Mavzu: Bozor va tavakkalchilik. Tavakkalchilikni aniqlash va kamaytirish yo'llari. Mundarija



tải về 0.53 Mb.
trang3/17
Chuyển đổi dữ liệu15.06.2024
Kích0.53 Mb.
#57941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Курс иши

Kurs ishining predmeti. Ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish samaradorligi oshirish.
Kurs ishining obyekti. O′zbekiston Respublikasi mahalliy ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish samaradorligi belgilab olindi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Mazkur kurs ishi - kirish, ikkita bob, to′rtta reja, xulosa qismi hamda foydalanilgan adabiyotlar ro′yxatidan iborat


I.BOB . BOZOR VA TAVAKKALCHILIK


1.1.Tavakkalchilik tushunchasi va o'lchovi.

Bozor —sotuvchilar bilan xaridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. Bozor obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa Bozor ishtirokchilari (sotuvchi va xaridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat. Bozor ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. Bozorda tovarlar bilan oldisotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. Bozor ishtirokchilari sotuvchi hamda xaridor maqomiga ega boʻladilar.


Bozorda 2 jarayon amalga oshadi:
biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, yaʼni T—P;
ikkinchisi — tovarni xarid etish, pulni tovarga ayirboshlash, yaʼni P—T.
Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. Bozor iqtisodiyotda ishlab chiqarishni isteʼmol bilan bogʻlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar bozorga chiqadi, u yerda sotilgach, isteʼmolga kelib tushadi);
qiymatning tovar shaklidan pul shakliga aylantirish; ishlab chiqarishning uzluksizligini taʼminlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar Bozorda sotilgach, tushgan pulga ishlab chiqarish uchun zarur iqtisodiy resurelar, chunonchi asbobuskunalar, mashinalar, yoqilgʻi, ish kuchi sotib olinib, ishlab chiqarishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.);
iqtisodiyotni tartiblash (nimani, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish);
mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik oʻrnatish singari vazifalarni bajaradi. Bunda talab va taklif, shunga muvofiqligining oʻzgarishiga qarab ishlab chiqarish yuritiladi. Talab oshib narx oʻssa, ishlab chiqarish koʻpayadi, aksincha, taklif oshib talab kamaysa, ishlab chiqarish qisqaradi.
Bozor oʻz ishtirokchilari mavqeiga qarab erkin va monopol Bozorga ajraladi. Erkin Bozorda sotuvchilar ham, xaridorlar ham koʻp boʻlib, narxlar talab va taklif negizida shakllanadi. Monopol Bozorda ozchilik sotuvchilarning hukmronligi oʻrnatilgan boʻlib, narxlar faqat shularning manfaatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunday Bozorlar raqobotning sustligi yoki umuman boʻlmasligi bilan ajralib turadi.
Bozor iqtisodiyoti davrida tadbirkor kishi bilan har doim yonma-yon turadigan harakat bu tavakkalchilik bo'lib hisoblanadi.Tadbirkor kishi ko'pchilik hollarda oxirgi natijani bilmagan holda o'z mablag'ini sarflaydi, ya'ni ma'lum tavakkalchilikka asoslanadi.Tavakkalchilik bu- firmaning ko'zlangan maqsadiga erishish yo'lida u duch keladigan iqtisodiy xavf-xatardir.
Real hayotda bozor sub'ektlari tomonidan qabul qilinadigan qaror noaniqliklar bilan bog'liq. Ma'lumki, to'g'ri qaror qabul qilishning asosiy sharti - bu axborot. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda,to'liq axborot bo'lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to'g'risida axborot to'liq bo'lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya'ni ma'lum yo'qotishlarga olib keladi. Ushbu yo'qotishlar tavakkalchilikni bildiradi.
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishda tavakkalchilik (yo'qotish) darajasini bilish, uni oldini olish uchun, tavakkalchilik darajasini kamaytirish uchun, chora tadbirlar ko'rishga imkon beradi.
Noaniqlikka misol tariqasida jamg'arilgan pulni ishonchliroq bo'lgan bankka qo'yish yoki tavakkalchilik (yo'qotish ehtimoli ko'proq bo'lgan) yuqori bo'lgan, lekin shu bilan birga yuqori dividend olish mumkin bo'lgan tijorat fondlarga qo'yish to'g'risida qaror qabul qilishni keltirish mumkin. Xuddi shunday noaniqlik sharoitida iste'molchilar tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham, sotuvchi va xaridorlar tomonidan qaror qabul qilishga to'g'ri keladi va bu qabul qilingan qarorlar albatta, ma'lum darajadagi tavakkalchilik (yo'qotishlar) bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Noaniqlik cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo'qotishga olib keladi. Bozor holati ehtimollik tavsifiga ega - tadbirkorlar foyda olish maqsadida tijorat faoliyati bilan shug’ullanadilar va bu faoliyat doirasida tavakkalchilikka duch keladilar. Iqtisodiy tavakkalchilikni o’rganish, baholash va uni tartibga solish zarurati bozor mexanizmining mavjud bo’lishining o’zidan kelib chiqadi. Tavakkalchilik deyilganda inson faoliyati turlari va u yoki bu tabiat hodisasining xususiyatlaridan kelib chiquvchi mumkin bo’lgan yo’qotishlar xavfi tushuniladi. Har xil investision loyihalar har xil tavakkalchilik darajasiga ega bo’ladi, kapital kuyilmalarning daromadliligi eng yuqori variantlar eng yuqori tavakkalchilik darajasiga ega bo’lishi mumkin.
“Kim tavakkal qilmaydi, u hech narsaga ega bo’lmaydi”.
Tavakkalchilik - bu iqtisodiy kategoriyadir. Iqtisodiy kategoriya sifatida u yuz berishi mumkin yoki mumkin bo’lmagan hodisani ifoda etadi. Bunday hodisa yuz bergan holatda uch iqtisodiy natijadan biriga erishish mumkin: salbiy (mag’lubiyat, zarar); nolli; ijobiy (yutuq, unum, foyda). Tavakkalchilik - “yo ustidan yo ostidan” tamoyili buyicha o’z faoliyatining omadli chiqishiga umid qilingan holda amalga oshiriluvchi harakatdir. Albatta, tavakkalchilikdan qochish mumkin, ya’ni tavakkalchilik bilan bog’liq ishdan birdan oddiygina qilib voz kechish orqaligina. Birok tadbirkorlar uchun tavakkalchilikdan qochish, ko’pincha mumkin bo’lgan foydadan kechish bilan barobardir. Yaxshigina maqol ham bor: “Kim tavakkal qilmaydi, u hech narsaga ega bo’lmaydi”.



tải về 0.53 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương