O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Sinergetik va akmeologik yondashuvlar



tải về 1.55 Mb.
Chế độ xem pdf
trang5/103
Chuyển đổi dữ liệu08.12.2023
Kích1.55 Mb.
#55921
loạiУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
1.3. Sinergetik va akmeologik yondashuvlar 
Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davr ichida juda 
ko‟plab ilmiy tadqiqot natijalarini o‟z ichiga olgan monografiyalar, darsliklar, 
qo‟llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fan o‟zining jamiyat oldidagi vazifalarini 
to‟laqonli bajara oldi, degan xulosa chiqarib bo‟lmadi. Sababi, psixologiya 
sohasida faoliyat ko‟rsatgan barcha olimlar ko‟proq diqqatlarini mavhum shaxs va 
individual psixologiyaga qaratdilar. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat 
taraqqiyotiga bevosita ta‟siri masalasi o‟tib borayotgan asrimizning oxiriga kelib


10 
o‟ta dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi. 
XX asrda erishilgan yutuqlaridan eng muhimi shu bo‟ldiki, inson o‟z aqli-
idroki, tafakkuri va ijodiy salohiyati bilan murakkab texnika, elektronika va boshqa 
shunga o‟xshash global texnologiyalarni kashf etdi. Lekin shu bilan birga ana 
shunday murakkab texnologiyalarni yaratgan inson va uning hayoti bilan bog‟liq 
muammolar kamaymadi. Vaqti kelganda, shunday faktga to‟g‟ri kelamizki, 
murakkab elektron texnikani yaratgan o‟ta aqlli inson o‟zi va o‟z atrofidagilarning 
ruhiy kechinmalarini to‟g‟ri baholay olmasligi sababli, o‟zini nochor va kuchsiz
sezishi mumkinligini hayot isbotladi. 
XXI asr bo‟sag‟asida juda ko‟plab davlatlarda bo‟lgani kabi dunyo xaritasida 
munosib o‟rin olgan mustaqil O‟zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar 
boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori 
saviyaga ko‟tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma‟naviy 
barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizasiya bilan uzviy bog‟ladi. 
Bundan inson va uning mukammalligi, o‟z ustida ishlashi, o‟z mukammalligi 
xususida qayg‟urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi. 
Fanda yangi yo‟nalishlar, yangicha yondoshuvlar paydo bo‟ldi. Masalan, sinergetik 
yondoshuv barcha fanlarda bo‟lgani kabi psixologiya, uning tarmoqlari hamda u 
bilan turdosh bo‟lgan fanlar misolida yaqqol namoyon bo‟la boshladi. Eslatib 
o‟tamiz, “sinergetlar” so‟zi grekcha “synergetes – xodimlar, sheriklar” so‟zlaridan 
olingan bo‟lib, sinergiya - hamkorlikdagi, hamjihatlikdagi harakat ma‟nosini 
anglatadi. Ya‟ni, inson va uning psixologiyasini o‟rganish va unga ta‟sir 
ko‟rsatishda gumanitar fanlarning hamkorlikdagi rivojlanishi yoki boshqacha qilib 
aytganda, ushbu fanlar maqsadlarining mushtarak uyg‟unlashuvi shaxs iqtidori va 
qobiliyatlarini rivojlantirishning ishonchli vositasi sifatida qaraladi.
Bundan tashqari, yangi davr fanlarini rivojlantirishga akmeologik yondoshuv 
ham mavjudki, unga ko‟ra, har bir fanning inson uchun ahamiyati va o‟rni o‟sha 
fanlarning shaxs kamolotiga qo‟shajak hissaning salmog‟ini belgilash va 
baholashni taqozo etadi. (Akmeologiya grekcha “akme - cho‟qqi, yuqori pog‟ona, 
gurkiratuvchi kuch” ma‟nolarini bildiradi va uning predmeti deganda insonning 


11 
o‟z-o‟zini rivojlantirish va o‟zligini anglashini yuqori darajalariga yetishga 
o‟rgatuvchi fanlar majmui tushuniladi). Shaxs psixologiyasini bilish, o‟z 
taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham 
optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o‟zgarishlarga psixologik jihatdan 
tayyorlikni ta‟minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro‟y berayotgan 
jarayonlarni obyektiv va to‟g‟ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini 
ilgari surdi. Shunday qilib, yangi davr har bir insondan o‟z ichki imkoniyatlarini 
adekvat bilish, shu bilimlar zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik 
dunyosini bilishni talab qilmoqda. Buyuk Suqrot o‟z davrida “O‟z-o‟zingni bil!” 
degan shiorni o‟rtaga tashlagan edi. Yangi davr bu bilimlar yoniga “O‟z 
yoningdagilarni va ularning qilayotgan ishlarini ham bil”, degan shiorni har 
qachongidan ham dolzarb qilib qo‟ydi. Ayni shu muammoni yechishda hozirgi 
zamon psixologiya ilmi va amaliyotining roli benihoya kattadir. 
An‟anaga aylanib qolgan hodisalardan biri shuki, psixologiya va u 
o‟rganadigan hodisalarni faqatgina ushbu fan bilan bevosita shug‟ullanadigan 
kimsalar o‟rganib kelishgan, zero, psixologik hodisalar bilan har qanday inson ham 
tanish bo‟lishi va u inson hayotining asosini tashkil etishi kerak. Yangi davr va 
uning o‟zgarishlarga boy hayoti endi har bir kishining psixik hodisalar 
qonuniyatlarini bilish va shunga mos tarzda oqilona va omilkorona ish yuritish 
zaruratini talab qilmoqda. 

tải về 1.55 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương