3. Kadrlar bo’limida xodimlarga ta’til hisoblash


Oliy ta’limdan keyingi ta’lim



tải về 0.93 Mb.
trang7/13
Chuyển đổi dữ liệu27.04.2024
Kích0.93 Mb.
#57383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
9-1 mahzuna.212121
Blockchain Technology

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim


Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.


















2.Kadrlar bo’limida xodimlar bilan ishlash.

Davlat tashkilotlarining shtat tuzilmalari, ish jadvali, kadrlar zaxirasi, mukofotlar, xizmat safarlari xarajatlari va boshqalardan iborat hrm.argos.uz platformasi yaratildi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi platforma yordamida kadrlar bilan ishlash tizimini to‘liq raqamlashtirishni ko‘zlamoqda.


O‘zbekistonda davlat tashkilotlarining ish faoliyatini raqamlashtirish maqsadida hrm.argos.uz platformasi ishlab chiqildi. Mazkur platforma orqali kadrlar bilan ishlash tizimi to‘liq raqamlashtiriladi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.
Platformaning asosiy modullari beshta:

  • «Tashkiliy-shtat tuzilmasi» — shtat lavozimlari, shtat jadvali, xodimlarning taqsimlanishi, tashkiliy tuzilmalar;

  • «Xodimlar hisobi» — xodimlar ro‘yxati, xizmat safarlari, kasallik varaqalari, ta’tillar;

  • «Hujjatlar» — buyruqlar, lavozim yo‘riqnomalari, arizalar shakllari, Nizomlar, yangi xodimlar uchun hujjatlar, ma’lumotnomalar (spravkalar), obyektivkalar va T2-shakl va h.k.

  • «Ish vaqti hisobi» — ish vaqtini rejalashtirish, davomat, ish vaqti hisobi tabeli;

  • «Xodimlarni rejalashtirish» — vakansiyalar, kadrlar zaxirasi, mukofotlar, malaka oshirish, jazolar.

Shuningdek, platformada quyidagi tizimlar mavjud:

  • «Hisobotlar» quyi tizimi;

  • «Ma’lumotlarni saqlash» quyi tizimi;

  • «Ma’murlash» quyi tizimi;

  • «Foydalanuvchilarning yagona reyestri» (MC-KADR.ID) quyi tizimi;

  • «Ma’lumotnomalar» (MC-KADR.REGISTRY) quyi tizimi.

Shu bilan birga, doimiy ravishda kadrlar bo‘linmalari rahbarlarining malakasini oshirishga qaratilgan maxsus kurslar tashkil etiladi. Maxsus kurslar yakunida davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini monitoring va tahlil qilish hamda ushbu sohadagi muammolar va tahdidlarning oldini olish, ochiqlik, professionallik va hisobdorlik tamoyillariga asoslangan xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish amaliyoti joriy etildi.
Bu esa davlat fuqarolik xizmatining o‘sish nuqtalarini belgilash, sohani yanada rivojlantirish hamda sifat ko‘rsatkichlarining oshishiga xizmat qilmoqda.
Endilikda Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy apparat kompleksiga kiritilayotgan ma’lumotlar to‘liqligini ta’minlash, vakant lavozimlarni e’lon qilishdan tortib, tanlov o‘tkazish va ishga qabul qilish natijalari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq elektron tarzda Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz orqali amalga oshirishga qat’iy rioya etish talab etiladi.
Shuningdek, kadrlarni boshqarish, baholash, masofaviy o‘qitish va rivojlantirish jarayonlarini davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot tahlil tizimi tarkibidagi platformalari yanada takomillashtiriladi.

tải về 0.93 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương