Buxoro davlat tibbiyot instituti kurbanova gulnoz negmatovna kasbiy pedagogika


“Kasbiy pedagogika” fanining kasbiy ta’lim mutaxassislarini



tải về 1.4 Mb.
Chế độ xem pdf
trang16/109
Chuyển đổi dữ liệu27.05.2024
Kích1.4 Mb.
#57754
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109
KASBIY PEDAGOGIKA.Kurbanova

1.2.“Kasbiy pedagogika” fanining kasbiy ta’lim mutaxassislarini 
tayyorlashda tutgan o‘rni 
Kasbiy pedagogika o‘quv yurtlari o‘quvchilarining ta’limi, tarbiyasi, o‘qishi 
hamda rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi, ta’lim va tarbiya, pedagogik va 
axborot texnologiyalarini qo‘llash mezonlarini ishlab chiqadi, kasb ta’limi 
muassasalari turlarini va ularni boshqarish tizimiii asoslaydi. U pedagogik 
nazariyalar to‘g‘risidagi bilimlarni, innovatsion texnologiyalarni loyihalash 
uslublarini umumlashtiradi. Kasbiy pedagogika fani insonni kasbiy faoliyatga 
tayyorlash, yangi avlodni kasbiy tarbiyalash, malakali ishchi kuchini yangi talablar 
darajasiga moslab borishni ko‘zda tutadi. Kasbiy pedagogika jahon miqyosida tan 
olingan eng ilg‘or metodlar va yo‘nalishlar bilan boyib bormoqda. 
Bugungi kunda o‘zining keng tadbiqini kutib yotgan, fanning boshqa sohalari 


24 
bilan bog‘liq ravishda ishlab chiqilgan yangi konsepsiyalar va nazariyalar 
rivojlantirilmoqda. 
Kasbiy pedagogika umumiy pedagogika fanining tarmog‘i sifatida kasbiy-
texnik ta’lim tizimining takomillashish jarayonida shakllanib boradi. U nisbatan 
yangi fan sohasi sanalib, bugungi kunda ko‘plab tushunchalari shakllanib, 
rivojlanib kelmoqda. Har qanday fan sohasida bo‘lgani kabi kasbiy ta’lim 
pedagogikasi o‘z kategoriyalari va tushunchalariga, sifat ko‘rsatkichlariga egaki, 
bular fanning asosini tashkil qiladi.
Kasb ta’limi uzoq davrlar mobaynida har tomonlama rivojlangan shaxsni 
tarbiyalashga yo‘naltirilib borildi, biroq ushbu tadbir bitiruvchilarning kasbiy 
mahoratini shakllanish darajasini pasayishi hisobiga amalga oshirildi. Bu holat 
kasbiy mahoratni va layoqatni oshirish, insonning butun umri davomida o‘z 
bilimini takomillashtirib borish va o‘z-o‘zini tarbiyalash ehtiyojini oshirishga 
xizmat qilmas edi. Respublikamiz ta’lim tizimidagi islohatlar natijasida kasbiy 
ta’lim ishchi kasblariga maxsus tayyorlash masalasiga, ta’lim oluvchi shaxsida 
kasbiy mahorat va layoqat sifatlarini shakllantirishga alohida e’tibor berilmoqda. 
Kasb mahorati deyilganda bitiruvchining yuqori darajadagi kasbiy ko‘nikma va 
malakalarni egallaganligi tushuniladi, u shaxsning mehnat bozorida egallayotgan 
kasbi bo‘yicha raqobatbardoshlik darajasida o‘z aksini topadi. Kasbiy mahorat 
ishchi kuchlarining yuqori darajada moslashuvchanligini va yangiliklarni tez 
o‘zlashtirishi, yangi ishlab chiqarish sharoitlariga oz vaqt ichida o‘ta olishi, 
faoliyat sohasini mustaqil tanlay olishi kabi sifatlar bilan belgilanadi.
Kasbiy pedagogika fani tarkibida mazkur fanining mazmuni, maqsad va 
vazifalari, ilm-fan va sog‘liqni saqlashda tutgan o‘rni, predmeti va metodlari
nazariy va metodologik asoslari, kasb ta’limi tamoyillari, kasbiy ta’lim me’yoriy 
hujjatlari, zamonaviy pedagogik va innovatsion o‘qitish texnologiyalari, talaba-
yoshlarni ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, o‘quv-tarbiya jarayonini 
tashkillashtiruvchi – pedagogga qo‘yilgan talablar, kadrlar tayyorlash sifatini 
yaxshilash, ularni qayta tayyorlash va malaka oshirish vazifalari hamda 
imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.


25 

tải về 1.4 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương