Mundareja: Kirish Asosiy qisim


Organizmda vitaminlar metabolizmi va muvozanatining buzilishi



tải về 314 Kb.
trang10/12
Chuyển đổi dữ liệu23.05.2022
Kích314 Kb.
#52077
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mundareja Kirish Asosiy qisim
Oliy nerv faoliyati tiplari Reja
2.2. Organizmda vitaminlar metabolizmi va muvozanatining buzilishi. 
Vitaminlar iste’mol omillari bo’lib, juda kam miqdorda saqlanadilar va organizmdagi biokimyoviy, fiziologik jarayonlarning normal kechishida, butun modda almashinuvining boshqarilishida qatnashadilar. Modda almashinuvining buzilishi ko’pincha organizmga vitaminlarning kam qabul qilinishi, ovqat tarkibida bo’lmasligi yoki ularning organizmda hazm bo’lishi buzilishi bilan bog’liqdir. Natijada avitaminoz holati rivojlanadi – ovqatda vitaminning umuman bo’lmasligi yoki organizmda o’zlashtirilishining buzilishi sababli kasallik vujudga keladi.
Ayrim vitaminlar ovqat bilan birga o’tmishdoshlar shaklida – provitaminlar ko’rinishida bo’ladi va ular to’qimalarda vitaminlarning biologik faol shakllariga aylanadi.
Ichaklarda so’rilganda o’tgan yog’da eruvchi vitaminlar to’qimalarda to’planadi; suvda eriydigan vitaminlar kofermentlarga aylanadi va apoferment bilan bog’langan holda murakkab ferment tarkibiga kiradi. Fermentlarning yashash muddati chegaralangan bo’lganligi sababli kofermentlar parchalanadilar va organizmdan turli metabolitlar ko’rinishida chiqarib yuboriladi. Yog’da eriydigan vitaminlar ham katabolizmga uchraydi, lekin ular suvda eriydigan vitaminlarga nisbatan sekinroq parchalanadi. Shu sababli ham ovqat bilan birga vitaminlar doimo kirib turishi kerak.
Vitaminlar disbalansi yetishmagan (manfiy balans) va ortiqcha (musbat balans) ko’rinishlarida namoyon bo’ladi. Vitaminning qisman yetishmasligi gipovitaminoz, judayam tanqis bo’lishi – avitaminoz deb ataladi. Bitta vitaminning yetishmasligi monogipovitaminoz, bir nechtasining yetishmasligi esa – poligipovitaminoz deb ataladi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika davlatlarining ayrim hududlarida aholi bir xil o’simlik tabiatiga ega bo’lgan ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganda avitaminoz holatlari uchraydi. To’qimalarda vitaminlarning ortiqcha to’planishi gipervitaminoz deb ataladi. U yog’da eriydigan vitaminlar uchun xos.


2.3. Suvda eriydigan vitaminlar metabolizmi va biologik funktsiyalari.

Vitamin В1 (tiamin, antinevrit) 1912 yilda K.Funk tomonidan kristall holatda ajratilgan birinchi vitamindir. Keyinchalik u kimyoviy yo’l bilan sintezlangan. Vitamin B1 molekulasida aminogruppa bilan oltingugurt saqlagani uchun tiamin deb nomlangan. Uning molekulasida pirimidin va tiazol halqalari metilen bog’i yordamida bog’langan.


Tiamin oddiy diffuziya yo’li bilan ichaklarda so’riladi. Qonga so’rilgan tiamin tiaminfosfokinaza fermenti yordamida jigarda tiaminmonofosfat, tiamindifosfat va tiamintrifosfatga fosforillanadi. Ulardan asosiy faol shakli – tiamindifosfat.
Avitaminoz B1 belgilari: oshqozon-ichak yo’li motor va sekretor vazifasi buziladi; xotira pasayadi; gallyutsinatsiya kuzatiladi; yurak-qon tomir faoliyati o’zgaradi; periferik nerv sistemasi jarohatlanadi; keyinchalik paralichlar rivojlanadi. Tiamin yetishmaganda Osiyo va Hindi-Xitoy davlatlarida keng tarqalgan kasallik - «Beri-beri» rivojlanadi.

Biologik vazifasi: Vitamin B1 TPF holatida piruvat va ketoglutaratdegidrogenaza komplekslari, transketolaza tarkibiga kiradi. Oksiketoglutar kislota degidrogenazasining kofermenti bo’lib TPF hisoblanadi. Bu modda fermentlar tarkibiga koferment sifatida kiradi: piruvatdegidrogenaza va α -ketoglutaratdegidrogenaza ferment komplekslaridir. Bu komplekslar mitoxondriyalarda piruvat va α-ketoglutaratni oksidlanishini ta’minlab, uglevodlar va aminokislotalardan energiya hosil bo’lishida ishtirok etadi. Ma’lumki, transketolaza glyukozani pentozofosfat yo’li oksidlanishida ko’p miqdorda NADF.H va ribozo-5-fosfatni hosil qiladi. NADFH va ribozo-5-fosfatlar esa yog’ kislotalar, steroidlar, moddalarni zararsizlantirish, nuklein kislotalar, nukleotidlar va kofermentlar sintezida ishtirok etadilar. Bu jarayonlarni buzilishi modda almashinuvini izdan chiqaradi.
Tabiatda tarqalishi va sutkalik ehtiyoji: xamirturush, qora non, guruch, no’xat, loviya kepagi, jigar, buyrak, miyada ko’p saqlanadi. Sutkalik me’yori 1,2 - 2,2 mg.



tải về 314 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương