Mundareja: Kirish Asosiy qisim


Kurs ishining maqsadi va vazidalari



tải về 314 Kb.
trang2/12
Chuyển đổi dữ liệu23.05.2022
Kích314 Kb.
#52077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mundareja Kirish Asosiy qisim
Oliy nerv faoliyati tiplari Reja
Kurs ishining maqsadi va vazidalari:
Kurs ishini yozishdan maqsadi Vitaminlar haqida qisqacha ma’lumotlarga ega bo’lish.Vitaminlar iste’mol omillari bo’lib, juda kam miqdorda saqlanadilar va organizmdagi biokimyoviy, fiziologik jarayonlarning normal kechishida, butun modda almashinuvining boshqarilishida qatnashadilar. Modda almashinuvining buzilishi ko’pincha organizmga vitaminlarning kam qabul qilinishi, ovqat tarkibida bo’lmasligi yoki ularning organizmda hazm bo’lishi buzilishi bilan bog’liqlidir. Natijada avitaminoz holati rivojlanadi – ovqatda vitaminning umuman bo’lmasligi yoki organizmda o’zlashtirilishining buzilishi sababli kasallik vujudga kelishi haqida ko’rib chiqdik. Vitaminlarni organizmda sodir boʻladigan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi, organizmning oziq moddalarni oʻzlashtirishiga taʼsir koʻrsatadi, hujayralarning normal oʻsishiga va butun organizmning rivojlanishiga yordam beradi,
Kurs ishini bajarish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
Kurs ishini bajarsh tartibdagi bosqichlariga kirish qismi,Asosiy qism, ikkita bobdan iborat bo'lib ,har bir bobda mavzu yuzasidan ma'lumotlar bayon etilgan. So’ngi qismda Xulosa va adabiyot, ilovalardan foydalanilgan.


1.Bob. Vitaminlar . Vitaminlar haqida umumiy tushuncha va ularning tasnifi.
Vitaminlar (lot. vita - hayot),darmon dori — tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur boʻlgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega. Oziq moddalar tarkibida qandaydir moddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal boʻlishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qadimiy Xitoy kitoblarida, keyinchalik Gippokrat asarlarida qayd etilgan. Vitaminlarni ilmiy nuqtai nazardan oʻrganish XVIII asrda boshlangan. Ingliz vrachi J. Lind (1757), fransuz fiziologi F. Majandi (1816), rus vrachi N. I. Lunin (1880), golland vrachi Eykman (1897), ingliz olimi F. Xopkins (1906)lar Vitaminlarni oʻrganishga juda katta hissa qoʻshdilar. Organizmda Vitaminlarni sintez qilinmaydi, kishi oʻzi uchun zarur Vitaminlarni turli ovqat moddalari bilan oladi. Ovqatda Vitaminlarni yetishmaganda gipovitaminoz, mutlaqo boʻlmaganda avitaminoz paydo boʻladi. Vitaminlarning asosiy manbai oʻsimliklardir (qarang Vitaminli oʻsimliklar). Vitaminlarni hosil boʻlishida mikroorganizmlar ham katta rol oʻynaydi. Vitaminlarning biologik ahamiyati moddalar almashinuviga rostlovchi taʼsir etishdan iborat. Vitaminlarni organizmda sodir boʻladigan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi, organizmning oziq moddalarni oʻzlashtirishiga taʼsir koʻrsatadi, hujayralarning normal oʻsishiga va butun organizmning rivojlanishiga yordam beradi, organizmda fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini taʼminlaydi. Vitaminlarni organizmda energiya almashinuvida (V,, V2 V.), aminokislotalar (V6, V12 V.) va yog kislotalar (pantotenat kislota) biosintezida, fotoresepsiya jarayonida (A vitamin), qon ivishida (K vitamin) va kalsiyning oʻzlashtirilishida (D vitamin) ishtirok etadi. Shunday qilib, organizmda biror vitamin yetishmasa yoki butunlay boʻlmasa, moddalar almashinuvi buziladi. Oziq-ovqatda Vitaminlarni yetishmaganda kishining mehnat qobiliyati pasayadi, organizmning kasalliklarga hamda tashqi muhitning noqulay taʼsiriga chadami kamayadi. Vitamin yetishmovchiligiga ovqat tarkibida Vitaminlarni kam boʻlishigina emas, balki ularning ichakda soʻrilishi, toʻqimalarga yetkazib berilishi va biologik faol shaklga aylanishi jarayonlarining buzilishi ham sabab boʻladi. Lekin baʼzi Vitaminlarning fiziologik ehtiyojdan ortiqroq boʻlishi gipervitaminozga olib kelishi ham mumkin. Keyingi yillarla 30 dan ziyod vitaminning kimyoviy tuzilishi toʻla oʻrganilib, koʻplari sintez qilindi (qarang Vitamin sanoati).
Dastlab Vitaminlarni shartli ravishda lotin alifbosining bosh harflari: A, V, S, D, Ye, R va h.k. bilan belgilangan. Keyinchalik Vitaminlarning kimyoviy tuzilishiga binoan xalqaro standartlashtirishning yagona nomi qabul qilindi. Vitaminlarni suvda eriydigan, yogʻda eriydigan va vitaminsimon birikmalarga ajratiladi. Yogʻda eriydigan Vitaminlarga A, D,"1 Ye va K, suvda eriydiganlariga Vitaminlarni kompleksi vitaminlari va S, RR kiradi. Vitaminlardan tashqari organizmda turli oʻzgarishlarga uchrab Vitaminlarga aylanadigan moddalar — provitaminlar ham bor. Provitaminlarga karotinlar (A provitamin), D vitaminga aylanadigan baʼzi bir sterinlar (ergosterin va b.) kiradi. Odamning Vitaminlarga boʻlgan bir kunlik ehtiyoji organizmning umumiy holatiga, mehnat tarziga, sogʻ yoki kasalligiga bogʻliq. Odam hayoti uchun Vitaminlardan ayniqsa A, V, V2, S, D, RR ning ahamiyati katta.
Quyida koʻproq qoʻllaniladigan Vitaminlarga tavsifi keltirildi.
Odam va hayvonlaming hayot kechirishlari uchun oqsillar, yog’lar, karbonsuvlar, mineral tuzlar va suv yetarli deb hisoblanib kelingan. Biroq, uzoq muddatli sayohatlar, ayniqsa dengizchilarning yurishlari tabiblar tomonidan tekshirilgach, ularda to’la sifatli ovqatlanmaslikdan kelib chiqqan kasalliklar aniqlanadi. Bunday kasalliklardan, XIX asrda keng tarqalganlari lavsha(singa) , beri - beri(falaj) kasalliklaridir. Ular, ayniqsa, uzoq sharq mamlakatlarida, masalan, Yaponiyada kuchli rivojlangan bo’lgan, Yaponiya aholisining qariyb 30 foizi beri-beri kasalligiga chalingan. 1882 yili Yapon tabibi Takaki, ikkita kemada tuqqiz oy muddatga suzishga chiqqan, 300 dengizchi ustida tekshirish o’tkazib ajoyib natija olgan. Birinchi kema suzuvchilari har doimgi ovqatlanish me’yorida ovqatlantirilgan, ikkinchi kema suzuvchilariga esa ko’katlar ham qo’shib berilgan. Suzish davrida birinchi kemadagilardan 170 kishi beri- beri kasalligi bilan og’rigan, hatto, ulardan 25 kishi vafot etgan. Ikkinchi kemadagilardan faqat 14 kishi yengil falaj kasalligi bilan og’rigan. Tabib Takaki, ko’katlarda odam salomatligiga zarur bo’lgan qandaydir moddalar bo’lishi kerak, degan hulosaga kelgan. Huddi shunday tajribani Gollandiyalik hakim Eykman tovuqlar ustida o’tkazgan. Tozalangan, ya’ni pusti olingan guruch bilan boqilgan tovuqlarda, huddi odamlardagiga o’xshash, beri-beri kasalligi kuzatilgan. Bunday izlanishlar ovqatlanish to’g’risidagi alohida fanni rivojlanishiga olib keldi. Bu borada rus shifokori N.I.Lunin 1880 yili «Hayvonlarning oziqlanishida mineral tuzlarning ahamiyati xaqida» mavzusidagi dissertasiyani himoyalaydi va unda «bunday moddalarni tekshirish va oziqlanishdagi ahamiyatini bilish muhim ahamiyatga ega» degan hulosaga keladi. 1911 yilda polyak olimi Kazimir Funk sholi kepagidan, beri-beri kasalligini davolaydigan, anevrin moddasini ajratib oladi.Uni tarkibini o’rganib, bu kristall modda tarkibida amin shaklidagi azotning borligini aniqlaydi va bu hayot uchun zarur bo’lgan yangi bir kimyoviy birikma deb qarab, unga «vitamin» nomini bergan. Vitamin atamasi lotincha «vita»-hayot, «amin»-tarkibida azot tutuvchi kimyoviy guruh, binobarin vitamin-«hayot amini» ma’nosini anglatadi. K.Funk singa, raxit, pellagra kasalliklari ham beri-beriga o’xshash, organizmda vitamin yetishmasligidan kelib chiqadi degan fikrga keldi va bunday kasalliklarni vitaminlar yo’qligidan kelib chiqadigan kasalliklar - avitaminozlar deb fanga kiritdi, shunday qilib, vitaminologiya fani rivojlandi. Agar, 1912 yili K.Funk vitamin atamasini fanga kiritib , avitanoz kasalliklarning biokimyoviy sababini ko’rsatgan bo’lsa, 1913 yilda Mak-Kollum degan olim vitaminlarni, ularni ajratib olish va hossalarini o’rganish tartibi bo’yicha lotin alfavitining bosh xarflari bilan atashni taklif etadi va A, B, C va x.k. deb nomlana boshlandi.
Yog’da eriydigan vitaminlar guruhiga A, D, E, K kabi vitaminlar qatori kiradi, ularning o’rganilishi va biokimyoviy tavsiflari quyidagicha izohlanadi:
Vitamin A «Retinol», 1909 yilda ochilgan va 1933 yilda sintezlangan. Vitamin A guruhi vitamin A1, vitamin A2 va vitamin A1 ning sis shakli neovitamin A dan iborat. Ularning molekulasi tarkibini retinol tashkil etadi:


Retinol och sariq rangli kristall moddadir, suvda erimaydi. Lekin yog’da va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. U faqat hayvon va odam to’qimalarida uchraydi, o’simliklardagi provitamin- ka r o t i n l a r dan sintezlanib turadi.
Karotinlarning uch xil a, b va g shakllari mavjud bo’lib, retinol sintezida b karotin qatnashadi, uning bir molekulasidan ikki molekula retinol sintezlanadi:

Karotin ko’prok sabzavotlarda, ayniqsa, sabzida ko’p uchraydi


Avitaminoz A ning belgilari: ko’rish o’tkirligini pasayishi, qorong’ida ko’rmaslik, ya’ni «shabko’rlik kasalligi» vujudga keladi, qoplovchi to’qimalar quriydi, ayniqsa, ko’zning shilimshiq pardasi kurib, ko’z shox pardasining ko’rishi-kseroftalmiya «grekcha xeros - quriq, ophtalmos - ko’z atamalaridan
olingan» kasalligi kelib chiqadi, o’sishni to’xtashi, og’irlikni pasayishi va organizmni oriqlab ketishi kuzatiladi.
Teri quruqligi kasalligi oqibatida dermatit, bronxit, katar kabi nafas yo’llarining hastaliklari kelib chiqadi. Ayniqsa, vitamin A ning aldegid shakli retinal o p s i n oqsili bilan birikib, murakkab oqsil - xromolipoproteinni hosil qiladi va u ko’rish pegmenti rodopsin bo’lib, ko’zning to’r pardasida joylashgan tayoqchasimon hujayralarning reseptorlarida o’tadigan fotokimyoviy reaksiyalarni amalga oshiradi. Tarkibi lipoprotein o p s i n bilan vitamin A1 ning hosil qilgan aldegidi-sisretinalning birikishidan hosil bo’lgan azotli birikma ko’z qorachig’ining yorug’likni o’tkazuvchi yo’llaridan sinib tushadigan nur(aks) ta’sirida, o’z fazoviy tuzilishini o’zgartirib, bir necha oraliq moddalar orqali, trans- retinalga va opsinga parchalanadi, ko’rish ta’suroti hosil bo’ladi. Fotokimyoviy reaksiyadan so’ng ajralib chiqqan trans-retinal to’g’ridan-to’g’ri opsinga birika olmaydi. U jigarga o’tkaziladi va u yerda qaytarilib sis-retinal saqlovchi neovitamin A ga aylanadi, so’ngra tur pardaga o’tadi va retinolga aylanadi. Uning keyingi o’zgarishi, huddi o’simliklarning b - karotinidan sintezlangan
//
retinol(Vitamin Awning spirt guruhini degidrogenlanishi xisobidan aldegid (-C-H ) guruhiga aylanishidan hosil bo’lgan sis-retinaldek, ko’rish pigmenti - rodopsinni hosil qilishni davom ettiradi. Retinolni retinalga aylanishi redukal- retuktaza fermenti va NAD ishtirokida amalga oshadi:
Sis-retinal, huddi 3-bosqichdagidek, opsin bilan birikib rodopsinni hosil qiladi. Demak, sis shakldagi vitamin A1ning trans shakliga aylanishida birmuncha fotokimyoviy reaksiyalar o’tib, to’r pardada ko’rish ta’siroti(impulsi) hosil bo’ladi va u bosh miyaning ko’rish markaziga o’zatiladi.
Vitamin A ning manba’lari- baliq moyi, sariyog’, sabzi, ayniqsa, qizil sabzi, qizil kalampir, pomidor va boshqa mevalar hisoblanadi, ular b - karotin manbai bo’lib hisoblanadi.

  • i t a m i n D (Kalsiferollar yoki raxitga qarshi faol moddalar) bo’lib, kimyoviy tabiati jihatidan sterinlar(xolesterin)ninghosilasidir, 1916 yilda o’rganilgan va 1931 yilda sun’iy hosil qilingan. Kalsiferollar ichida eng muhimlari xolekalsiferol (Vitamin D3), ergokalsiferol (Vitamin D2) hamda digidroergokalsiferol (Vitamin D4) lardir:


Bu vitaminlar ma’lum miqdorlarda oziq moddalar bilan tushib turadi. Manba’lari bo’lib baliq va baliq mahsulotlari, sariyog’, tuxum sarig’i hisoblanadi. Lekin, organizmlarda ularning provitaminlari - xolesterol, ergosterollar uchraydi, ular quyosh nuri ta’sirida tegishli vitaminlar shakliga aylanishadi.


Kalsiferollaming asosiy funksiyasi biologik qobiklardan kalsiy va fosfor ionlarini tashilishini ta’minlashdir. Bunda kalsiferollar Sa++- bog’lovchi fermentlar bilan majmuiy birikmalar hosil qiladilar, qon zardobi tarkibida kalsiy va fosfor ionlari konsentrasiyasini ta’minlaydi, natijada suyak to’qimalarining minerallanishi me’yorda o’tadi. Ko’pincha, ularning zaxiralari jigarda va yog’ to’qimalarida to’planadi.

  • i t a m i n Ye (Tokoferol) yoki ko’payish vitamini, u 1925 yilda o’rganilgan va 1936-1938 yillari sintez qilingan. Tokoferol yunoncha «tocos - bola tug’ilishi, fero - tashiyman» degan ma’noni anglatadi. Uning tabiiy manba’lari o’simlik moyi, karam, pomidor, don mahsulotlari va h.k. Tokoferolning biologik ta’siri molekula darajasida o’rganilgan emas. Lekin avitaminoz Ye da erkak va urg’ochi hayvonlarning jinsiy a’zolarida turli morfo-fiziologik o’zgarishlar ruy beradi.Erkaklarda embrion epiteliyasi mujmayib, asta-sekin sperma hosil bo’lmay qoladi, spermatozoidlarning shakli o’zgaradi, dumchasi yuqoladi. Urg’ochi hayvonlarda, tuxumi o’rchisa ham homila oxirigacha yetkazilmaydi, homila va yo’ldosh so’rilib ketadi. Shu bilan birga to’qimalarning funksiyasini buzilishi, orqa miyaning tuzilmasini o’zgarishi, qo’l-oyoqlarning falaji va yog’larning to’planishi kuzatiladi.

  • i t a m i n K (antigemorragik vitamini, filloxinon), 1939 yilda kashf etilgan, vitamin K ning ikkita vitameri (K1 va K2) bor. Ularni kashf etgan olimlar K.E.Doyzi bilan X.Dam 1943 yili Nobel mukofotiga sazovor bo’lishgan.

Vitamin K1( 2-metil-3-fitil-1-4-naftixinon):

Bu tabiiy vitamin K lardan tashkari fanda sun’iy hosil qilingan vitamin K3 (2- metil-1,4-naftixinon) menadion ham ma’lum:




Vitamin K ning biokimyoviy hususiyatlari yaxshi o’rganilgan emas. Lekin uning jigarda protrombinning sintezlanishida ishtiroki aniqlangan. Shu bilan birga u, bir nechta, qon ivishida ishtirok etuvchi, oqsillar sintezini kuchaytiruvchi kofaktorlik vazifasini bajarishi mumkin.
Avitaminoz K da jigarda protrombinning biosintezi buzilishi oqibatida qonning ivishi sekinlashadi,ayrim hollarda teri ostida,mushaklarda qon quyilishi(g ye m o r a g g i ya ) holati kuzatiladi.
Uning tabiiy manba’si yashil o’simliklar, pomidor hisoblanadi. Unga bo’lgan ehtiyoj, ko’pincha, ichak florasi orqali ta’minlanadi.
S u v d a e r i y d i g a n v i t a m i n l a r ga V vitaminlar guruhi (B1,B2,V3), vitamin PP, vitamin N, vitamin S, vitamin R va boshqalar kiradi. Ularning biokimyoviy faoliyati yaxshi o’rganilgan. Ularning koferment shaklida faollanishi, ko’pincha, fosforlanish jarayonlari bilan kuzatiladi.

  • i t a m i n B1 (Tiamin), 1912 yilda K.Funk tomonidan o’rganilgan, uning nomi tiamin grekcha «tion-oltingugurt» atamasidan olingan. U 1937 yilda sintezlanib, tarkibi quyidagicha ekanligi aniqlandi:

Uning tabiiy manba’lari achitqi, ayniqsa pivo achitqisi, non achitqisi(xamirturush), don, yorma, non(ayniqsa, qora non), sabzavotlardir. Ular odam va hayvon organizmlarida tiaminpirofosfatga aylanib, pirouzum kislotasini dekarboksillanish reaksiyasining mahsus biokatalizatori vazifasini bajaradi, kuchli zaharli modda-pirouzum kislotasini yo’qotib, asab tizimining qo’zg’alishini me’yorlashtiradi. Avitaminoz B1 da beri-beri kasalligi (polinevrit, periferik nerv tolalarining yallig’lanishi) tufayli falajlik kasalligi kuzatiladi. Shu bilan birga, suvning almashinuvini buzilishi, yurak-qon tomirlari tizimi funksiyalarining buzilishi kuzatiladi.


Vi t a m i n B2 (Riboflavin) sariq-qizg’ish rangli kristall modda , issiqqa chidamli, hatto ovqat pishirilganda ham masalliq tarkibidagi riboflavin parchalanmaydi, lekin ultrabinafsha nurlar ta’sirida parchalanib ketadi. Uning kimyoviy tuzilishi
quyidagicha:

Tabiiy manba’lari bo’lib sut va sut maxsulotlari, sabzavotlar, ko’katlar, achitqi, jigar , buyrak va h.k.


Uning biokimyoviy faoliyati FADning molekulasi bilan birikishiga bog’liq, ular flavinmononukleotid(FMN), Flavinadenindinukleotid(FAD) holida uchrab oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarida qatnashadi, NAD.N dan elektron - protonlarni qabul qilib, ularni sitoxromga uzatadi:
Avitaminoz B2 da o’sishningto’xtashi, sochni tushishi, shillik qobiqlar (ayniqsa, og’iz burchaklari)ni zararlanishi, ishchanlik qobiliyatini pasayishi, gemoglobin sinteziningbuzilishi holatlari kuzatiladi.

  • i t a m i n R R (Nikotin kislotasi) 1911 yilda K.Funk tomonidan ajratib olingan va kaptarlarda beri-beri kasalligini davolashda samara bermasligi aniqlangan. Keyinchalik Goldoyerger degan olim tomonidan pellagra kasalligini davolashini aniqlagach, uni vitaminlar qatoriga qo’shganlar. Pellagra atamasi italyancha pela agra - g’adir - budir teri ma’nosini bildiradi, unda dermatit, diareya(ich ketish ), hatto, demensiya(aqlning zaiflanish) kasalliklari kelib chiqadi.

Kimyoviy tabiati jihatidan nikotin kislotasi, piridin xalqasini tutuvchi, azotli asos bo’lib, u nikotin kislotasi va uning amidi holida nikotinamid (NAD, NADF )larning tarkibini hosil qilishda ishtirok etadi:

Nikotin kislotasini saqlovchi NAD, NADF kofermentlari glikoliz, fotosintez, aminokislotalarning dezaminlanishi, uch karbon kislotalar zanjiri, lipidlar almashinuvi, makroerg birikmalar biosintezi kabi metabolik jarayonlarda ishtirok etadi.
Tabiiy manba’lari bo’lib bug’doy noni, jigar, buyrak, kartoshka va boshqa oziq mahsulotlar hisoblanadi.

  • i t a m i n V3 (Pantotenat kislota) koenzim A, ya’ni koferment A ning tarkibiy qismini hosil qilishda ishtirok etadi. Uning tuzilishi quyidagicha:

HO-H2C-C-CH-CO-CH2-CH2-COOH
Koenzim A, kislota qoldig’i(asil)ni ko’chirish reaksiyalarini amalga oshiruvchi, kofermentdir, u jigarda ko’p uchraydi. U, asetil KoA hosil qilib, juda muhim reaksiyalarni amalga oshiradi.
Vitamin S (Askorbat kislota) organizmda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini, asosan gidroksillash reaksiyalarida qatnashadi. Buni kollagen oqsilining tarkibidagi prolinni oksiprolinga aylanishida, askorbat kislota qatnashsa
kerak. Biroq uning vitaminlik ta’sirining biokimyoviy hususiyatlari yaxshi o’rganilmagan. Biokimyoviy reaksiyalarda uning oksidlanishi va qaytarilishini quyidagicha izohlash mumkin:

Askorbat kislotaning tabiiy manba’lari ho’l mevalar va sabzavotlardir. Ayniqsa, qalampir, ko’ksulton, qulupnay, maymunjon, ko’kpiyoz, limon, apelsin va mandarinlarda ko’p uchraydi.


Jonzotlar tarkibida yoki ularning hayot faoliyatida, yuqorida ko’rsatilgan muhim vitaminlardan tashkari, v i t a m i n g a o’xshash moddalar ham uchrab, ayrim biokimyoviy jarayonlarning o’tishini ta’minlaydi. Ulardan paraaminobenzonat kislotasi, pangamat kislotasi, karnitin (vitamin Vt), inozit, xolin, lipoat kislota, KoQ, vitamin U ni ko’rsatish mumkin:
Paraaminobenzonat kislota mikroblarni o’sishini to’xtatadi va tibbiyotda sulfamid dorilarini tayyorlashda qo’llaniladi. Uning manba’lari bo’lib jigar, achitqi, bug’doy murtagi, sabzavotlar hisoblanadi. Uning tuzilishi quyidagicha:

Keyingi vaqtda paraaminobenzonat kislotasini jun, soch va terining me’yoriy rangda bo’yalishini ta’minlashda ham ishtirok etishi aniqlangan.


Pangamat kislota yoki vitamin B15.Uning nomi yunoncha «ran-hamma yerda, gami- urug’»
Qolgan vitaminsimon moddalardan, lipoat kislota pirouzum kislotasining dekarboksillanishida, KoQ - elektronlarni kofermentlardan sitoxromlarga ko’chirishda, vitamin U esa S - metilmetionin tarkibli modda bo’lib yaraga qarshi, masalan, oshqozon yarasini tuzalishida ishtirok etadi.
Retinol (A vitamin) tabiatda keng tarqalgan. Oʻsimlik toʻqimalarida A provitamin (organizmda retinolga aylanadigan karotinoid pigmentlar) holida uchraydi. Koʻrish pigmentlari hosil boʻlishida qatnashib, organizmning normal oʻsishini, koʻzning turli darajadagi yorugʻlikka moslashishini taʼminlaydi. Organizmda retinol yetishmasa, teri qurishib oqaradi, qipiqlanadi, muguzlanadi, unda mayda toshmalar paydo boʻladi, terining yiringli kasalliklari avj oladi, soch quruq, xira boʻlib, toʻkila boshlaydi, tirnoq moʻrtlashib qoladi. Yoruqqa qaray olmaslik, shabkoʻryaik, konʼyunktivit, blefaritta asosan A vitamin yetishmasligi sabab boʻladi. A provitamin (karotin) oʻsimliklarda, ayniqsa ularning yashil barglarida, A vitamin hayvon va baliq jigarida, baliq moyida koʻp.
Tiamin (V, vitamin) — koʻpgina oziqovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. U asosan donning murtagi va qobigʻi (kepagi)da boʻladi. Tiamin organizmda uglevodlar almashinuvida muhim ahamiyatga ega; ovqat uglevodlarga serob boʻlsa, ularni oʻzlashtirish uchun tiamin koʻproq talab qilinadi. Tiamin boʻlmasa, polinevrit kasalligi roʻy beradi. Organizmda bu vitamin boʻlmasa yoki yetishmasa, nerv sistemasining ogʻir kasalligi — beri-beri paydo boʻladi, shuningdek ichak peristaltikasi susayadi, qabziyat, muskullar boʻshashishi, jismoniy va ruhiy ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Riboflavin (V2 vitamin)— oʻsish jarayonida qatnashadi va oʻstiruvchi omillarga kiradi. Oqsil, yogʻ va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Markaziy nerv sistemasi holatini rostlaydi, koʻz gavharidagi moddalar almashinuviga taʼsir etadi, yorugʻlikni sezish va rang ajratishga yordam beradi. Riboflavin organizmga oziq-ovqat bilan kiradi, ovqatda riboflavin yetishmasa ogʻiz burchagi, lab yoriladi (qarang Lab bichilishi), soch toʻkiladi, konʼyunktivit va blefarit kuzatiladi. V2 vitamin asosan hayvon mahsulotlari — tuxum, pishloq, sut, goʻsht hamda galla va dukkakli oʻsimliklarda moʻl-koʻl.
Piridoksin (V6 vitamin)— koʻpgina oʻsimlik va hayvon mahsulotlari: achitqi, bugʻdoy murtagi, jigar, baliq, mol goʻshti va dukkakli donda boʻladi. U oqsil va yogʻning normal hazm boʻlishini taʼminlab, azot almashinuvida muhim rol oʻynaydi. Organizmda piridoksin yetishmasa bolalar oʻsmay qoladi, meʼda-ichak ishi buziladi, kamqonlik roʻy beradi. Homiladorlarda stomatit, terining yalligʻlanishi, qoʻzgʻaluvchanlik, uyqusizlik kuzatiladi. Kishi organizmi uchun zarur miqdordagi piridoksin ichak bakteriyalari taʼsirida hosil boʻladi.
Nikotinamid, nikotin kislota (RR vitamin) hujayralarning nafas olishida, oqsillar almashinuvida qatnashadi, organizmda oʻsimlik oqsillarining hazm boʻlishini tezlashtiradi, meʼdaning sekret va harakat faoliyatini normallashtiradi, meʼda osti bezi ishlab chiqaradigan sekret va shira tarkibini yaxshilab, jigar ishini barqarorlashtiradi. Organizmda nikotin kislota yetishmasa pellagra kasalligi roʻy beradi. Nikotin kislota uy parrandasi, mol goʻshti, jigari, buyragida, achitqi, guruch kepagi, bugʻdoy murtagida koʻp boʻladi.
Folat kislota (V, vitamin) baʼzi aminokislotalar almashinuvida va sintezida, shuningdek nuklein kislotalar sintezida qatnashadi, koʻmikning qon yaratish funksiyasini kuchaytiradi, V12 vitamin-ning yaxshi oʻzlashtirilishiga yordam beradi. Folat kislota oʻsimlik va hayvon mahsulotlarida, ayniqsa, jigar, buyrak va yashil barglarda koʻp. Ichak mikroorganizmlari folat kislotani koʻp miqdorda sintezlaydi.
Siankobalamin min) — yuqori biologik faol modda. Metionin, nuklein kislotalar sintezida va qon yaratilishi jarayonida qatnashadi. Organizmga ovqat bilan kiradi, u organizmda yetishmasa, kamqonlik paydo boʻladi. Siankobalamin mol jigarida ayniqsa koʻp. Tibbiyotda, chorvachilik va parrandachilikda keng qoʻllaniladi.
Pantotenat kislota (V5 vitamin) — oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida koʻp. Nerv sistemasi hamda buyrak usti va qalqonsimon bezlar faoliyatini normallashtiradi.
Askorbin kislota (S vitamin) — moddalar almashinuvida, biriktiruvchi toʻqimalarning oʻzlashtirilishida, bu toʻqimalarning normal holatda tutib turilishi va tiklanishida muhim ahamiyatga ega. Organizmda S vitamin yetishmasa, togʻay va suyak toʻqimalari tuzilishi buziladi, lavsha (singa) kasalligi roʻy beradi. Organizmda askorbin kislota hosil boʻlmaydi va toʻplanmaydi. S vitamin sabzavot va mevalarda boʻladi. Askorbin kislota turli polivitamin preparatlari tarkibiga kiradi.
Kalsiferol (D vitamin) moddalarning mineral almashinuviga, suyak hosil boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi. U yosh bolalar skeletining jadal oʻsishi va suyaklanishi davrida ayniqsa zarur. Organizmda D vitamin yetishmasa raxit kasalligi paydo boʻladi. Tunes, treska va b. baliqlar moyi kalsiferol manbai hisoblanadi.Bundan tashqari, sut, tvorog, sariyog', jigar va tuxum sarig'ida ko'p bo'ladi. Tishlarni ham asraydi.
Tokoferol (Ye vitamin, koʻpayish vitamini) muskul va jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi, ichki aʼzolarda yogʻda eriydigan barcha V., ayniqsa retinol toʻplanishiga yordam beradi. Oʻsimliklarning yashil qismi hamda ulardan olinadigan moyda (mas., kungaboqar moyida) moʻl boʻladi.
Filloxinon (K vitamin) — qon ivishining asosiy omillaridan biri. Organizmda K vitamin yetishmaganda turli aʼzolar (burun, milk, meʼda-ichak va b.)dan qon ketishi kuzatiladi. Filloxinon salat, karam, ismaloq, qichitqi oʻtning yashil qismida boʻladi. Yuqorida aytib oʻtilgan V.dan tashqari, organizm uchun zarur boʻlgan boshqa biologik faol moddalar (vitaminsimon birikmalar) ham bor. Bularga bioflavonoidlar, xolin, inozit, lipoat, orot, pangamat, paraaminbenzoat kislotalari va b. moddalar kiradi.
Meva, sabzavot va b. masalliqlar uzok, saqlanganda va notoʻgʻri pishirilganda V. kamayadi. V.dan eng beqarori askorbin kislota boʻlib, uni oftob, issiq va nam havo buzib qoʻyadi. Ovqat pishirganda V., ayniqsa askorbin kislota yaxshi saqlanishi uchun sabzavotni tez artib, yuvib. toʻgʻrab, qaynab turgan suvga solish, qozon qopqogʻini yopib qoʻyish kerak. V. preparatlari dorixonalarda mavjud, ammo biologik taʼsiri kuchli boʻlgani uchun V.ni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish lozim.




    1. tải về 314 Kb.

      Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương