Mavzu: Bozor va tavakkalchilik. Tavakkalchilikni aniqlash va kamaytirish yo'llari. Mundarija



tải về 0.53 Mb.
trang16/17
Chuyển đổi dữ liệu15.06.2024
Kích0.53 Mb.
#57941
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Курс иши

Tayanch iboralar: noaniqlik, kutiladigan miqdor, tavakkalchilikka munosabat, diversifikatsiyalash, sug'urtalash, tavakkalchilikni taqsimlash, tavakkalchilikni qo'shish, asimmetrik axborot, ma'naviy tavakkalchilik, bozor signallari, tavakkalchilik aktivlari, tavakkalchiliksiz aktivlar, auktsion.


Takrorlash uchun savollar
Noaniqlik va tavakkalchilik deganda nimani tushunasiz?
Ob'ekti va sub'ektiv ehtimollar va ular o'rtasidag farq.
Tavakkalchilikka moyillik.
Tavakkalchilikka befarq qaraydigan shaxs qanday xususiyatga ega.
Tavakkalchilikni pasaytirish yo'llarini izohlab bering.
Asimmetrik axborot qanday oqibatlarga olib keladi?
Investitsiya tavakkalchiligi deganda nimani tushunasiz.

XULOSA

Kelajakka taalluqli har qanday harakat noaniq natijaga ega. Noaniqlik sharoitida iste'molchilar tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham sotuvchi va xaridorlar sifatida qaror qabul qilishga to`g`ri keladi va bu qabul qilingan qarorlar albatta, ma'lum darajadagi risklar (tavakkalchilik) bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Noaniqlik cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo`qotishga olib keladi.


Tadbirkorlikka yoki daromad olish uchun tikilgan kapitalningqiymati kelgusida undan olinadigan daromad qiymatiga bog`liq ekan, demak u noaniqlik va risk (tavakkalchilik) bilan b o`langan ekan.
Risk (tavakkalchilik) – bu har qanday usul bilan baholangan ehtimollik, noaniqlik esa baholab b o`lmaydigan holat. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to`liq axborot bo`lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to`g`risida axborot to`liq bo`lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya′ni ma′lum yo`qotishlarga olib keladi. Ushbu yo`qotishlar tavakkalchilikni bildiradi. Tavakkalchilikni o`lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog`liq. Ehtimol ikki turga bo`linadi: matematik, ya′ni oldindan aniqlashmumkin bo`lgan ehtimol va statistik ehtimol.
Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo`lgan barcha natijalarning o`rtacha o`lchangan qiymatlari.
Chetlanish - bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o`rtasidagi farq bo`lib, u tavakkalchilikdan (yo`qotishdan) darak beradi.Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo`yicha uch turga bo`linadi: tavakalchilikga borishga moyil, tavakkalchilikga borishga qarshi, ya′ni moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar.Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sug`urtalash, tavakkalchilikni birlashtirish, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash, fyuchers, opsion, xedjerlash va boshqalar.
Bozorda sotiladigan tovar to`g`risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi to`g`risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro`i, tovar sifati va kafolati to`g`risidagi axborotlar bozor signallari bo`lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi.
Biz rus lug’atida qabul qilingan «Risk»-so’zini «tavakkalchilik» deb tarjima qildik. Bu terminga yana ekvivalent o’zbek tilida «qaltislik» va «risk»ning o’zini ishlatish kerak degan fikrlar bor. Chunki «Tavakkalchilik» so’zi «Risk»ni to’la mazmunini o’zbek tilida ifodalay olmaydi. Kelajak o’zbek tilida qaysi so’zni tanlashni ko’rsatib berar. «Vaziyat» tushunchasi u yoki bu faoliyat uchun imkoniyat yaratuvchi turli holat va shart-sharoitlar jamlamasining birikuvi deb tarif berish mumkin. Bunday holda vaziyat mazkur faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyat yaratish yoki unga to’sqinlik qilishi mumkin.
Shuni qayd etish lozim-ki, tavakkalchilik vaziyati sifat jihatdan noaniqlik (mavhumlik) vaziyatidan keskin farq qiladi.
Noaniqlik vaziyati-amalda o’rnatish imkoni bo’lmagan hodisa va qarorlar natijalarini hosil bo’lish ehtimoliyatidir.
Shunday qilib, tavakkalchilik vaziyatini aniqlanishi mumkin bo’lgan va amalga oshuvchi hodisalar ehtimoliyatidagi noaniqliklar xilma-xilligi deb tarif berish mumkin.
Ya’ni bu holda taxminan sheriklarning ishlab chiqarishdagi hamkorligidagi faoliyati, raqiblarni qarshi harakati, iqtisodiyot taraqqiyotiga tabiiy muhitning ta’siri, ishlab chiqarishga ilmiy texnik yutuqlarni joriy etish natijasida paydo bo’luvchi hodisalar ehtimolini ob’ektiv baholash imkoniyati mavjud bo’ladi.
Tavakkalchiliik vaziyatlardan «chiqish uchun», sub’ekt tanlov o’tkazadi va uni amalga oshirishga harakat qiladi. Tavakkalchilik tushunchasini anglash aynan shu jarayonda o’z ifodasini topadi. Sub’ektning faoliyat rejasi esa bu jarayon tavakkalchilik tushunchasini anglashda o’z ifodasini topadi. Amalga oshirishga harakat qilish uchun qaror tanlovi bosqichida bo’lganidek, amalga oshirish bosqichida ham mavjud bo’ladi.
Bu va boshqa hollarda tavakkalchilik aniq ziddiyatlarni noaniq vaziyatda rivojidagi qarama-qarshi intilishlari orqali amaliy yechimini topish usuli bilan sub’ekt tomonidan noaniqliklarni olish modelini ifodalaydi.
Tavakkalchilik-bu omadsizlik holatida vaqtincha tanlovga qadar bo’lgan holdan ham yomon vaziyatda bo’lish imkoniyati mavjud bo’lganida tanlov sharoitida amalga oshiriluvchi faoliyat (hatti-harakat)dir. Bu tarifda omadsizlik xavf-xatar holati bilan bir qatorda, alternativlik (muqobillik) kabi xislat ham ishtirok etadi.


tải về 0.53 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương