3. Kadrlar bo’limida xodimlarga ta’til hisoblash



tải về 0.93 Mb.
trang5/13
Chuyển đổi dữ liệu27.04.2024
Kích0.93 Mb.
#57383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
9-1 mahzuna.212121
Blockchain Technology

O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Aynan maktab ta’limining sifati va qulayligi davlatning rivojlanish istiqbollarini aks ettirib, yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun zamin yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida maktab ishlari davlat nazoratida ekanligi bejiz ta’kidlanmagan.


Bugungi kunda O‘zbekistonda 10130 ta umumta’lim maktabi mavjud bo‘lib, ularning 2730 tasi shaharlarda, 7408 tasi esa qishloqlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Maktablarda 6246491 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
Xalq ta’limi tizimida bag‘rikenglik va insonparvarlik tamoyillari inobatga olingan. Ma’lumki, O‘zbekiston ko‘p millatli mamlakat sanaladi. Shuning uchun maktablarda ta’lim yetti tilda olib boriladi. Xususan, o‘zbek tilida ta’lim beradigan maktablar bilan bir qatorda(8227 ta) 245 ta qoraqalpoq, 143 ta qozoq, 92 ta tojik, 88 ta rus, 23 ta turkman, shuningdek, 21 ta qirg‘iz tilida ta’lim beradigan maktablar mavjud.
Maktablarda jami 502867 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsa­tib, shundan 343961 nafarini ayollar, qolgan 158726 nafari erkakdir.
Maktab o‘qituvchilarining 26929 nafari oliy, 74703 nafari birinchi, 118478 nafari ikkinchi toifaga ega bo‘lib, 282577 nafar o‘qituvchilar tegishli toifalarga ega emas.
Mamlakatimizda iqtidorli bolalarni aniqlash, o‘qitish va tarbiyalash, ularni yanada qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ma’naviy boy va intellektual rivojlangan avlodni shakllantirish maqsadida 2019-yili xorijiy ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ta’lim jarayoni ingliz tilida olib boriluvchi Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan, bu esa ta’lim sifatining ilg‘or andozalari qo‘llanila­yotganidan dalolat bermoqda.
Maktab ta’limi, ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash, shu­ningdek, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish imkoniyatlarini yaratish sohasida muhim voqealardan biri bu ijodiy va ixtisos­lashtirilgan maktablarning tashkil etilishi bo‘ldi.
So‘nggi besh yil davomida xalq ta’limi tizimini takomillashtirishning huquqiy asoslari yaratildi. Xususan, “Ta’lim to‘g‘risida” qonunning yangi tahriri qabul qilindi, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Maktab ta’limini rivojlantirish sohasida bevosita 17 ta hujjat, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 ta hujjati qabul qilindi.
Umuman, ta’lim sohasida mavjud yutuqlarga qaramasdan, xalq ta’limida bir qator muammolar mavjud. Ayniqsa, hozirgi axborot asrida deyarli muntazam ravishda ijtimoiy tarmoq­larda maktablardagi ta’lim muammolari haqida xabarlar yoki materiallarni uchratish mumkin. Ular orasida vaqtinchalik tusga ega(masofaviy ta’limga o‘tish, qonunchilikdagi o‘zga­rishlar) hamda tizimli(jamiyatda o‘qituvchilarga munosabat, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar) muammolar mavjud. Misol uchun, https://www.uzedu.uz/uz/tankidlarga-munosabat – 2021-havolasi orqali O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimidagi tanqidlar va ularga Xalq ta’limi vazirligining javob­lari bilan tanishish mumkin. Vazirlik tomonidan qo‘yilgan bunday qadam juda muhim, ammo amalga oshirilayotgan muloqot ta’lim sifatining pasayishiga olib keladigan sabab va sharoitlarni yo‘q qilishga qaratilgan bo‘lishi bundan ham muhimdir.
Ta’limdagi muammolar davlatning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shu munosabat bilan joriy yilning 28-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Davlatimiz rahbari darajasida maktab ta’limi sohasidagi muammolar va dolzarb masalalar qayd etildi, qator takliflar ilgari surildi. Albatta, bunday g‘amxo‘rlik maktab ta’limining ustuvorligidan dalolat beradi. Biroq maktab ta’limi muammolari tizimli va mustaqil tarzda hal qilinishi kerak. Muammolar chetdan turib hal qilinadi, deb o‘ylash xatodir, shuning uchun xalq ta’limi sohasidagi davlat siyosatida ishtirok etadigan barcha davlat organlaridan tashabbuskorlik talab etiladi.
Ta’limning asosiy muammolari va uning sifati tushib ketishining sabablari:
1. O‘qituvchilar va jamoatchilik o‘rtasidagi munosabatlardagi muammolar. Hech kimga sir emaski, yaqin vaqtgacha o‘qituvchilar faoliyatida darslarni yuqori sifatda o‘tkazishga va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga to‘sqinlik qiladigan bir qator obyektiv muammolar mavjud bo‘lgan. Paxta terimiga va boshqa tadbirlarga ommaviy jalb qilish, turli hisobotlarni tayyorlash bilan bog‘liq byurokratik to‘siqlar oxir-oqibat o‘qituvchilarni ta’limga aloqasi bo‘lmagan turli ikkinchi darajali vazifalarni bajaruvchi oddiy ijrochilarga aylantirdi. Rahbariyat tomonidan xalq ta’limi tizimida olib borilayotgan islohotlar tufayli bu muammolarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Biroq, hozirgacha erishilgan natijalardan ko‘ngil to‘lmaydi. Afsuski, ayrim amaldorlarning o‘qituvchilarga nisbatan hurmatsizlik munosabati hamon davom etmoqda. Xususan, joriy yilning fevral oyida Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktablardan birining o‘qituvchilari bilan bo‘lgan voqea aks etgan video internetning milliy segmenti foydalanuvchilari orasida juda salbiy taassurotlarga sabab bo‘ldi. Videoda direktor va o‘qituvchilar ta’lim sifati hamda bitiruvchilarni universitetlarga qabul qilish ko‘rsatkichlari pastligi uchun ota-onalaridan uzr so‘rashga majburlanganligi aks ettirilgan. O‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini bunday kamsitish maktabda nosog‘lom muhitni yaratadi. Oqibatda o‘qituvchilar barcha muammolar va muvaffaqiyatsizliklar uchun malomat qilinadi, bu esa adolatdan emas. Bunday munosabat yoshlar­ning o‘qituvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishini oshirishi dargumon. Shuning uchun o‘qituvchilarga nisbatan hurmatsizlik va qo‘pollik “vaqt bombasi” kabi taraqqiyotni orqaga surib, uning oqibatlari davlatning kelajakdagi rivojlanishida aks etadi.
Jamiyat va o‘qituvchilar o‘rtasidagi munosabatlardagi keyingi muammo – bu ota-onalarning o‘qituvchilarga nisbatan munosabati. Bugun ota-onalar barcha qiyinchiliklarda o‘qituv­chilarning o‘zlarini ayblashga, noto‘g‘ri bo‘lsa ham bolalarini himoya qilishga ko‘proq moyilligi kuzatilmoqda. Misol uchun, o‘tgan yilning fevral oyida ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi maktablarning birida uy vazifasini bajarmaganligi bois, tanbeh bergani sabab o‘qituvchini ustozidan gap eshitgan o‘quvchining buvisi turli haqoratli so‘zlar bilan behurmat qilib, uning yuziga tarsaki tortgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunday holatlar o‘qituvchilarga ishonchsizlik muhitini yuzaga keltirib, o‘quvchilarning haddan tashqari “erkalanib ketishiga” sabab bo‘ladi. Ba’zan ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilarning nojo‘ya harakatlarida o‘qituvchilarni ayblash ham kuzatilmoqda. Masalan, o‘tgan yilning fevral oyida Angren shahridagi 41-maktabda o‘quvchining do‘pposlanishi bilan bog‘liq voqea tasvirlangan video tarqatilgan edi. Mutasaddilar tomonidan voqea sinchiklab o‘rganilgach, o‘qituvchining dars berishiga o‘quvchining aynan o‘zi to‘sqinlik qilgani va uni har tomonlama masxara qilganligi ma’lum bo‘lgan.
2. Maktab o‘qituvchisi kasbining obro‘si unchalik yuqori emasligi. Afsuski, maktab o‘qituvchisi talab yuqori bo‘lgan kasblardan biri emas. Birinchidan, bu o‘qituvchilarning ish haqi bilan bog‘liq. Masalan, oliy toifali o‘qituvchining tarif stavkasi miqdori 2.881.828 so‘mni, toifasiz, ammo oliy ma’lumotli o‘qituvchilarniki esa – 1.954.033 so‘mni tashkil etadi, bu bozor iqtisodiyotida oliy ta’lim muassasalarini bitirganlar uchun juda kam hisoblanadi. Shuning uchun, ba’zida boshqa yuqori maoshli ish topa olmagan bitiruvchilar o‘qituvchi bo‘lishga qaror qiladilar. 
Bugungi kunda maktablarda kadrlar yetishmasligi holatlari mavjud. Aholining o‘sishini hisobga olgan holda, 270 ta maktabga ehtiyoj bor, bu ham o‘qituvchi kadrlar tayyorlashni talab qiladi. Shu maqsadda davlat maktablar uchun tegishli kadrlar – o‘qituvchilar tayyorlash choralarini ko‘rmoqda. 2021-2022-o‘quv yilida faqat kunduzgi ta’lim shaklida peda­gogik mutaxassisliklar bo‘yicha 26115 nafar bakalavrlarni tayyorlash nazarda tutilgan bo‘lib, bu kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan jami o‘rinlarning 23 % ni tashkil etadi. Ushbu kvotalarning 40 % ga yaqini davlat granti asosidagi o‘rinlardir. Shunga qaramay, maktab ta’lim jarayonini boshqarish tizimining ma’lumotlariga ko‘ra (https://xt.uzedu.uz/) 2022-yil fevral oyi oxirida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari(248), rus tili(414) matematika(407), informatika va axborot texnologiyalari(400), ingliz tili(322), musiqa(270), fizika(263), geografiya(197), biologiya(195), iqtisodiy bilim asoslari(193), tarix(190), kimyo(188) kabi fanlar bo‘yicha o‘qituvchilarga ehtiyoj mavjud. Mazkur davrga kelib maktab o‘qituvchilari lavozimi uchun barcha bo‘sh ish o‘rinlari soni 4393 tani tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich shuni ko‘rsatadiki, bo‘sh ish o‘rinlarini faqat pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga kirish kvotalarini oshirish orqali to‘ldirishning iloji yo‘q. Shuning uchun bu tizim o‘qishni tugatgandan so‘ng, maktablarda muayyan muddat(masalan, 5 yil) uzluksiz ishlash majburiyatini olish sharti bilan qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
O‘qituvchilik kasbining jozibadorligini oshirish choralarini ko‘rish zarur. Bunda o‘qituvchilarga turli imtiyozlar berilishi maqsadga muvofiq. Bu amaliyot bir qator rivojlangan xorijiy davlatlarda o‘zini oqlamoqda. Masalan, Germaniyada maktab o‘qituvchisi kasbi eng yuqori haq to‘lanadigan kasblardan biridir(oyiga o‘rtacha 3000 dan 5500 yevrogacha), shu bilan birga ular uchun soliqlar kamaytirilgan bo‘lib, arzon xususiy tibbiy sug‘urta taqdim etiladi. Kanadada maktab o‘qituvchilari uchun yuqori ish haqi bilan birga, turli ijtimoiy paketlar va sug‘urta taqdim etiladi. Janubiy Koreyada ish haqini bosqichma-bosqich oshirish(har uch yil ish staji uchun ish haqiga 8% ustama qo‘shiladi), uy-joy sotib olish yoki ijaraga berishda imtiyozlar ajratish tizimi mavjud. Finlandiyada davlat tomonidan o‘qituvchilarning ish haqi munosib bo‘lishi hamda imtiyozlar berilishi va subsidiya berish orqali xarajatlarning bir qismi qoplanishi ta’minlanadi.
3. Maktablarning moddiy-texnik ta’minoti bilan bog‘liq muammolar.

Zamonaviy maktab talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi munosabatlar uchun qulay platforma sanaladi. Bu qulaylik maktabning zamonaviy texnologiyalar(smart-doska­lar, kompyuter jihozlari) bilan ta’minlanishini talab qiladi. Bularsiz maktab ta’limi zamonaviy voqelikdan orqada qoladi, bu esa ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, lozim darajadagi moddiy-texnik ta’minot ta’lim jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi.
Moddiy-texnik ta’minot bilan bog‘liq muammolar O‘zbe­kiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 28-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida alohida ko‘rsatib o‘tildi. Bugungi kunda 1695 ta maktab kapital ta’mirga muhtoj, bu barcha umumta’lim maktablarining 16,7 foizini tashkil etadi. Paxsadan qurilgan 179 maktab faoliyat yuritmoqda. 3 mingdan ortiq maktablarda qo‘shimcha o‘quv xonalariga ehtiyoj mavjud. 2 mingdan ortiq maktabda sport zallar yo‘q.
Moddiy-texnik muammolar maktablarni raqamlashtirish jarayonini yanada sekinlashtiradi. Maktab tizimida hali ham 200 dan ortiq turdagi hisobotlar mavjud bo‘lib, odatda ular qog‘oz shaklida tuziladi. O‘qituvchi kasbining psixologik xusu­siyatlarini hisobga olgan holda, bunday ovoragarchilik o‘qituvchilarga ta’lim metodikasini takomillashtirishga va darslarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga imkon bermaydi.
Bunday sharoitda qanday sifat haqida gapirish mumkin? Hech shubhasiz, zarur shart-sharoitlarni yaratmasdan, o‘qituv­chilardan ijobiy natijalarni talab qilish adolatdan emas.
Ba’zida o‘qituvchilar moddiy-texnik muammolar uchun “javob berishlari”ga to‘g‘ri kelmoqda. Masalan, joriy yil­ning yanvar oyida Samarqand viloyatida maktab o‘quvchisi “Bir million dasturchi” tanlovining ikkita bosqichida g‘olib bo‘lganligi uchun unga sovrin sifatida o‘qituvchiga tegishli bo‘lgan eski noutbuk sovg‘a qilindi. Xuddi shunday, Namangan viloyatining Norin tumanidagi maktab o‘quvchisining sovg‘asi – noutbukning o‘qituvchilar tomonidan olib qo‘yilishi norozilik va tushunmovchilikka sabab bo‘ldi.
4.Maktabdagi o‘quv dasturlari muammolari. Ta’lim jara­yonini zamonaviy talablarga javob bermaydigan eskirgan o‘quv dasturlari asosida tashkil etish ham muammolardan biri sanaladi. O‘quv adabiyotlaridagi matn tushunish uchun “murakkabligi” va o‘qitishning asosan nazariy jihatdan yo‘naltirilganligi o‘quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon bermaydi, o‘qituvchilarning ijodiy yondashuvini cheklaydi. Ba’zi hollarda, tizimlilik yetishmaydi va shuning uchun boshlang‘ich sinflarda olingan bilimlar yuqori sinflarda to‘ldirilmaydi.
Shu o‘rinda Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari tajribasini qo‘llash maqsadga muvofiq. Bugungi kunda 790 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda aniq fanlar va xorijiy tillar ilg‘or xorijiy tajriba asosida chuqur o‘rganilmoqda. Prezident va ijodiy maktablarda ta’limga yondashuv iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va tarbiyalashga, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan. Mazkur maktablar o‘quvchilarning qiziqishlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda, ayrim fanlar va ularni o‘rganish darajasini tanlab olish orqali o‘quv jarayonini individuallashtirish usullaridan foydalanadilar. Shuning uchun ko‘pgina ota-onalar farzand­lari ushbu maktablarda ta’lim olishini afzal ko‘rishadi. Bizning fikrimizcha, ushbu maktablarning yutuqlari 2025-yilda milliy o‘quv dasturiga o‘tish bo‘yicha rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda hisobga olinishi kerak.
Ta’lim jarayoni va pedagogik mahoratni takomillash­tirishda A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini kuchaytirish va faollashtirish lozim. Aynan ushbu institut mazkur sohadagi tashabbuslarning yetakchisiga ayla­nishi, pedagogik kompetensiyalarni takomillashtirish bo‘yicha tizimli tadqiqotlar olib borishi, maktablarda o‘quv jarayoni monitoringini olib borishi va kompetensiyalarga asoslangan yondashuv asosida ta’lim muammolariga yechimlarni taklif qilishi kerak.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xalq ta’limi sifatini oshirish quyidagi choralar bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim:
– jamiyatda o‘qituvchilarga nisbatan hurmatda bo‘lish munosabatini shakllantirish, o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimma­tiga tajovuzlarning oldini olish;
– ta’lim sifatini oshirish va ijodiy yondashuvni qo‘llashga qaratilgan Milliy o‘quv dasturiga o‘tish;
– Respublikadagi barcha maktablarda Prezident, ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablardagi o‘quv jarayonini tashkil
etishda qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribadan foydalanish;
– “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini qabul qilish, o‘qituvchilarni asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishga va turli faoliyatga maj­buriy jalb qilish uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash; 
– munosib ish haqi, ijtimoiy imtiyozlar va preferensiyalar bilan ta’minlash orqali o‘qituvchining imijini bosqichma-bosqich oshirish;
– barcha umumta’lim maktablarini, ayniqsa, mamlakatimizning chekka hududlaridagi maktablarni raqamlashtirish va lozim darajada moddiy-texnik jihozlanishini ta’minlash. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim


Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:

  • boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar);

  • tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar);

  • o‘rta ta’lim (X — XI sinflar).

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
Tayanch o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, malaka va ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Tayanch o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so‘ng) ta’lim oluvchilarda kasblar bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi.
O‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini ta’minlaydi.
Professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek ta’lim oluvchilarni yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonunchilikda belgilanadi.

tải về 0.93 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương