Mavzu: Bozor va tavakkalchilik. Tavakkalchilikni aniqlash va kamaytirish yo'llari. Mundarija



tải về 0.53 Mb.
trang10/17
Chuyển đổi dữ liệu15.06.2024
Kích0.53 Mb.
#57941
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Курс иши

Tavakkalchiliklarni sug'urtalash- ushbu usul tasodifiy yo'qotishlarni o'zgarmas xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan. Ma'lumki, mulkning o'g'irlanishi, shaxsning kasal bo'lib ishga chiqmasligi, tabiiy ofatlarning bo'lishi tasodifiy bo'lib, ular juda katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu noxush hodisalarning oqibatlarini kamaytirishda sug'urtaning ahamiyati katta. Bu yo'l tanlanganda, sug'urta badali kutiladigan foydadan ma'lum darajada kamroq bo'lishi lozim. Aks holda zarar ko'rishi mumkin.Masalan, firma 5 million so'm kapital sarflab, 500 ming so'm foyda kutsa, sug'urta puli 300 ming so'm bo'lishi kerak. Shunda biror kor xol yuz berganda firma 200 ming so'm foyda ko'radi. Agar sug'urta puli foydani yo'qqa chiqarsa, xatar saqlanib qoladi.
O'zbekistonda ham hozirgi vaqtda ko'pgina insonlar o'z hayotlarini, mulkini sug'urtalaydilar. Sug'urta ishlarini yo'lga qo'yish uchun respublikada maxsus qonunlar ishlab chiqilgan va bir qator davlat va nodavlat sug'urtalash firmalari faoliyat ko'rsatmoqda.
Sug'urtalashda tavakkalchilikni qo'shish samaradorligi shu bilan belgilanadiki, sug'urtalangan shaxslarning tavakkalchiligi bir-biriga bog'liq bo'lmasligi kerak.
Tavakkalchilikni taqsimlash- ushbu usulga ko'ra zarar ko'rish ehtimoli bilan bog'liq bo'lgan tavakkalchilik bilan qatnashuvchi sub'ektlar o'rtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir sub'ektning kutiladigan yo'qotishi nisbatan kichik bo'ladi. Bunda shirkat firmalari tashkil etilib, uning kapitali bir necha sheriklarga qarashli bo'ladi. Masalan, Chinni zavodi qurish uchun 5 mlrd so'm kerak. Shu pulni 5 ta sherik birgalikda qo'yadi. Kutiladigan yo'qotish 500 mln. So'm . Agar zavodning egasi 1 ta bo'lganda hamma yo'qotish uning zimmasiga tushgan bo'lar edi. Zavod sheriklarniki bo'lganligi uchun bu summa 5 kishiga bo'linadi. Demak, sherikchilik kapitali tavakkalchilikning taqsimlanishiga va uni har bir sherikka tushadigan yukini yengillashtirishga olib keladi.
Ushbu usuldan foydalangan holda yirik moliya kompaniyalari katta masshtabdagi loyihalarni va ilmiy izlanishlarni tavakkalchilikdan qo'rqmasdan moliyalashtiradilar.
Axborot bilan ta'minlashyoki izlash ham tavakkalchilikni kamaytiradi. Nima uchun deganda, axborotning yetishmasligi noto'g'ri qaror qabul qilishga olib keladi. Hozirgi vaqtda axborot asosiy taqchil resurslardan biri bo'lib, uni olish uchun haq to'lash kerak, ya'ni axborot olish xarajat bilan bog'liq, ba'zi axborotlar nihoyatda qimmat turadi. Shuning uchun ham kerakli bo'lgan axborotdan qancha olish kerak deganda, uning chekli xarajati bilan chekli nafini solishtirib ko'rish kerak bo'ladi. Bozor axboroti 2 xil bo'ladi: Simmetrik axborotlashgan bozor va asimmetrik axborotlashgan bozor.
Simmetrik axborotbozordagi vaziyatni to'la aks ettiradi, ya'ni u to'laroq bo'ladi. Masalan, bozor signallari narxning ortib borishi haqida xabar beradi, bu bozordagi talabning oshib borishini bildiradi. Buni e'tiborga olgan firma xatardan qochish yo'lini izlaydi.



tải về 0.53 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương