Umumiy psixologiya



tải về 1.7 Mb.
Chuyển đổi dữ liệu18.01.2024
Kích1.7 Mb.
#56370
PARDAYEV OLIM


QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX YO‘NALISHI 01/23-GURUH TALABASI PARDAYEV OLIMNING “UMUMIY PSIXOLOGIYA” FANIDAN TAYYORLAGAN
T A Q D I M O T ISHI
ILMIY RAXBAR YO`LDASHEV D. M.
XOTIRA TURLARI VA UNING JARAYONLARI
XOTIRA TURLARI
Xotira turlari (senzoriy, ikkiqat, prosesual) haqida umumiy ma'lumot
Senzoriy xotira turi haqida tafsilotlar, uning asosiy xususiyatlari va o'zgarishlari
Ikkiqat xotira turining o'ziga xosliklari va o'zgaruvchanliklari
Prosesual xotira turining ahamiyati va uning funktsiyalari
Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyat. Uning ahamiyati o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‘lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin emas.
Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo‘qolib ketmasligiga, tafakkurimizning tadbiq etilishiga va tuyg‘ularimizning kechishiga ko‘mak beradi. Bosh miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi (yunonchadan «mnema» - xotira).
Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta’kidlash joiz.
Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘ziga xos xususiyati uning atrof-olamni bevosita aks ettirishga yo‘nalmaganligi, moddiy jismlar va hodisalar bilan ish eritmasligidan iborat. Jismlar olamini aks ettirish idrok va tafakkurda amalga oshiriladi. Xotira qabul qilingan obraz va tushunchalarni «ikkinchi aks ettirish» bilan ish ko‘radi.
Har bir bilish jarayoni uzluksiz xotiraga aylanadi, va har bir xotira biror bir boshqa narsaga aylanadi. Har bir psixik jarayon boshqa jarayonni amalga oshirishning sharti bo‘lib xizmat qiladi (yoki o‘sha jarayonning keyingi bosqichi). Bu uning «ikkilamchi» mahsulotga aylanib, tasavvurda amalga oshish qobiliyatiga ega bo‘lishini, jarayonning keyingi rivojlanishi uchun tayanch vazifasini o‘tashi mumkinligini bildiradi.
Xotiraning keyingi xususiyati uning bir yo‘nalishga: o‘tmishdan kelajakka qaratilganligidir. Inson xotirasining asosiy ishlash mexanizmi uning kelajakka yo‘naltirilganligidir. Xotiraning asosiy vazifasi uning kelajakka xizmat qilishidir. O‘tmishni aks ettirish kelajakda natijaga erishishning vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Xotira xususiyatlarining orasida uning quyidagi tabiiy xossalari ajratiladi:
- yodda saqlash tezligi – axborotni xotirada saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan takrorlashlar soni;
- unutish tezligi – esda qolganlarning xotirada saqlanish muddati;
- yodda saqlash hajmi – insonning ma’lum vaqt ichida esda olib qolishga qodir bo‘lgan jismlar yoki dalillar soni;
- o‘zlashtirilganlarni yodda saqlash davomiyligi – insonning zarur axborotni ma’lum vaqt oralig‘ida yodda olib qolish qobiliyati;
- qayta tiklash aniqligi insonning xotirada saqlanib qolgan axborotni aniq saqlash, asosiysi esa, aniq ishlab chiqish qobiliyati;
- xotira shayligi – talab etilganlarni darhol esga tushirish malakasi.
Xotira turlari va jarayonlari: O'zbek tilida bir taqdimot
Xotira turlari va ularning o'zgarishlari: O'zbek tilida bir taqdimot
E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
tải về 1.7 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương