Mavzu: Bozor va tavakkalchilik. Tavakkalchilikni aniqlash va kamaytirish yo'llari. Mundarija


Optsion yoki mukofotga ko'ra savdo-sotiq



tải về 0.53 Mb.
trang15/17
Chuyển đổi dữ liệu15.06.2024
Kích0.53 Mb.
#57941
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Курс иши

Optsion yoki mukofotga ko'ra savdo-sotiq- bu fyuchersning bir turi bo'lib, unga ko'ra bir tomon komission to'lov asosida biror tovarni kelajakda sotib olish yoki sotish huquqini oldindan kelishilgan narxda sotib oladi. SHuni aytish kerakki, fyuchers ham, optsion ham tovarlar narxini vaqt bo'yicha tekislashga yordam beradi.
Xedjirlashtirish- bu operatsiya bo'lib, unga ko'ra fyucherslar bozori va optsionlar bozori yordamida bir tavakkalchilik boshqa bir tavakkalchilik bilan qoplanadi. Ushbu operatsiyaning mohiyati shundan iboratki, narxlar o'zgarishi bilan bog'liq tavakkalchilik (yo'qotishlar) savdogar zimmasiga yuklatiladi.
Shunday qilib, savdogarchilikning ahamiyati shundaki, ular axborotlarni axborot egalaridan olib axborotga muxtoj bo'lganlarga yetkazadilar.
2.3. Tavakkalchilikka bo'lgan munosabat
Tavakkalchilikni butunlay yo'qotib bo'lmaydi, lekin kamaytirish mumkin. Hamma narsa tavakkalchilikni firma rahbari qanday boshqara olishida qoladi.
Yuqoridagi misolda ko'rdikki, ikkala ish joyida ham kutiladigan daromad 4500 so'mni tashkil qiladi. Demak, kim tavakkalchilikka borishga moyil bo'lmasa, ikkinchi ish joyiga boradi, nima uchun deganda bu ish joyida kutiladigan daromad kamroq tavakkalchilak bilan bog'liq. endi faraz qilaylik, birinchi ish joyidagi har bir natijaga 200 so'mdan qo'shaylik. Unda kutiladigan natija 4500 so'mdan 4700 so'mga oshadi.

Quyidagi 3-jadvalda yangi daromadning natijalari keltirilgan.


Birinchi ish joyi uchun: kutiladigan daromad q 4700 so'm. Dispersiya q2250000 so'm.
Ikkinchi ish joyi uchun: kutiladigan natija q 4500 so'm. Dispersiya q9900 so'm.
8.3- Jadval

Ish joyi

1-natija

Kvadratik

2-natija

Kvadratik







Chetlanish




Chetlanish

Birinchi

6200

2250000

3200

2250000

Ikkinchi

4510

100

3510

980100

Birinchi ish joyida kutiladigan daromad ikkinchi ish joyidagidan yuqori, lekin u yuqori tavakkalchilik (yo'qotish) bilan bog'liq. qaysi ish joyi ustunroq deganda, bu savolning yechimi tanlovchi shaxsning o'ziga bog'liq. Tadbirkor shaxslar yuqori tavakkalchilikga ega bo'lsa ham kutiladigan daromad yuqoriroq bo'lgan ish joyini tanlaydi, konservativroq (o'zgarishlardan o'zini olib qochuvchi) shaxslar kutiladigan daromad kamroq bo'lsa ham, kamroq tavakkalchilik bilan bog'liq ishni, ya'ni ikkinchi ish joyini tanlaydi. Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bilan bir-biridan farq qiladi.


Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo'yicha uch turga bo'linadi: tavakalchilikka borishga moyil insonlar, tavakkalchilikka borishga qarshi, ya'ni moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar.
1.Tavakkalchilikka qarshi bo'lgan inson deganda, shunday inson tushuniladiki, kutiladigan daromad berilganda, u tavakkalchilik bilan bog'liq natijalarga nisbatan, kafolatlangan natijani ustun ko'radi. Agar tavakkalchilikga qarshi insonni iste'molchi deb qarasak va u oladigan daromadiga iste'mol tovarlar majmuasini sotib olib, uni iste'mol qilishdan ma'lum darajada naf oladi deb faraz qilsak, biz iste'molchining tavakkalchilik bilan bog'liq daromadining naflik darajasi bilan qanday bog'liq ekanligini ko'rishimiz mumkin (8.1-rasm). Tavakkalchilikka qarshi inson daromadi past darajadagi chekli naflikka ega ekanligini ko'ramiz. Rasmdan ko'rish mumkinki, har bir birlik qo'shimcha daromadga to'g'ri keladigan qo'shimcha naflik daromad oshishi bilan kamayib bormoqda. Masalan, 20-30 ming so'mlik daromad oralig'idagi har ming so'm daromadga 0,8 birlik naf to'g'ri kelsa, 31-ming so'mlik daromadga 0,6 naf birligi to'g'ri kelayapti). Chekli naflikni kamayishi insonlarda tavakkalchilakka salbiy munosabatini kuchaytiradi. Shuning uchun ham tavakkalchilikga borishga moyillikning yo'qligi ko'pchilik insonlarga xosdir. Tavakkalchilik ular uchun og'ir sinovdek hisoblanadi va ular ma'lum kompensatsiya bo'lgandagina tavakkalchilikka borishi mumkin.

8.1-rasm. Tavakkalchilikka moyil bo'lmagan holat.

2.Tavakkalchilikka befarq qaraydigan inson shunday inson hisoblanadiki, kutiladigan daromad berilganda, u kafolatlangan natija bilan tavakkalchilik bilan bog'liq natijalarni tanlashga befarq qaraydi. Tavakkalchilikka neytral qaraydigan inson uchun o'rtacha foyda muhim hisoblanadi. O'rtacha qiymatga nisbatan chetlanishlar bir-biri bilan qisqarib, umumiy chetlanishlar nolga teng bo'lgani uchun ham ushbu chetlanishlar uni qiziqtirmaydi. Tavakkalchilikka befarqlik koordinata boshidan chiqadigan to'g'ri chiziq sifatida ifodalanishi mumkin (8.2-rasm). Daromadning bir tekisda o'zgarishi umumiy naflikni to'g'ri chiziq bo'yicha o'sishga olib keladi.


3. Tavakkalchilikka moyil bo'lgan inson, shunday inson hisoblanadiki, kutiladigan daromad berilganda u kafolatlangan natijaga ko'ra tavakkalchilik bilan bog'liq natijani ustun ko'radi.

8.2-rasm. Tavakkachilikka befarqlik.

Tavakkalchilikka qiziqadigan inson undan bahra oladi. Bunday turdagi insonlarga o'z taqdirini sinab ko'rishdan bahramand bo'lish uchun barqaror daromaddan voz kecha oladigan insonlar kiradi. Ular yutish ehtimoliga yuqori baho berib yuboradilar. Tavakkalchilikka moyillik grafigi keskin sur'atda ortib borayotgan parabola grafigi orqali ifodalanishi mumkin (8.3-rasm).



8.3-rasm. Tavakkalchilikka moyillik.

Hayotda va umuman barcha bozor sub'ektlari tavakkalchilikni e'tiborga oladi. Ko'chalardagi, bozorlardagi har xil firibgarlar tavakkalchilikka moyil insonlar hisobidan boylik orttirsa, sug'urta kompaniyalari tavakkalchilikka moyil bo'lmagan insonlarni yo'qotishlarini kamaytirishga xizmat qiladilar.




tải về 0.53 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương