Mavzu: Bozor va tavakkalchilik. Tavakkalchilikni aniqlash va kamaytirish yo'llari. Mundarija


Olib sotarlik va uning iqtisodiyotdagi o'rni



tải về 0.53 Mb.
trang14/17
Chuyển đổi dữ liệu15.06.2024
Kích0.53 Mb.
#57941
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Курс иши

2.3. Olib sotarlik va uning iqtisodiyotdagi o'rni.
Olib sotarlik (savdogarlar) deganda, foyda olish maqsadida biror tovarni sotib olib, uni yuqori narxda sotish faoliyati tushuniladi. Olib sotarlar bozor sharoitida muhim rol o'ynaydilar, ular ortiqcha tovarni sotib olib, qaerda unga talab ko'p bo'lsa, o'sha yerga yetkazib beradilar. Bu o'z navbatida tovarga bo'lgan narxni butun fazo bo'yicha ma'lum darajada tekis bo'lishini ta'minlaydi. Savdogarlar iste'molni vaqt bo'yicha siljishini ta'minlaydilar. Ular qishloq xo'jalik mahsulotlarini yoz faslida sotib olib, qish faslida sotadi, yoki serhosil yilda sotib olib, qurg'oqchilik kelgan yilda sotadilar. Ushbu holat iste'molni mo'l-ko'lchilik vaqtdan iste'mol tovarlari cheklangan vaqtga ko'chiradi va shu bilan narxlarning tekislashuvini ta'minlaydilar.
Savdogarlar bo'lmaganda, serhosil yilda talab D va taklif S 1 bo'lganda, muvozanat holat E 1 nuqtada o'rnatilgan bo'lar edi. Hosildor bo'lmagan yildagi talab D taklif S2 va muvozanatlik E 2. Savdogarlar serhosil yilda mahsulot sotish hajmini Q 1 dan Q 1 ' ga qisqartirib, muvozanat narxni P1dan P 1 ' ga ko'taradi. SHu bilan birga jamg'arilgan mahsulot zahirasi hosildor bo'lmagan yildagi taklifni Q 2 dan Q 2 ' ga oshirib, muvozanat narxni P2dan P 2' ga tushiradi. SHunday qilib, savdogarlar iste'molni serhosil yildan hosil kam bo'lgan yilga siljitib narxni tekislaydilar. Savdogarlargina qishloq xo'jaligidagi mavsumiy tebranishlarni tekislashga yordam beradilar. Savdogarlar tavakkalchilikka bormaydiganlardan yo'qotishlarni sotib olib, foyda olish maqsadida o'zlari tavakkalchilikka boradilar.
Tavakkalchilikni pasaytirshda fyucherslar, optsion va xedjirlashtirishlar ham muhim rol o'ynaydilar. Fyucherslar - bu oldindan belgilangan narxlarda ma'lum miqdordagi tovarlarni kelajakda ma'lum kunda yetkazish uchun tuzilgan muddatli shartnoma.
Fyuchers bozori yordamida qishloq xo'jalik mahsulotlari, kofe, shakar va boshqa tovarlar sotiladi. Fyuchers bozori yordamida ishbilarmon ma'lum miqdordagi tovarni bugungi narxda kelajakda ma'lum muddatga qo'yish uchun shartnoma tuzadi.

tải về 0.53 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương