Buxoro davlat tibbiyot instituti kurbanova gulnoz negmatovna kasbiy pedagogika



tải về 1.4 Mb.
Chế độ xem pdf
trang24/109
Chuyển đổi dữ liệu27.05.2024
Kích1.4 Mb.
#57754
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   109
KASBIY PEDAGOGIKA.Kurbanova

Anketa metodi - tizimli savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil 
etishga asoslanadi, ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat 
jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. 
Quyidagi shartlarga amal qilinganda anketa metodi samarali qo‘llaniladi: 
1) anketa savollari muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilsa; 
2) anketa savollari hajmi yirik va noaniq bo‘lmasligi; 
3) anketa 
savollari o‘quvchilarning dunyoqarashi, yosh, psixologik 
xususiyatlarini inobatga olgan holda tuzilishi; 
4) savollarga to‘la javob qaytarilishi uchun yetarlicha vaqt ajratilishi; 
5) anketa o‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish 
manbaiga aylanmasligi; 
6) anketa savollariga berilgan javoblar muayyan mezonlar asosida tahlil 
etilishi. 
Test metodi - o‘rganilayotgan shaxsning aqliy rivojlanish darajasi, qobiliyati, 
muayyan ish-harakat, faoliyatni bajarishga doir ko‘nikma, malakalari, shaxsiy va 
irodaviy sifatlari, ruhiy xususiyatlarini aniqlash va baholashda qo‘llaniladigan 
qisqa standart tekshirish bo‘lib, uning ahamiyati shaxsning muayyan soha bo‘yicha 
nazariy bilimlarini, qobiliyati, psixofiziologik, shaxsiy xususiyatlarining 
rivojlanganligi, ma'lum faoliyatni tashkil etishga doir ko‘nikma, malakalarning 
shakllanganlik darajasini aniqlashga xizmat qilishida ko‘zga tashlanadi. 
Pedagogik tajriba metodining ilmiy-amaliy ahamiyati muammo yechimini 
topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga 
erishishni kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in'ikosiga 
ega bo‘la olishi va ularning samaradorligini aniqlash uchun keng imkoniyatlarni 
yaratishda aks etadi. 
Shkalalash — tadqiqot metodlaridan biri bo‘lib, sifat omillarni miqdoriy 
qatorga o‘tkazishni ifodalaydi. 
Matematik-statistik tahlil metodi - pedagogik tadqiqot, tajriba-sinov 
ishlarining amaliy natijalarini ma'lum bir maqsad asosida tizimli o‘rganish, 
umumlashtirish va amaliy natijalarning haqqoniyligini baholash maqsadida olib 


35 
boriladi. 
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarda matematik-statistik metodning qo‘lla- nilishidan 
ko‘zlangan maqsad tajriba-sinov ishlari, shuningdek, tadqiqot ishining 
samaradorlik darajasini aniqlashdan iborat. Unga ko‘ra tajriba va nazorat 
guruhlarida tajriba avvali hamda yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar maxsus 
matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi, yakuniy qiymat tadqiqot 
samarasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. 

tải về 1.4 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   109




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương