Buxoro davlat tibbiyot instituti kurbanova gulnoz negmatovna kasbiy pedagogika



tải về 1.4 Mb.
Chế độ xem pdf
trang18/109
Chuyển đổi dữ liệu27.05.2024
Kích1.4 Mb.
#57754
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109
KASBIY PEDAGOGIKA.Kurbanova

Kasbiy pedagogika umumiy pedagogika fanining tarmog‘i sifatida kasbiy - 


26 
texnik ta'lim tizimining takomillashish jarayonida shakllanib boradi. U nisbatan 
yangi fan sohasi sanalib, bugungi kunda ko‘plab tushunchalari shakllanib, 
rivojlanib kelmoqda. Har qanday fan sohasida bo‘lgani kabi kasbiy pedagogika o‘z 
kategoriyalari va tushunchalariga, sifat ko‘rsatkichlariga egaki, bular fanning 
asosini tashkil qiladi. 
Kasbiy pedagogika fani boshqa fanlar bilan birgalikda kasbiy ta’limning turli 
tizimlarida quyidagi vazifalami bajarishi mumkin: 

o‘quvchilaming yangi, yanada murakkab vazifalami amalga oshirishlarini 
ta'minlash uchun ulaming kasbiy mahoratini oshirishi; 

kasbiy-texnik ta’limning yangi konsepsiyalarini amalga oshirish vosita va 
yo‘llarini yaratishga e’tiborni qaratish, faol-ijodkor shaxsni tarbiyalash

pedagogik bilimlami egallashga yangicha yondashuvlami ishlab chiqish; 

kasbiy ta’lim va tarbiyaning yangi, yanada samarali shakl va metodlarini 
ishlab chiqish; 

rivojlanib boruvchi yangi pedagogik jarayonlarni loyihalash, ta'lim 
oluvchilaming barcha imkoniyatlari va qobiliyatlarini ishga solishi uchun sharoit 
yaratish, kasbiy mahoratni egallashi uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirishga 
erishish. 
1.4. Kasbiy pedagogika fanining asosiy tushunchalari (kategoriyalari) 
Har qanday fan predmeti uni kategorial-tushunchaviy apparati orqali ochib 
beriladi. Shuning uchun «kategoriya», «tushuncha», «atama» so‘zlarini ma'nolarini 
farqlash maqsadga muvofiq. 
Kategoriya (yunoncha. kategoria - aniqlovchi) - umumiy va fundamental 
tushuncha bo‘lib, ilmiy-nazariy tafakkur xarakterini aniqlovchi va real borliq 
qonuniyatlarini va munosabatlarini, xususiyatlarini ifodalaydi. 
Tushuncha - bu aniq mazmun bilan to‘ldirilgan so‘z yoki so‘z birikmasidir. 
Termin (atama) (lot. terminus - chegara) - maxsus soha doirasida real 
obyektni aniq belgilash va uni boshqa tushunchalar bilan munosabatini o‘rnatishni 
ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasidir. 
Kasbiy pedagogikaning asosiy kategoriyalariga quyidagilar kiradi:


27 
Ma'lumot - o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirish natijasi 
va jarayoni, u asosida dunyoqarashni, axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarni 
shakllanishi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishi. 

tải về 1.4 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương