O’zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Jismoniy rivojlanish ustidan tibbiy-pedagogik nazorat olib



tải về 0.94 Mb.
Chế độ xem pdf
trang5/11
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích0.94 Mb.
#54699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Boliboyeva Zebuniso
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1), Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
 
1.2. Jismoniy rivojlanish ustidan tibbiy-pedagogik nazorat olib 
borish. 
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya ustidan amalga oshiriladigan shifokor 
nazorati tibbiy xizmati yagona sistemasining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Shifokor nazorati - bu jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchi turli yoshdagi 
kishilarning sog'ligi jismoniy rivojlanishini o'rganadigan tibbiy bilimlarining 
maxsus sohasidir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi 
jarayonida shifokor nazoratining asosiy vazifasi ularning sog'ligini mustahkamlash, 
jismoniy va nerv-psixik rivojlanishini takomillashtirishga ko'maklashishdan 
iboratdir. 
Maktabgacha tarbiya tashkilotlaridagi tibbiy nazorati quyidagilarni: 
1) jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish jarayonida bolalaming sog'ligi, 
jismoniy rivojlanishi va funksional imkoniyatlarini shifokor tomonidan tekshirilishi 
va baholanishini; 
2) jismoniy tarbiyaning turli xil shakllarini o'tkazish tibbiy-pedagogik kuzatish, 
jismoniy mashqlarning mazmuni, o'tkazish metodikasini bola yoshi va funksional 
imkoniyatlariga muvofiqligi va organizmiga ta'sirini nazorat qilishni; 
3) jismoniy mashqlar, ertalabki gimnastika, harakatli o'yinlar, sport mashqlari, 
chiniqtiruvchi tadbirlar o'tkaziladigan joylarni, jismoniy tarbiya jihozlari, 
inventarlari, shuningdek, shug'ullanuvchilarning kostyum va oyoq kiyimlarining 
gigiyenik holati ustidan sanitariya nazorati o'rnatishni; 
4) maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlari, ota-onalar va bolalar o'rtasida 
sanitariya-maorif ishlari uyushtirishni o'z ichiga oladi. 
Tadqiqot maqsadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy mashqlar bilan 
shug'ullanish jarayonida sog'ligi, jismoniy rivojlanishi va funksional imkoniyatlarini 
shifokor tomonidan tekshirilishi va baholanishini nazorat qilib borish. 
Tadqiqot vazifalari: 
- jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish jarayonida bolalarning sog'ligini 
aniqlash; 


- jismoniy tarbiyaning turli xil shakllarini o'tkazish jarayonida tibbiy-pedagogik 
nazorat tashkil etish. 
Tadqiqot usullari: Nazariy tahlil va umumlashtirish, pedagogik nazorat. 
Tadqiqotni 
tashkillashtirish: 
tajriba 
maktabgacha 
ta'lim 
tashkiloti 
tarbiyalanuvchilari katta guruh (6 yoshli) bolalar bilan o'tkazildi. 
Tadqiqot natijasi va muhokamasi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tibbiy 
nazoratini tashkil etish shifokor, tibbiyot hamshirasi, mudira va tarbiyachilarning 
hamkorlikda ishlashini taqozo etadi. Ishning bu qismi maktabgacha tarbiya 
tashkiloti tarbiyalanuvchilarning salomatligi yoki bolalar shifoxonasining har yilgi 
jismoniy rivojlanishi tibbiy ko'riklarida shifokor tomonidan chuqur tekshirish va 
funksional o'rganilayotganda amalga oshiriladi. Aniq belgilangan muddatda, 
shuningdek, tekshirilishi va zarur bo'lganida bolalar shifoxonasining shifokor - 
mutaxassislari tomonidan ko'rib chiqiladi. Sog'liqni baholash kompleks tarzda: 
tibbiy ko'rigi ma'lumotlari, nerv-psixik va jismoniy rivojlanish xususiyatlarini 
aniqlash, bola kasallanishini hisobga olish asosida o'tkaziladi. Tekshirishda, avvalo 
bolaning jismoniy rivojlanishi aniqlanadi. Buning uchun antropometrik 
ko'rsatkichlar: gavda uzunligi, gavda og'irligi, ko'krak qafasi aylanasi, bir yoshgacha 
bo'lgan bolalarda esa boshni ham hisobga oladi. 
Jismoniy rivojlanishni baholash ana shu asosiy ko'rsatkichlar dinamikasiga 
asoslanadi. Amalda bolaning jismoniy rivojlanishi tekshirish chog'ida baholanadi. 
Bu baho jismoniy rivojlanish xarakteristikasini mahalliy standartlar orqali 
gavdaning 
total o'lchoviga nisbatan o'z ichiga oladi. Bolaning nerv-psixik rivojlanishining 
umumiy darajasi ayrim psixik funksiyalarning rivojlanishi darajasi bilan 
xarakterlanadi. Bu esa markaziy nerv tizimining yetilish darajasini aks ettiradi. Bola 
hayotining birinchi yilida rivojlanishning barcha belgilarini shifokor aniqlaydi. 
Hayotining ikkinchi, uchinchi va keyingi yosh davrlarida nerv-psixik rivojlani 
shining darajasini baholashda shifokor bilan birgalikda maktabgacha tarbiya 
tashkilotining tarbiyachisi, tibbiyot hamshirasi va ota-onalar ham ishtirok etadilar. 
Ular kun davomida bolani kuzatishlari, uning oiladagi, tengdoshlari jamoadagi xulq-


atvori haqida xabar beradilar va boshqalar. Nerv-psixik rivojlanish darajasini 
tekshirish paytida erishilgan to'g'ri va yetarli darajada mukammal bahoni shifokor 
bajaradi. Bunday baho nerv-psixik jarayonining har xil tomonlarini xarakterlab 
beradigan qator ko'rsatkichlarni aniqlash asosida berilishi mumkin. Bolaning nerv-
psixik rivojlanishini baholash uch: "Yoshiga muvofiq", "Yoshiga nisbatan orqada", 
"Yoshiga nisbatan ilgari ketgan" mezonlariga qarab amalga oshiriladi. Bolani 
ko'rishda teri va ko'rinadigan shilliq pardalarning holati, ularning rangi, 
shamollaganligi, terining quruqligi yoki yuqori namliligi qayd qilinadi. Semirish 
normada, ortiqcha yoki yetarli emas, deb belgilanadi. Yumshoq mushak 
to'qimalarining to'g'ri normal yoki pasaygan deb belgilanadi. Muskul sistemasi 
muskullarining rivojlanish darajasi, muskul tonusi va kuchi bilan xarakterlanadi. 
Muskul tizimining rivojlanishi yelka kamari, gavda, oyoq muskullari chegarasi 
tashqaridan ko'rib aniqlanadi va yaxshi, o'rtacha hamda bo'sh, deb baholanadi. 
Ilk yoshdagi bolalarning muskul kuchi faqat bola harakatiga qarshi turgan 
kuchni, shuningdek, ushlab ko'rishdagi mushak to'qimasi konsistensiya 
(qayishqoqligi, egiluvchanligi, yumshoqligi, bo'shashganligi) ni taxminan aniqlash 
orqali o'lchanadi. 2,5-3 yoshli bolalarda muskul kuchini maxsus dinamometr 
yordami bilan o'lchash mumkin bo'lib qoladi: bola uni strelkasi bilan qo'l kaftiga 
oladi, qo'lini bir tomonga cho'zib, bor kuchi bilan qisadi. Gavdaning rostlovchi-
to'g'rilovchi muskul kuchlarini o'lchash 3-4 yoshli bolalarda o'tkaziladi. Biroq, uning 
ko'rsatkichlari past bo'ladi, chunki bu kichik yoshdagi bolalarning kuchini ishlata 
bilmasligi bilan bog'liqdir. 5-6 yoshdan boshlab yildan-yilga o'tgan sayin 
ko'rsatkichlarning bir tekis o'sib borishi qayd qilinadi. Dinamometrda o'lchashni 2-
3 marta takrorlab, eng yuqori natijalarni yozib olish kerak bo'ladi. 
3-4 yoshli bolalar tibbiy ko'rigidan o'tayotganda o'pkaning tiriklik sig'imi 
spirometriya metodi bilan aniqlanadi. Aniq ma'lumotlarga ega bo'lish uchun 
bolalarni dastlab chuqur nafas olish va yetarli darajada nafas chiqarishga o'rgatish 
zarur. Bola bunda uch marta harakat qiladi va eng yaxshisi yozib olinadi, 
o'lchamning aniqligi ± 200 
𝑠𝑚
2
dir. O'pkaning hayotiy sig'imi, ko'krak qafasi, 
diafragma, qorin devori muskullari kuchini aks ettiradi. Uning dinamikada 


aniqlanadigan ko'rsatkichlari rivojlanishining yosh darajasi va jismoniy tarbiya 
vositalari ta'sirini aniqlashga yordam beradi. Bolalarning jismoniy rivojlanishini 
yanada aniqroq baholash va jismoniy mashqlarni to'g'ri tanlash uchun shifokor har 
bir bola harakatlarining rivojlanish xarakteristikasiga ega bo'lishi zarur. Bir yoshli 
bola harakatlari rivojlanishini tekshirishni har oyda, imkoniyati boricha kalendar 
bo'yicha bola tug'ilgan kunida o'tkazgan ma'qul. Harakatlarni tekshirish va ularning 
rivojlanish darajasini baholashda ma'lum yoshdagi bolalar uchun xarakterli bo'lgan 
ko'rsatkichlardan boshlashga to'g'ri keladi. Agar bola harakatlari rivojlanishi yosh 
normalaridan ortib ketsa, unda keyingi yosh guruh ko'rsatkichlariga o'tishi kerak 
bo'ladi. Bola harakatlari normaga yetmagan vaziyatlarda unga qo'yiladigan 
talablarni kamaytirish va avvalgi yosh guruh ko'rsatkichlarini belgilashga to'g'ri 
keladi. Bolalarni tekshirishda reflekslar holati va harakatlar rivojlanishini bir xil 
metodika bilan belgilash juda muhimdir. Bu eng aniq ma'lumotlar olish va ularni 
dinamikada taqqoslash imkonini beradi. Bolalar hayotining birinchi yilida harakatlar 
rivojini shifokorning o'zi tekshiradi. Tekshirish chog'ida bolalar to'liq yechintirilgan 
bo'lishi lozim. Bunda bola faol va tetik holatda bo'lishi muhimdir. Agar u yig'lab 
turgan bo'lsa, tegishli harakatlarni bajarishdan bosh tortadi. Bunday vaziyatda 
tekshirishni to'xtatish va bolada ijobiy emotsional holat paydo bo'lgandagina 
tekshirishni takrorlash mumkin. 
Bolada mavjud u yoki bu malakani hamma vaqt yuzaga chiqarib bo'lmasligini 
esdan chiqarmaslik kerak: bu ko'p sabablarga - harakatni bajarishni xohlamaslik, u 
yoki bu gapga chalib turish va boshqalarga bog'liqdir. Shuning uchun guruh 
tarbiyachilari kundalik ishlarida bolalarda paydo bo'layotgan yangi harakatlar yoki 
ularni bajarishga urinishlarni yozib borishlari, har bir bolaga muayyan harakatlarni 
rivojlantirish uchun individual sharoitlar yaratishlari, shifokorga bu harakatni 
gimnastika mashg'ulotlari va uqalashlar majmuasiga kiritish zarurligi haqida 
maslahat berishlari lozim. Bola hayotining ikkinchi va uchinchi yillarida harakatlar 
rivojlanishi shifokor - pedagog hamkorligida tekshiriladi. 
3-7 yoshli bolalardagi harakatlar rivoji, hayotining har bir yilidagi jismoniy 
tayyorgarlik darajasini xarakterlaydi. Harakat malakalari va sifatlari rivojlanishini 


baholash natijalari, shuningdek, fiziometrik ko'rsatkichlarning (muskul kuchi va 
o'pkaning hayotiy hajmi) jismoniy rivojlanish darajasini belgilashda, albatta hisobga 
olinadi. 
Gavdaning o'tirish, turishi, yurishdagi odatiy holati qomat deb tushuniladi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning qomati ularning anatomik-fiziologik 
xususiyatlariga bog'liq xarakterli belgilarga ega bo'ladi. L.P.Afrikanova 
ma'lumotlariga ko'ra maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning boshi katta 
kishilarnikiga qaraganda oldinga engashganroq bo'ladi, yelka kamari ko'krak qafasi 
darajasiga turtib chiqmagani polda ozgina oldinga siljigan bo'ladi, qorin yo'liga 1-2 
sm o'tadi, umurtqa pog'onasining egilganligi aniq ko'zga tashlanmaydi, tos 
suyagining qiya burchagi uncha katta emas. Qomat tug'ma bo'lmaydi: u 
maktabgacha tarbiya yoshi davomida shakllanadi va maktab yoshida 
mustahkamlanadi. Bunda qomatga turli omillar - sog'liq, qaddi-qomat, nerv-psixika 
holati, tarbiya sharoitlari ta'sir ko'rsatadi. Qomatning shakllanishiga bolada uni 
to'g'ri tuta bilish malakalarini tarbiyalashning qomatni muayyan holatda tutib tura 
bilish zarurligiga ongli psixik tayyorgarlikning juda katta tarbiyaviy ahamiyati bor. 
Bolalar sog'lig'ini himoya qilish va saqlashni, ularning har tomonlama (jismoniy, 
kognitiv-nutq, badiiy-estetik, ijtimoiy-shaxsiy) rivojlanishini bolalarning har xil 
turlari va havaskorlarning chiqishlarini tashkil etish orqali ta'minlash, ularning 
etakchisi o'yin hisoblanadi; 
Bolaning maktabga psixologik va jismoniy tayyorligini ta'minlaydigan 
rivojlanish darajasiga erishishga ko'maklashish; 
Bolalarni tarbiyalash, rivojlantirish va o'qitish uchun teng sharoitlar yaratish; 
Bolaning har tomonlama rivojlanishini amalga oshirish uchun oila bilan o'zaro 
munosabatda bo'lishga e'tiboringizni qarating; 
Boshlang'ich umumiy ta'limning asosiy umumiy ta'lim dasturlariga mos keling. 
Maktabgacha ta'limning o'zgaruvchan shakllarida ishlash yo'nalishi bolalarning 
yoshi va ijtimoiy xususiyatlariga bog'liq. 

tải về 0.94 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương