Mavzu: Bozor va tavakkalchilik. Tavakkalchilikni aniqlash va kamaytirish yo'llari. Mundarija


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



tải về 0.53 Mb.
trang2/17
Chuyển đổi dữ liệu15.06.2024
Kích0.53 Mb.
#57941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Курс иши

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. - Respublikamizda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash hamda mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishni takomillashtirish, rivojlangan mamlakatlar qatori zamonaviy asbob uskunalar bilan ta′minlash va mahsulot raqobatbardishligiga erishish uchun uning sifatini oshirish jarayonida qo′l keladigan taklif va tavsiyalarni tahlil qilish va uni amalga qo′llay olish hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich aytganlaridek, “tadbirkorlik va ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, ularni zamonga mos holda diversifikatsiya va modernizatsiya qilish, ularning imkoniyatlardan to′la foydalanish xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi va shunda biz qurayotgan jamiyat o′z-o′zidan rivojlanish yo′liga qadam qo′yadi”
O‘tgan asrning oxirgi 10-yilida dunyo siyosiy xaritasida sodir bo‘lgan tub o‘zgarishlar, xususan, O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishib, bozor iqtisodiyoti tizimiga o'tishi natijasida xalqimizning iqtisodiy bilimlarga bo‘lgan qiziqishi keskin darajada ortib ketdi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekistonning kelajagi buyuk davlat ekanini har taraflama va ilmiy asoslab berdi. Shu bilan birgalikda buyuk kelajakni yaqinlashtirish, avvalambor, iqtisodiyotga, uning o‘sish sur'atlariga bog'liq ekani, Yurtboshimizning ko'pdan ko‘p chiqishlarida va asarlarida o‘z ifodasini topdi. Shu munosabat bilan jamiyat a'zolari, ayniqsa, yoshlarga iqtisodiy ta'lim berish, xususan, bozor iqtisodiyoti asoslarini o‘rgatish o‘ta dolzarb vazifaga aylandi. Bozor, pul, moliya, kredit, daromad, foyda, marketing, menejment kabi iqtisodiy tushunchalar kishi ongiga yoshligidan qanchalik singib borsa, uning iqtisodiy tafakkuri shuncha erta shakllanadi. Shuning uchun iqtisodiy savodxonlikni shakllantirish umumiy o'rta ta’lim maktablaridan boshlanib, o‘rta maxsus va kasbhunar ta'limi muassasalari (litsey va kollejlarda, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida yuqoriroq darajada davom ettirilishi kerak. Mana shunday uzluksiz iqtisodiy ta'lim yoshlarimizga davlatning tashqi va ichki siyosatini, mamlakatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlami va iqtisodiy taraqqiyotning jamiyat oldida turgan dolzarb muammolarini xolisona baholash uchun zarur bo'lgan bilimlarni beradi. Qolaversa, ularni jamiyatning iqtisodiy faol va tashabbuskor a'zolariga aylantiradi. Yoshlar zimmasida iqtisodiy bilimlarni o‘rganish, ularni kundalik hayotga tatbiq etish vazifasi yotar ekan, bu vazifani hal etish ko‘p jihatdan ularning kerakli o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganiga bog'liqligi o‘z-o‘zidan ayon. Shu nuqtayi nazardan qaraydigan bo'lsak, respublikada taniqli iqtisodchi olim-pedagog, professor Toshturg'un Ergashevning ..Bozor iqtisodiyoti“ o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi muassasalari uchun tayyorlangan bo‘lib, undan oliy o‘quv yurtlari talabalari va keng kitobxonlar ommasi ham foydalanishlari mumkin. Bozor iqtisodiyotining asosiy tushunchalari va kategoriyalari, uning nazariyasi va amaliyoti, mazkur tizimni hayotga tatbiq etishda O'zbekistondagi o‘ziga xosliklar, yangi sharoitda tadbirkorlik, marketing, menejment asoslari, bozor munosabatlari mexanizmi, iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli kabi muhim masalalar talabalar uchun tushunarli tilda bayon etilgan. Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov ma'naviy jihatdan mukammal insonni tarbiyalash, rnilliy uyg'onish g'oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri ekanini asoslab bergan. U vazifaning qo'yilishidan ko‘zlangan pirovard maqsad o'zining mustaqil iqtisodiy tafakkuriga va fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lgan, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'sha oladigan insonlarni tarbiyalashdir. Siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda shiddat bilan kechayotgan globallashuv (dunyoviylashuv) jarayonlari, tabiiyki, O‘zbekistonni ham o‘z domiga tortmoqda. Binobarin, bu jarayonlardan hech kim chetda qolib ketmaydi. Ayniqsa, bugungi yoshlar umid qilamizki, bugun Siz qo'lingizga olgan kitobda keltirilgan bilim va ma’lumotlar Sizni teran iqtisodiy tafakkurga ega bo'lgan, jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifalar va muammolarni hal etishda, respublika iqtisodiyotining globallashuv jarayonlarida faol qatnasha oluvchi inson sifatida shakllanishingiz uchun mustahkam zamin yaratadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 dekabr kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirdagi nutqida mamlakat boshlagan islohotlarni qat’iy davom ettirishini ma’lum qildi.
«Agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo‘lsak, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi bo‘lsak, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart. Yagona yo‘limiz shu. Bu — Asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo‘l yo‘q. Biz boshlagan islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz va ular albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yaxshi yashash uchun eng avvalo yaxshi mehnat qilish, huquq va erkinlik bilan birga javobgarlik va mas’uliyatni ham chuqur his etish zarurligini ta’kidladi. Yoshlarning ilmga intilishini kuchaytirish, tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy mamlakatlar bilan turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish bundan buyon ham islohotlar markazida bo‘lishini qayd etdi.

tải về 0.53 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương