Mavzu: Bozor va tavakkalchilik. Tavakkalchilikni aniqlash va kamaytirish yo'llari. Mundarija



tải về 0.53 Mb.
trang12/17
Chuyển đổi dữ liệu15.06.2024
Kích0.53 Mb.
#57941
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Курс иши

Sug'urtalash bozori.
Sug'urtalash bozorida ham avtomobillar bozoridagi holatni kuzatish mumkin. Sug'urta qilinadigan shaxs o'zining sug'urta ob'ekti to'g'risida sug'urtalovchiga qaraganda ko'proq axborotga ega. Shuning uchun ham, bu yerda zaifroq, sog'lig'i yaxshi bo'lmagan shaxslar ko'proq sug'urta kompaniyasi xizmatidan foydalanishga harakat qiladilar. Ushbu holat sug'urta kompaniyalarini sug'urta narxini oshishiga olib keladi va yuqori sug'urta narxi o'z navbatida sog'ligi yaxshi bo'lgan shaxslarni sug'urtalashga bormasligini kuchaytiradi.
Ma'naviy tavakkalchilik (yo'qotish) - yo'qotishlar sug'urta kompaniyasi tomonidan to'liq qoplanishiga ishonib vujudga kelishi mumkin bo'lgan yo'qotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirishga intiluvchi shaxslarning hatti- harakati.
Insonlar o'z hayotini, mulkini sug'urtalagandan keyin, o'zining hayotiga, mulkining saqlanishiga ko'pincha befarq qaray boshlaydilar. Ular sug'urtalashgacha qilinadigan ehtiyot-choralarni bajarmay qo'yadilar. Bunday holat tavakkalchilikni kuchaytiradi va inson o'zini sug'urta qilgan voqea- hodisalarning sodir bo'lish ehtimolini oshishiga olib keladi.
Ba'zi bir nopok insonlar yuqori sug'urta haqi olish maqsadida, ongli ravishda o'zining eski uyini yoqadi, mulkini yaroqsiz holatga keltiradi va hatto o'z qarindoshlarini o'ldirishgacha boradilar.
Ma'naviy yo'qotishlarni quyidagi yo'llar orqali kamaytirish mumkin:
1. sug'urtalanadigan shaxslarni yaxshiroq tekshirish, mijozlarni yo'qotishlari bo'yicha klassifikatsiya qilish asosida sug'urta badalini differentsiatsiyalash (ya'ni, yo'qotishi yuqori bo'lgan shaxs uchun yuqori sug'urta badali belgilash)
2. yuqori yo'qotishga ega bo'ladigan shaxslar bilan sug'urta shartnomasini tuzmaslik (narkomanlar, spirtli ichimlik ichib avtomobil haydaydigan shaxslar);
3.yo'qotishni qisman qoplash sharti bilan sug'urtalash.
2.2. Bozordagi asimmetrik axborotlarni yo'qotish yo'llari.


Bozor signallari.
Bozorda sotiladigan tovar to'g'risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi to'g'risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro'i, tovar sifati va kafolati to'g'risidagi axborotlar bozor signallari bo'lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. Masalan, siz sotib olmoqchi bo'lgan tovar siz bilgan, sifatli mahsulot ishlab chiqaradigan firmaning mahsuloti bo'lsa, siz mahsulotni yo'qotishsiz sotib olasiz. Firmalar xaridorlar ularda yaxshi sifatdagi mahsulot borligini bilishi uchun reklamaga mablag‘ sarflashlari mumkin. 20 – bo‘limda ko‘rganimizdek, talabalar ishga oluvchilar ularning bilimlari yetarli darajada ekanligini bilishlari uchun oliy o‘quv dargohlari diplomini olishlari mumkin. Bilimning signal nazariyasi odam kapitali nazariyasidan farq qiladi. Odam kapitali nazariyasida diplom mavjudligi odamning qobiliyatlari mavjudligidan emas, balki ish mahsulligini ko‘rsatadi. Signal qilishning bu ikki misoli umuman turlicha ko‘rinishi mumkin, biroq tashqi ko‘rinish ostida ular deyarli bir xil: ikkala misolda ham habardor taraf (firma, talaba), xabardor bo‘lmagan tarafga (xaridor, ishga oluvchi) signal orqali ular yaxshi sifatli narsani taklif qilayotganlari haqida xabar berishmoqda.
Biror bir harakat yaxshi signalga aylanishi uchun nima kerak bo‘ladi? U qimmatga tushishi ravshan. Agar signal tekin bo‘lganida hamma undan foydalanar va u hech qanday ma’lumotni uzatmas edi. Huddi shu sababga boshqa bir talab bor: yuqoriroq sifatli mahsuloti bo‘lgan odamga signal kam xarajatli yoki yuqori foydali bo‘lishi kerak. O‘zga holda barcha signalni ishlatishni xohlab qoladi va u hech narsani bildirmay qo‘yadi.
Yuqoridagi ikki misolimizni yana bir bor ko‘rib chiqamiz. Reklama holatida, sifatli mahsuloti bo‘lgan firma reklamaga pul ketkazib yanada ko‘proq daromad ko‘radi chunki mahsulotni bir bor ishlatib ko‘rgan iste’molchi uni yana sotib olishi ehtimoli yuqoriroq. Shuning uchun yaxshi mahsulotga ega firmaga signal(reklama) uchun mablag‘ sarflash foyda, iste’molchiga esa signalni mahsulotni sifati haqida habar beruvchi ma’lumot sifatida qarash foyda desak bo‘ladi. Ta’lim misoliga kelsak, iqtidori bor odam maktabni bitirishi osonroq, iqtidorsiz odamga qaraganda. Shunday ekan shaxsga signalning (ta’lim) narxini to‘lash, ishga oluvchiga esa bu signalga shaxsning qobiliyatlari haqida ma’lumot sifatida qabul qilish to‘g‘ri bo‘ladi.
Dunyo signallarga to‘lib ketgan. Jurnallardagi reklamalarda ba’zida “televizorda ko‘rganingizdek” yozuvi bo‘ladi. Nega jurnalda reklamasi bor firma bu faktga urg‘u bermoqchi bo‘ladi? Bunga sabab korxona qimmat signaldan (televizordan) foydalanayotgani sizga uning mahsuloti yuqori sifatli ekanligidan darak bermoqchiligidadir. Xuddi shu sababga ko‘ra, nufuzli maktablarni bitirganlar bu faktni o‘z rezumelarida aks ettirishadi.
Sovg‘alar signallar o‘rniga
Bir bola o‘z yoqtirgan qiziga qanday sovg‘a olishni o‘ylayapti. “Bilaman” deydi u o‘ziga, “ men unga naqd pul beraman. Uning didini o‘zichalik yaxshi bilmayman. Pulga esa o‘zi xohlagan narsani sotib oladi”. Lekin u pulni berganida qiz xafa bo‘ladi. U meni sevmas ekan deb o‘ylab, munosabatlarni tugatadi.
Bu voqea orqasidagi iqtisod qanday?
O‘ylab qarasak, sovg‘a berish bu g‘alati odat. Misolimizdagi yigit aytganidek odamlar o‘z didlarini boshqalarnikiga qaraganda yaxshiroq biladilar, shuning uchun biz hammani pulni sovg‘aning bir shakli deb qabul qilishini kutishimiz mumkin. Agar sizning ish beruvchingiz oyligingizni tovarlar shaklida berganida siz bunga qarshi chiqardingiz. Lekin sizning reaksiyangiz sizni (umid qilganingizdek) sevuchi odam shunday qilsa umuman boshqacha bo‘ladi.

Sovg‘a berishning bir talqini u o‘zida asimmetrik ma’lumot va signalni saqlaganligidadir. Misolimizdagi yigitning qiz bilmoqchi bo‘lgan shaxsiy ma’lumoti bor: Haqiqatdan ham u qizni sevadimi? Qiz uchun yaxshi sovg‘a tanlashi bu uning signali. Sovg‘a tanlash pul bergandan ko‘ra signal bo‘lish uchun to‘g‘riroq xarakteristikalarga egaligi aniq. U qimmat (vaqt oladi), va uning narxi shaxsiy ma’lumotga asoslangan(qanchalik sevishi). Agar yigit haqiqatdan ham qizni sevsa to‘g‘ri sovg‘a tanlash oson bo‘ladi, chunki u qiz haqida ko‘p o‘ylaydi. Agar uni sevmasa to‘g‘ri sovg‘a tanlash qiyinroq bo‘ladi. Shunday qilib to‘g‘ri sovg‘a tanlash uning sevgisi haqidagi shaxsiy ma’lumotini izhor etishning bir yo‘li. Pul berish esa u hatto sovg‘a tanlashga harakat qilmaganini ko‘rsatadi.


Signal nazariyasining sovg‘a berish bilan bog‘liqligining yana bir kuzatuvi mavjud: Odamlar ta’sir kuchi muhim bo‘lgan odatlar haqida ko‘proq qayg‘urishadi. Shunday ekan, yigit yoki qizga pul berish odatda nomaqul harakat. Lekin kollej o‘quvchilari ota onalaridan chek olganlarida ular kamdan-kam xafa bo‘lishadi. Ota-ona muhabbati shubhada bo‘lishi mumkin emas, shuning uchun qabul qiluvchi pulni e’tiborsizlik signali deb qabul qilmaydi.
Ma’lumotni aniqlash uchun tekshirish
Xabardor taraf o‘z ma’lumotini oshkor etish uchun qilgan harakati signal berish deyiladi. Xabari yo‘q bo‘lgan taraf esa ma’lumotni bilish uchun qilgan harakati tekhirish deyiladi.
Ba’zida tekhirish bu oddiy holat. Ishlatilgan mashinani sotib olayotgan shaxs uni avtomexanik tomonidan tekshirib ko‘rilishini so‘rashi mumkin. Bu talabni rad etgan sotuvchi o‘z shaxsiy ma’lumoti, ya’ni uning mashinasi limon ekanligini oshkor etib qo‘yadi. Xaridor narxni tushirishni so‘rashi yoki boshqa mashinani ko‘rishni afzal deb bilishi mumkin.
Tekshirishning boshqa misollari nozikroq. Misol uchun, avtomobil sug‘urtasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotni ko‘raylik. Tashkilot ehtiyotkor haydovchilar uchun past narxdagi badal va tavakkal haydovchilar uchun yuqori badal narxlarini o‘rnatishni xoxlaydi. Lekin ularni qanday ajratish mumkin? Haydovchilar ular ehtiyotkor yoki tavakkal xaydovchiliglarini bilishadi, lekin tavakkallari buni tan olishmaydi. Haydovchining tarixi bu birqancha ma’lumot (sug‘urta kompanialari undan foydalanishadi) lekin avariyalarning tasodifiy sodir bo‘lishini hisobga olgan holda xaydovchining tarixi kelajakdagi xatarlardan xabar beruvchi yaxshi indikator emas.
Sug‘urta kompaniyasi ikki xil toifadagi haydovchilarni ikki xil sug‘urta shartlarini o‘rnatib, xaydovchilarni o‘zini-o‘zi ajratishiga undashi mumkin. Birinchi sug‘urta shartlari yuqori badalli bo‘ladi lekin u avariyadan ko‘rilgan zararni to‘liq qoplab beradi. Boshqa sug‘urta shartlari esa past narxdagi badalga ega bo‘ladi lekin misol uchun $1000 franshizaga ega bo‘ladi.(bu degani haydovchi zararning birinchi $1000 ni to‘lashi kerak bo‘ladi, tashkilot esa qolgan zararni to‘lab beradi) E’tibor bering, franshiza tavakkalchi haydovchilar uchun ortiqcha tashvish bo‘ladi, chunki ularning avariyaga uchrash ehtimoli kattaroq.
Shunday ekan yetarlicha yuqori franshiza bor, biroq past narxdagi badali bo‘lgan sug‘urta ehtiyotkor haydovchilarni, franshiza bo‘lmagan, lekin yuqori narxdagi badali bo‘lgan sug‘urta tavakkal haydovchilarni qiziqtiradi. Bu ikki sug‘urta shartlarini ko‘rib chiqib ikki toifadagi haydovchilar o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini qaror qabul qilib oshkor etadilar.
Axborot assimetriyasi va ijtimoiy siyosat
Biz ikki turdagi axborot assimetriyasini ko‘rib chiqdik: ahloqiy xavf va zararli tanlov. Biz odamlarni tekhirish va signal berish muammolarida qay tarzda o‘zini tutushini ko‘rib chiqdik. Endi, assimetrik ma’lumotni o‘rganish bizga ijtimoiy siyosatni olib borishda qanday yordam berishini ko‘rib chiqaylik.
Bozorning yutuq sari borishi va muvaffaqiyatsizlikka erishishi orasidagi keskinliklar mikroiqtisodiyotning asosiy mavzusidir. 7-bo‘limda aytib o‘tilganidek, talab va taklifning tenglik nuqtasi samaradorligi uning jamiyat olishi mumkin bo‘lgan bozordagi jami ortiqlikni(taklifning talabdan ortishi) ko‘paytirib beradi. Adam Smitning ko‘rinmas qo‘li to‘liq o‘z ishini qilayotganday ko‘rinadi. Bu xulosa, tashqi ta’sir (10 bo‘lim) ijtimoiy xom ashyolar (11 bo‘lim), nomukammal bozor raqobatdoshligi (15-17 bo‘limlar), va qashshoqlik (20 bo‘lim) kabi vaziyatlarning tasirini o‘rganib chiqilganidan so‘ng yo‘qqa chiqarildi. Bu kabi hodisalar, hukumatni ba’zida bozorning ahvolini yaxshilay olishini ko‘rsatadi.
Assimetrik ma’lumotni o‘rganib chiqish, bizga bozordagi hodisalardan ogoh bo‘lishga yangi sabab beradi. Ba’zi odamlarning boshqalarga nisbatan bozor haqida ko‘proq bilishi tovar aylanishini yomonlashtirishi mumkin. Masalan, sifati yaxshi bo‘lgan haydalgan mashina sotuvchilari haridorlarning yomon mol olib qo‘yish qorquvidan mashinasini sotishi qiyin bo‘ladi. Yoki, Sug‘urta kompaniyalarining jiddiy bo‘lmagan va jiddiy kasalligi bor odamlar bilan birga ishlashi jiddiy kasal bo‘lmagan odamlarga past narxdagi sog‘lik sug‘urtasini olish muammo bo‘ladi.
Ya’na, ba’zi vaziyatlarda assimetrik ma’lumot hukumatning aralashishiga ham olib keladi, va 3 ta fakt bu muammoni yanada chigallashtiradi. Birinchisi, yuqorida aytib o‘tilganiday, shaxsiy sektorni assimetrik ma’lumotni o‘zining shaxsiy tekhirish va signal berish yo‘llari bilan hal etishi mumkin. Ikkinchisi, hukumat kamdan-kam holatlarda shaxsiy guruhlardan ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham assimetrik muammo paydo bo‘lganida siyosatchilar natijaning noaniqligi sababli bozorni ahvolini yaxshilashda qiynalishadi. Uchinchidan esa, hukumatning o‘zi nomukammal institutdir, bu haqida esa kelgusi mavzularda aytib o‘tiladi.



tải về 0.53 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương