shakllarini izlash 
va uni q o ‘llash eng muhim vazifa ekanligini unutm asligi kerak. Kim dan, 
qachon, qancha o ‘quvchini tekshirish, qanday savollar bilan, qanday 
vositalar orqali so ‘rash va baholash - bularning barchasiga o ‘qituvchi 
darsga tayyorlanishda alohida e ’tibor berm og‘i lozim.
Shu bilan bir qatorda, o ‘quvchilar o ‘z o ‘rto g ‘ining bilim i s o ‘ralayot- 
ganda ular nim a bilan shug4illanishi zarurligi haqida ham o ‘ylashi kerak 
b o ‘ladi. H ar bir o ‘qituvchining o ‘z nazorat tizim i b o ‘lishi lozim . Bu tizim
ishning turli-tum an vositalari va usullarini qam rab olishi, o ‘quvchiIar 
o ‘qituvchining o ‘z m uvaffaqiyatlari, bilim larni o ‘zlashtirish darajasi va 
sifatini ham isha tekshirib turishini tushunsinlar.
Tekshirish shakllari maktablarimiz ta ’lim jarayoniga xos bo‘lgan, 
o‘quvchilarning bilimlarini faqat o ‘zidan qabul qilishi, reproduktiv faoliyatini 
tashkil etish bilangina tugamasligi lozim. Nazorat (tekshirish) shakllarini 
tanlashda o ‘quvchilaming individual xususiyatlarini e ’tiborga olish muhimdir.
Yakuniy yozm a ishlarga alohida talab bilan qarash zarurdir. Ularni 
o 'q itu v ch i o ‘quv m aterialini k o ‘pchilik o ‘quvchilar o ‘zlashtirib olganiga 
ishonch hosil qilgandan so ‘ng o'tk azish m um kin. B unday ishlar o ‘quvchilar 
uchun asosli b o ‘lib, ularda o ‘z kuchlariga ishonch xususiyatini shakllanti- 
rishga yordam beradi, aks holda esa 
0
‘qitish jarayo niga qiziqishi pasayadi.
B ilim larni tekshirishning yozm a va og ‘zaki shakllari to ‘g ‘risida 
gapirilganda, ularning har biri o ‘ziga xos xususiyatga ega ekanligini va o ‘z 
vazifasi borligini aytib o ‘tish darkor. O g ‘zaki shakli - savolni tez idrok etish 
(reaksiya) k o ‘nikm asini hosil qilish o ‘quvchilar xotirasini rivojlantirishga 
yordam beradi. Yozma tekshirish esa m antiqiy m ushohada (fikrlash)ni 
sam arali kengaytiradi, javoblarda aniqlik k o ‘proq b o ‘lishiga o ‘rgatadi. 
S o ‘nggi y illarda o ‘quvchilar bilim ini va rivojlanish darajasini aniqlash 
m aqsadida turli test shakllaridan keng foydalanilm oqda.
B ilim larni baholashga q o ‘yiladigan talablar. 0 ‘qu vch ilar bilim ini 
baholashga qancha xolis m unosabatda b o ‘linsa, u o ‘quvchilarni shuncha 
ra g ‘batlantiradi. Q oidaga k o ‘ra baho o ‘quvchining darsdagi xulq-atvoriga 
m ukofot yoki ja z o sifatida emas, balki bilimi darajasi va xususiyatiga 
q o ‘yilishi kerak. B ahoga q o ‘yilgan talablar optim al (oshirib yuborilm agan 
ham, pasaytirib yuborilm agan ham ) bo ‘lishi lozim. B aholarni «oshirish»
40


o ‘quvchilar rivojlanish darajasini, bilim ini pasaytiradi. Shu bilan birga
ju d a katta talab q o ‘yish ham zararli bo ‘lib, o ‘quvchining o ‘qishga b o ‘lgan 
qiziqishini so ‘ndiradi. O 'qituvchining o ‘quvchilarga baho q o ‘yishda salbiy 
m unosabatiga y o ‘l q o 'y ib bo'lm aydi. Zero, o ‘quv predm etiga m uvofiq 
keladigan dastur baholashning eng xolis m ezoni bo'lish i zarur.
M aktablarim izda bilim lam i baholash o ‘zgarishsiz qolm adi. 1935-yil- 
gacha uch ballik baho q o ‘yilgan b o ‘lib, u «juda qoniqarli», «qoniqarli» va 
«qoniqarsiz» baholar edi.
0 ‘sha paytdan bugungi kungacha m avjud boMgan besh ballik tizim joriy 
etildi. Bu tizim ga ko'ra:
« a’lo» (besh) - dastur talablariga to ‘liq hajm dagi bilim lam i egallagan 
o ‘quvchiga qo'yiladi;
«yaxshi» (to ‘rt) - dastur talablarini to ‘la hajm da arzim as kam chiliklar 
bilan (m asalan, m aterialni bayon etish mantiqi buzilgan va boshqalar) 
o ‘zlashtirgan o'q u v ch ig a q o ‘yiladi.
«qoniqarli» (uch) - o ‘quvchining bilim darajasi ju d a past b o ‘lib, unga 
keyingi m aterialni o'rganishida ilgarilashiga yordam beradigan bilim
hajm iga q o ‘yiladi;
«qoniqarsiz» ( i k k i ) - o ’quvchi o ‘zidagi ju d a past bilimi bilan ilgarilashiga 
qodir bo 'lm asa qo'yiladi;
«yomon» (bir) baho o ‘quvchi hech narsani bilmaganda qo‘yiladi. Bu 
so'nggi baho juda kam qo'lianib, uning mazmuni deyarli «ikki» bahoga tengdir.
B ilim lam i baholashda xolislikni (obyektivlikni) saqlagan holda, b a ’zi 
holatlarni ham nazarda tutish lozim: masalan, joriy yoki yakuniy bilim lar 
baholanadi (yozm a ish, chorak bahosi va b.);
-
o ‘quvchining intilishi, uning o 'q u v ishlaridagi barqarorligi va h.k. 
O 'q u v fanining xususiyatlarini, ba’zi bo'lim lar, ularning aloqadorligini 
o'zlashtirish holatini nazardan qochirm aslik zarur.
O 'q uvchilar bilim ini tekshirish va baholashning an’anaviy tizim i jidd iy 
nuqsonlarga ega, negaki u ta ’limiy, tarbiyaviy, diagnostik va rag'batlantirish 
funksiyalarini zarur darajada am alga oshirm aydi. M odom iki, shunday ekan, 
undan voz kechish yoki uni yana-da takom illashgan shakliga alm ashtirish 
m aqsadga m uvofiq em asm ikan?
Ehtim ol, bahoning jazolash vazifasidan xalos b o'lg an o'q u v ch ilar 
yaxshiroq o 'q ish v a ta ’limiy burchlariga ancha vijdonan m unosabatda b o 'la r 
edilar. Bugungi kunda o'quvchilarning o 'zlari bahoga qanday m unosabatda 
bo'lyaptilar? B osh lan g 'ich sinflardagi o'quvchilarning 98 foizi baho 
saqlanishi zarurligini aytadi. Bahoni bekor qilish o 'qitishg a bo 'lg an
qiziqishni oshirishga, o'qitishni ichki shakllantirishga yordam beradi, degan 
fikr ham o 'z in i oqlam adi.
41


0 ‘rta va yuqori s in f o ‘quvchilarining o ‘quv faoliyatini baholash 
zarurligini qayd etganlar soni b o sh lan g 'ich m aktabdagidek b o ‘lishiga 
ishonam iz, albatta.
B aholam i bekor qilish m aqsadga m uvofiq em asligi bir qiziq psixologik 
tadqiqotdan ham m a ’lum. A m erikalik psixologlar o ‘quvchilar o ‘quv faoliyati 
natijalariga baho t a ’sirini aniqlashga qaror qildilar. Eksperim ent m aqsadiga 
k o ‘ra, bir sinfda o ‘quvchilar m uayyan vaqt davom ida javo blarinin g aniqligi 
v a to ‘liqligiga e ’tibor qilmay, faqat m aqtaldi. B oshqa sinfda faqat tanqid 
qilindi, uchinchisida esa biror bir baho berilm adi. Tadqiqot natijalari shuni 
k o ‘rsatdiki, bilish faoliyati m aqtalgan sinflarda eng yuqori yutuqlarga 
erishilgan, eng yom on natija o ‘quv faoliyati tanqid qilingan sinfda em as, 
balki bilish faoliyati sira baholanm agan sinfda vujudga keldi. 0 ‘qituvchining 
o ‘qitishga b o ‘lgan havasi qanchalik k o ‘p b o ‘lmasin, bilish faoliyatining 
ichki m otivlari qay darajada shakllangan b o ‘lm asin, u ham isha tashqi 
m otivlashtirishga, tashqaridan m aqtash va q o ‘llab-quvvatlashga muhtoj 
b o ia d i. B ola ko ‘z o ‘ngida o ‘qituvchi qanchalik aham iyatli, o bro‘li b o ‘lsa, 
uning m aktabda, asosan, baholash va baholarda aks etuvchi m aqtovlari 
shunchalik qadrli va aham iyatli b o ‘ladi.
Pedagogik baholash bilim ni d astur talablari va ta ’lim andazalariga 
qiyoslab 
aniqlabgina 
qolm ay, 
balki 
o ‘quvchilar 
bilim
faoliyatini 
m otivlashtiradi va rag ‘ b atl anti rad i.
Y uqoridagilardan xulosa shuki, bahoni bekor qilish pedagogik jihatd an 
ham , psixologik jihatdan ham o ‘zini oqlam aydi. B unday qator kam chiliklari 
b o ‘lsa-da, besh ballik baho tizim iga m uqobil xili topilganicha y o ‘q. Shuning 
uchun gap uni takom illashtirish, o ‘quvchilar bilim ini baholashda xatoga 
y o ‘l q o ‘ym aslik haqida borishi kerak.

tải về 7.45 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   185




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương