Mavzu: Bozor va tavakkalchilik. Tavakkalchilikni aniqlash va kamaytirish yo'llari. Mundarija



tải về 0.53 Mb.
trang11/17
Chuyển đổi dữ liệu15.06.2024
Kích0.53 Mb.
#57941
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Курс иши

2.2. Asimmetrik axborotlashgan bozor.
“Men sen bilmaydigan bir narsani bilaman”. Bu bolalar orasida juda mashxur hazil, shu bilan birga uning tagida odamlar ba’zida o‘zaro qanday muomalada bo‘lishlarini ko‘rsatuvchi haqiqat bor. Hayotda ko‘pincha bir odam atrofda nima bo‘layotganini boshqasidan ko‘ra ko‘proq biladi. Hozirgi hodisaga ta’lluqli bo‘lgan turlicha bilimlar farqi axborot assimetriasi deyiladi.
Misollar. Ishchi o‘z ish beruvchisiga qaraganda o‘z ishiga qancha kuch ketishini ko‘proq biladi. Ishlatilgan mashina egasi xaridorga qaraganda mashinaning holati haqida ko‘proq ma’lumotga ega. Birinchisi yashirin faoliyatga misol bo‘lsa, ikkinchisi yashirin tavsifga misol bo‘la oladi. Ikkala holatda ham ma’lumotga ega bo‘lmagan taraf (ish beruvchi, xaridor) haqiqiy ma’lumotni bilmoqchi, lekin unga ega bo‘lgan taraf (ishchi va sotuvchi) ataylab haqiqatning bir qismini berkitishi mumkin.
Assimetrik axborot juda keng tarqalgani sababli iqtisodchilar yaqin o‘n yilliklarda uning ta’sirini o‘rganish uchun juda ko‘p kuch sarflashdi. Asimmetrik axborot - bu shunday holatki, bozordagi bozor sub'ektlari o'rtasida bo'ladigan savdo-sotiqda ularning bir qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismi esa ega emas.
Bozordagi tovarlarni taqsimlanishi optimal bo'lishi tovarlar narxi va tovar to'g'risida qanchalik to'g'ri axborot berishi bilan bog'liq. Raqobatlashgan bozorni qaraganimizda biz axborotni simmetrik ravishda taqsimlangan, ya'ni sotuvchilar va sotib oluvchilar axborot bilan to'liq ta'minlangan, deb faraz qilgan edik. Bunday holatda narxlar sotiladigan ne'matlarning alternativ xarajatlari to'g'risida to'liq axborot beradi. Aniq va to'liq axborotning bo'lishi bozordagi ne'matlarning optimal taqsimlanishiga yordam beradi. Lekin, bozorda ahvol butunlay boshqacha. Sotuvchilar o'z tovarlari sifatini yaxshi bilsada, ushbu axborotni xaridordan yashiradi. Xuddi shunday xaridorlar ham o'zlarining bozordagi hatti-harakatlarini yashirib, har xil yo'l bilan savdo-sotiqda bir tomonlama yutuqqa erishishga harakat qiladi. Bozor narxi o'zida juda ko'p axbortni mujassamlashtiradi. Ushbu axborotni bozor qatnashchilari qancha to'liq bilsa, savdo-sotiq ikki tomon uchun shuncha samarali bo'ladi, ya'ni ikki tomon ham maksimal foyda ko'radi. Yuqoridagidan kelib chiqib aytish mumkinki, bozorda axborotlar asimmetrik (to'liq) bo'lmaganligi uchun bozor mexanizmi ham yetarli darajada mukammal emas.
Haqiqatdan 2001-yil iqtisod sohasida Nobel mukofoti sovrindorlari bo‘lgan uchta iqtisodchi (Jorj Akerlof, Maykl Spens va Jo‘zef Stiglitz) larga aynan shu yo‘nalishdagi ilk qadamlari uchun ushbu mukofot berilgan. Keling bu izlanishlar ochib bergan ba’zi tushunchalarni ko‘rib chiqamiz.
Yashirin faoliyat: prinsipal-agent, agent va ma’naviy tavakkalchilik.
Ma’naviy tavakkalchilik bu muammo bo‘lib, u agent deb atalgan bir shaxs prinsipal-agent deb atalgan boshqa bir shaxsning topshirig`ini bajarishda vujudga keladi. Agar prinsipal-agent agentning xatti-harakatini to‘liq nazorat qila olmasa, u holda agent prinsipal-agent o‘ylaganidan ko‘ra kamroq samara bilan ishlaydi. Ma’naviy tavakkalchilik bu tavakkal yoki “havf” bo‘lib, unda agent noto‘g`ri yoki ahloqsiz xatti-harakat qiladi. Bunday holatlarda prinsipal-agent koproq ma’suliyat bilan ishga yondashishi uchun har xil rag‘batlantirishlardan foydalanadi.
Ish bilan bandlik munosabatlari klassik misoldir. Prinsipal-agent bu ish beruvchi, agent bu ishchi. Ahloqiy havf muammosi - bu yaxshi nazorat ostida bo‘lmagan ishchining o‘z javobgarligidagi ishdan qochishi. Ish beruvchilar bunga turlicha javob qaytarishlari mumkin:
Yaxshiroq nazorat qilish. Ota onalar yonlangan enagalarni ular yo‘qligida bolalariga munosabatini ko‘rish uchun uyga yashirin kameralar o‘rnatishadi. Maqsad ma’suliyatsiz munosabatni tutish.
Yuqori darajadagi oylik. Ish haqi samaradorligi nazariyasiga ko‘ra, ba’zi ish beruvchilar o‘z ishchilariga oylikni mehnat bozoridagi narxdan yuqoriroq to‘lashni afzal deb bilishadi. Oddiy darajadan yuqoriroq oylik oladigan ishchi o‘z ishidan noto‘g‘ri yo‘lda foydalanishi kamroq ehtimolda, chunki agar u qo‘lga tushsa va haydalsa u qayta bunday oylik to‘lanadigan joy topa olmasligi mumkun.
Ish beruvchi ahloqiy havfni kamaytirish uchun ushbu yo‘llardan istaganini tanlashi mumkin.
Mahsulot sifati noaniqligi. Avtomobil va sug‘urta bozoridagi assimetrik axborot. Faraz qilaylik, bozorda foydalanilgan avtomobillar sotiladi. Mashinaning holati (sifati) o‘rtacha holatdan yuqori bo‘lsa yaxshi avtomobil, past bo‘lsa - yomon avtomobil (ushbu masalani 1970-yilda birinchi bo‘lib amerikalik olim A.Akerlof o‘rgangan). Yaxshi avtomobillarning narxi 3000 doll. Agar bozorda ikkala kategoriyadagi avtomobillar soni bir-biriga teng bo‘lsa, avtomobilning o‘rtacha narxi 2000 doll. bo‘ladi. Ushbu holatda yaxshi avtomobilni ham, yomon avtomobilni ham sotib olish ehtimoli 50 foizga teng.
Biroq sotuvchilar o‘zlarining avtomobili sifatini yaxshiroq biladi, xaridorlar bunday axborotga ega emaslar. Yaxshi mashina sotuvchilarni 2000 doll. narx qanoatlantirmaydi. Yomon mashina sotuvchilarni esa 2000 doll. narx qanoatlantiradi va bu narx ular kutgan narxdan ancha yuqori.

Bozorda asimmetrik axborot bo‘lgan sharoitda avtomobil bozoridagi narx avtomobil sifati to‘g‘risida to‘liq axborotni bermaydi, natijada bozordagi savdo-sotiqlarning noratsional bo‘lishiga olib keladi. Yaxshi avtomobil egalari o‘z avtomobillarini 2000 doll.da sotishdan voz kechadilar. Oqibatda yaxshi avtomobillar taklifi kamayadi. Yomon avtomobillar narxi yuqori bo‘lgani uchun, ularning taklifi oshadi. Bunday holatda yaxshi avtomobil olish ehtimoli 50 foizdan nolga tushib ketadi.





tải về 0.53 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương