Mavzu: Bozor va tavakkalchilik. Tavakkalchilikni aniqlash va kamaytirish yo'llari. Mundarija



tải về 0.53 Mb.
trang8/17
Chuyển đổi dữ liệu15.06.2024
Kích0.53 Mb.
#57941
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Курс иши

R=130*8 /100 = 10.4 %
Ma'lumki, kapitalning narxi xizmat qilish davrida undan olinadigan diskontirlangan daromadlarning yig'indisiga teng. Agar olinadigan daromadlar aniq bo'lsa ushbu narxni hisoblash mumkin. Agar kelajakdagi daromadlar noaniq bo'lsa, u holda tavakkalchilik bilan bog'liq bo'ladi.
Aktivlar - bu mablag' bo'lib, u o'z egasini to'g'ridan-to'g'ri to'lov (foyda, dividendlar, renta va boshqalar) va yashirin to'lov (firma qiymatining oshishi, ko'chmas mulkning oshishi, aktsiyalar va boshqalar) shaklidagi pul tushumlari bilan ta'minlaydi. SHuning uchun ham aktivlarning qaytim normasi (inflyatsiya hisobga olinmaganda) barcha pul tushumlarining sotib olingan aktiv narxiga nisbati bilan aniqlanadi:
R=D+(K1−K 0 ) P=D+DK P ,(1)
bu yerda R- qaytim normasi; D- dividend; DK=K1−K 0 - kapital ortimi; P- sotib olingan aktiv narxi.
Aktivlar ikki turga bo'linadi: tavakkalchilik bilan bog'liq bo'lgan aktivlar va tavakkalchilik bilan bog'liq bo'lmagan aktivlar. Birinchisini tavakkalchilik aktivi, ikkinchisi tavakkalchiliksiz aktiv deb qabul qilamiz. Tavakkalchiliksiz aktivlar degandaqiymati oldindan ma'lum bo'lgan pul tushumlarini beruvchi aktivlar tushuniladi. Tavakkalchilik aktivlari- bu shunday aktivlarki, ulardan tushadigan daromadlar qisman tasodiflar bilan bog'liq. SHuning uchun ham tavakkalchilik aktivlari narxi tavakkalchiliksiz aktivlar narxidan past bo'ladi.
Har bir kapital qo'yuvchi ikki variantdan birini tanlashi kerak bo'ladi: tavakkalchilik operatsiyalari bilan bog'liq bo'lganda yuqori foyda olish (bu yerda nafaqat olinadigan foydadan, balki qo'yilgan kapitaldan ham ajralish xavfi bor), yoki tavakkalchiliksiz operatsiyalar bilan bog'liq variantni tanlab past foyda olishga rozi bo'lish. O'zbekistonda davlat zayomlarini sotib olish tavakkalchiliksiz operatsiya hisoblanadi.
Tavakkalchilikka har xil munosabatda bo'lgan ikki kishining mablag' quyishini ko'rib chiqaylik. Birinchi kishini A deb, ikkinchi kishini Bdeb belgilaylik. A shaxs tavakkalchilikka borishga moyil emas, shuning uchun ham u kamroq, lekin barqaror foyda beradigan davlat zayomini sotib olishga qaror qiladi.B shaxs tavakkalchilikka moyil bo'lgani uchun muvaffaqiyatli ishlayotgan kompaniyaning aktsiyasini sotib oladi.
Ularning olishi mumkin bo'lgan foyda va tavakkalchilik 8.6-rasmda keltirilgan. A shaxs tavakkalchilikka moyil bo'lmagani uchun, uning befarqlik egri chizig'i UA byudjet chizig'ini E Anuqtada kesib o'tadi. A shaxs kichik sA tavakkalchilik bilan bog'liq kutiladigan kamroq RA foyda olishi mumkin. B shaxs esa yuqori tavakkalchilik bilan bog'liq (sB) kutiladigan yuqori RB foydani olishi mumkin.



tải về 0.53 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương