3. Kadrlar bo’limida xodimlarga ta’til hisoblash



tải về 0.93 Mb.
trang1/13
Chuyển đổi dữ liệu27.04.2024
Kích0.93 Mb.
#57383
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
9-1 mahzuna.212121
Blockchain Technology

MUNDARIJA.
Kirish………………………………………………………………………….1
1.Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limida ish jarayonlari…………………………………………………………
2.Kadrlar bo’limida xodimlar bilan ishlash…………………………………………………………………………………
3.Kadrlar bo’limida xodimlarga ta’til hisoblash………………………………………………………………………….
4.Ish haqini UZASBO.UZ dasturi orqali shakllantirish………………………………………………………………..
5.Tovar moddiy boyliklarini tarqatish va saqlash………………………………………………………………………………………………………………………………………….
Xulosa……………………………………………………………………………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………………………………………………………….


Kirish

O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili O‘zbekiston Respublikasida 700 mingdan ortiq bola tug‘iladi, bu esa maktabgacha ta’lim muassasalariga tushadigan yukni oshiradi.
Chunonchi, maktabgacha ta’lim muassasalariga tushadigan umumiy ortiqcha yuk respublika bo‘yicha 12 foizni tashkil qilsa, uning eng yuqori darajasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida (21 foiz), Jizzax (35 foiz) va Buxoro (21 foiz) viloyatlarida, eng past darajasi esa Surxondaryo (9 foiz) va Farg‘ona (9 foiz) viloyatlarida, shuningdek Toshkent shahrida (6 foiz) kuzatilmoqda.
Umuman, mamlakat bo‘yicha 3 — 7 yoshdagi har 100 nafar bolaga maktabgacha ta’lim muassasalarida 28,1 ta joy to‘g‘ri keladi.
So‘nggi 20 yil ichida maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodga qisqargan. Bunday qisqarish ko‘proq Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari kabi tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda kuzatildi. Bugungi kunda O‘zbekistondagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarining 55 foizdan ortig‘i Toshkent shahriga (14,8 foiz), Farg‘ona (12,6 foiz), Toshkent (9,8 foiz), Namangan (9 foiz) va Samarqand (8,9 foiz) viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini muvaffaqiyatli yuritishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, ular qatorida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
maktabgacha yoshdagi bolalarning to‘liq qamrab olinishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasalari sonining yetarli emasligi;
qishloq joylarda maktabgacha ta’limning past darajada rivojlanganligi;
maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik holati lozim darajada emasligi;
maktabgacha ta’lim muassasalarining malakali pedagog adrlar bilan jamlanmaganligi;
maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv kadrlarining tanqisligi va ular malakasining pastligi;
ota-onalarning bola shaxsining shakllanishida maktabgacha ta’limning ijobiy jihatlari va foydasi haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasligi;
zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va ko‘rgazmali qurollarning yetishmasligi;
alohida ehtiyojli bolalar uchun mavjud maktabgacha ta’lim muassasalarining texnik jihozlanishi va uslubiy ta’minoti darajasining pastligi;
maktabgacha ta’lim muassasalarida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va tibbiyot xodimlarining malakasi zamon talablariga to‘liq javob bermasligi.
Ushbu Konsepsiyaning maqsadi bola hayoti va faoliyatining barcha sohalarini rivojlantirishni ta’minlovchi muhim manba bo‘lgan sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardir:
maktabgacha ta’lim sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish;
maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirishning shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tizimiga xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni sog‘lom va balanslashtirilgan oziq-ovqat, sifatli tibbiy parvarish bilan ta’minlash.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko‘rib chiqishni hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi.










Начало формы

tải về 0.93 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương