Mundareja: Kirish Asosiy qisim



tải về 314 Kb.
trang4/12
Chuyển đổi dữ liệu23.05.2022
Kích314 Kb.
#52077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mundareja Kirish Asosiy qisim
Oliy nerv faoliyati tiplari Reja
1.2. Vitaminlarning tasnifi. 
Hozirgi vaqtda vitaminlarning 30 ga yaqin turlari aniqlangan. Vitaminlar bosh harflar bilan, ovqat tarkibida vitaminning yetishmasligi natijasida vujudga keladigan kasallikning nomi yoki kimyoviy belgilar bilan nomlanadilar. Vitaminlarning zamonaviy tasnifi tugallanmagan: u fizik-kimyoviy xususiyatlar (xususan eruvchanligi), kimyoviy tabiati va harf bilan belgilanishiga asoslangan.
Eruvchanligiga qarab yog’da va suvda eriydigan vitaminlar tafovut etiladi.
I. Suvda eruvchan vitaminlar:

  1. B1 vitamini – tiamin, antinevrit.

  2. B2 vitamini – riboflavin, o’sish vitamini .

  3. B6 vitamini – piridoksin, antidermatin, adermin.

  4. B12 vitamini – kobalamin, antianemik.

  5. PP vitamini – niatsin, nikotinamid, antipellagrik.

  6. vitamini – folat kislota, antianemik.

  7. B3 vitamini – pantotenat kislota, antidermatit.

  8. H vitamini – biotin, antiseborrit, bakteriyalar va achitqi o’sish omili.

  9. C vitamini – askorbin kislota, kapillyarlarni mustahkamlovchi.


II. Yog’da eruvchan vitaminlar:

  1. A vitamini – retinol, antikseroftalmik.

  2. D vitamini – kaltsiferol, antiraxitik.

  3. E vitamini – tokoferollar, antisteril, ko’payish vitamini.

  4. K vitamini, naftaxinon, antigemorragik.

Shuningdek, ba’zilari organizmda ma’lum miqdorda sintezlanadigan vitaminlarga o’xshab ta’sir etadigan turli kimyoviy moddalar guruhi tafovut etiladi; odam va ba’zi hayvonlar uchun bu moddalar vitaminsimon moddalar guruhiga kiritilgan. Ularga xolin, lipoat kislota, B15 vitamini (pangamat kislota), orotat kislota, inozit, ubixinon, paraaminobenzoat kislota, karnitin, linol va linoleat kislotalari, vitamin U (yazvaga qarshi omil) kabilar kiradi.
Fiziologik ta’siri bo’yicha vitaminlarni quyidagi guruhlarga b’olish mumkin:

  1. Organizmning umuniy rezistentligini oshiruvchi vitaminlar: B1, B2, PP, A, C.

  2. Antigemorragik vitaminlar: C, R, K.

  3. Antianemik vitaminlar: B12, folat kislota, C.

  4. Antiinfektsion vitaminlar: A,C.

  5. Ko’rishni boshqaruvchi vitaminlar: A, B2, C.

Ovqat tarkibidagi riboflavin oqsil bilan bog’langan FMN va FAD tarkibida bo’ladi.Hazm qilish fermentlari ishtirokida ulardan riboflavin ajraladi va ichaklarda oddiy diffuziya yo’li bilan so’riladi, so’rilgan riboflavindan shilliq qavatda va boshqa to’qimalarda FMN va FAD sintezlanadi.
Avitaminoz B2 belgilari: o’sishdan to’xtaydi, soch to’kiladi (alopesiya), til, lab shilliq qavatlari, og’iz burchaklari, teri epiteliysida keratit, katarakta, mushakda umumiy va yurak mushagida kuchsizlik kuzatiladi.

tải về 314 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương