Mundareja: Kirish Asosiy qisim



tải về 314 Kb.
trang7/12
Chuyển đổi dữ liệu23.05.2022
Kích314 Kb.
#52077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mundareja Kirish Asosiy qisim
Oliy nerv faoliyati tiplari Reja
C vitamini -- (askorbin kislota) kuchli kislota bo’lib, 2- va 3-uglerod atomlarida qayta dissotsiyalanuvchi yenol gidroksil guruhlarini saqlaydi. Askorbin kislota oshqozon-ichak yo’llarida oddiy diffuziya bilan so’riladi. Qonda erkin va oqsillar bilan bog’langan holda uchraydi. Askorbin kislotasi ko’p miqdorda buyrak usti bezi, jigar va o’pkada joylashgan. Erkin holatda yoki uning mahsulotlari siydik orqali chiqariladi. Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida vodorod donori hisoblanib, degidroaskorbin kislota bilan redoks-juftlik hosil qiladi. Askorbin kislota quyidagi jarayonlarda ishtirok etadi:
1) triptofanni gidroksillanishi (serotonin biosintezi);
2)3,4-digidroksifeniletilamindan noradrenalin hosil bo’lishi;

3) n-gidroksifenilpiruvatni gomogentizin kislotasigacha gidroksillanishi;



  1. buyrak usti bezining po’stloq qismida gormonlar biosintezida steroidlarni gidroksillanishi;

  1. karnitin biosintezida beta-butirobetainni gidroksillanishi;

  2. ichakdan temirni so’rilishida Fe3+ ni Fe2+ ga aylanishi;

  3. temirni transferrindan ajralishi va to’qimalarga o’tishi;

  4. folat kislotani koferment shakliga o’tishi;

  5. kollagen sintezida prolin va lizin qoldiqlarini gidroksillanishi.

Avitaminoz С beigilari: Kollagen sintezining buzilishi natijasida qon-tomir devorlari va tayanch to’qimalar strukturasi o’zgaradi. Glikoproteinglikanlar hosil bo’lishi buziladi, gemorragik holatlar va suyak tog’ay to’qimalarida spetsifik ozgarishlar vujudga keladi. Tana vaznining pasayishi, umumiy holsizlik, yurak urishi, yurakda og’riq kuzatiladi. Singa kasalligida asosan qon-tomirlar mo’rt, o’tkazuvchanligi ortadi, natijada teri va teri ostiga mayda qon quyilishlar (petexiya), milklarning qonashi, odontoblastlar degeneratsiyasiga sabab bo’ladi.
Biologik vazifasi: oksidlanish-qaytarilishi jarayonlarida qatnashadi. Prolin va lizinning gidroksillanish reaktsiyalari, buyrak usti bezi gormonlarj, triptofan sintezida ishtirok etadi.

Vitamin С asosan o’simlik tabiatiga ega bo’lgan mahsulotlarda uchraydi. Garmdori, salat, karam, xren, ukrop, qora smorodina kabi mahsulotlar askorbin kislotaning manbai hisoblanadi. Bir kunlik iste’mol me’yori- 75 mg .




tải về 314 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương