O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



tải về 1.55 Mb.
Chế độ xem pdf
trang8/103
Chuyển đổi dữ liệu08.12.2023
Kích1.55 Mb.
#55921
loạiУчебное пособие
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
Nazorat savollari: 
 
1. Psixologiya fanining bugungi kunda dolzarbligini izohlang? 
2. Psixologiya fanining predmeti nimadan iboratligigni tushuntirib bering? 


15 
3. Psixikaning namoyon bo‟lish shakllari qanday ko‟rinishlari mavjud? 
4. Psixologiyaning tarmoqlari va ularni boshqa fanlar bilan o‟zaro 
bog‟liqligini haqida fikrlarni sharhlang? 
5. AQSH va RFdagi psixologiya maktablari haqida nimalarni bilasiz? 


16 
3- MAVZU. SPORT PSIXOLOGI FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI 
 
Tayanch tushunchalar: sport etikasi, psixolog faoliyati, muommala, 
professional faoliyat, amaliy psixolog, kasbiy mas‟uliyat, psixodiagnostika, 
psixokorreksion ishlar. 
 
3.1. Sport psixologining statusi va etikasi. 
Sport psixologiyasi - sport musobaqalari va mashqlanish faoliyatida inson 
psixikasining rivojlanishi, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini 
tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Mazkur soha XX asrning 60-70-yillarida jadal 
sur‟atlar bilan rivojlana boshladi va uning ilk tadqiqotlari sportchilarning 
individual-psixologik farqlarini o„rganishga qaratilgan edi. Hozirgi davrga kelib 
esa sport psixologiyasi o„rganayotgan muammolar ko„lami kengaydi, shu boisdan 
uning asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy kamolotiga ta‟sir 
o„tkazuvchi muhim shart-sharoitlarni yaratib berishdir. Bundan tashqari sport 
psixologiyasi sportchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga, erishgan yutuqlariga 
psixologik yordam ko„rsatish jabhalari bilan ham shug„ullanadi. 
Jahon psixologiyasi fanining boy tajribasida amaliy psixologlar tayyorlash 
bo„yicha nazariy va amaliy ahamiyatga molik ijobiy, tatbiqiy ma‟lumotlar 
muayyan darajada umumlashtirilgan. O„tgan asrning 60-yillaridan boshlab AQSh, 
Angliya va boshqa shu kabi rivojlangan mamlakatlarda psixologik muammolarga 
juda katta e‟tibor qaratila boshlandi. Hozirgi kunga kelib har bir sohada psixologlar 
jalb qilingan. Har bir sohada psixolog maslahatiga ehtiyoj sezilmoqda.
Inson qalbini qanday tushunmoq kerak? Nima uchun insonlar turli xil 
qobiliyatlarga egalar? Ruh nima va uning tabiati qanday? Bunday savollar 
insonlarni asrlar davomida qiynab kelgan, ular o„zlarining savollariga javob topa 
boshlashgan. Insonni o„rganishga bag„ishlangan tadqiqotlarning yana bittasi 
B.G.Ananev tomonidan taklif qilingan bo„lib, u inson psixikasini o„rganishda 
yangi metodologik uslubni ishlab chiqqan. U insonga xos bo„lgan to„rtta asosiy 
sifatlarni ajratgan: individ, sub‟ekt faoliyati, shaxs va individullik.


17 
Umuman, bugungi kunda xalq orasida psixologlar haqida turli xil mulohazalar 
uchramoqda. Biz ularni ba‟zilarini tahlil qilishga harakat qilamiz:
1. Psixologiya − bu insonning psixik jarayonlari kechishini biladigan fandir, 
psixologlar insonning ichki ruhiy holatini yaxshi biladi.
2. Psixolog − bu insonlar bilan tez muloqotga kirisha oladigan va odamlarni 
tushuna oladigan mutaxassis hisoblanadi.
3. Psixolog − bu insonlarning xatti-harakati, hissiyotlari, boshqalarning fikrini 
boshqara oladigan va shunga maxsus o„rgatilgan insondir. U shunga xos bo„lgan 
texnikalardan foydalana oladi, masalan, gipnoz yo„li bilan.
4. Psixolog − bu o„zini yaxshi tushuna oladigan va har qanday vaziyatda ham 
o„zini boshqara oladigan inson.
5. Psixolog − bu hayot haqidagi ko„proq tasavvurlarga ega bo„lgan 
donishmanddir, uning vazifasi qiynalgan insonlarga to„g„ri yo„l ko„rsatib, hayotda 
o„z yo„lini yo„qotganlarga to„g„ri maslahatlar berilishi bilan alohida ajaralib turadi.
Psixolog − bu insonlar bilan tez muloqotga kirisha oladigan va odamlarni 
tushuna oladigan inson hisoblanadi.
Kasb tushunchasi nima ekanligini aniqlab olishimiz zarur. Taniqli psixolog 
Y.A. Klimov kasbning turli xil holatlarini quyidagicha tahlil qilgan: 
1. Kasb - bu insonlarni ma‟lum bir holatlaridagi bir xilligidir. To„g„ri, turli 
xil kasb egalarining yashash sharoitlari turlicha bo„lishi mumkin. Hattoki bitta 
kasbda ham yashash darajasi turlicha bo„lishi mumkin. Bunda ularning oldiga 
qo„ygan maqsadlari ham muhim o„rin tutadi, biroq kasblaridagi boshlang„ich 
qadriyatlar bir-biriga yaqin bo„ladi.
2. Kasb insonlarning xatti-harakatlarini ajratadigan holatdir. Bunda psixolog 
mutaxassis sifatida o„zini qanday namoyon qilishi ko„zda tutilgan. Ma‟lumki 
psixologiya sohasi hali ham o„rganilayotgan va qarimaydigan sohalardan biri 
hisoblanadi. Ularning usullari ham takomillashib bormoqda. 
3. Shaxs xususiyatlari uning kasbiy faoliyatida yaqqol ko„rinadi. Bu esa kasb 
va shaxs uyg„unligini ta‟minlashga xizmat qiladi.


18 
4. Kasb bu tarixiy rivojlanuvchi tizim hisoblanadi. “professiya” so„zi 
lotinchadan olingan bo„lib "barchaning oldida gapirmoq" so„zini beradi. Kasbning 
o„zi insonlarning yashash sharoitlariga qarab o„zgaradi. Asosan, psixologiya kasbi 
mashhur bo„lgan shaxslarning hayoti bilan bog„liq holda amalga oshirilgan.
5. Psixologiya kasbi reallikdir, bu sub‟ektning o„zini shakllanish 
imkoniyatini yaratadi. Demak, psixologiya kasbida insonlarning xatti-harakati 
orqali xulosaga kelishi mumkindir. Bunda yo„riqnomalar ish bermasligi mumkin. 
Psixologiya sohasida insonlarga yordam berish holati eng ustun jihatlardan biri 
bo„lib hisoblanadi. Kasb tushunchasidan tashqari yana bir nom mavjud, bu 
mutaxassislik hisoblanadi. Masalan, psixologiya sohasi ijtimoiy psixologiya 
mutaxassisligi bo„lishi mumkin. Umuman olganda kasb o„z ichiga quyidagi 
tavsiflarni kiritadi:
1. Bu mehnatning chegaralangan ko„rinishi bo„lib, psixolog uchun boshqa 
mutaxassislar bilan hamkorlik qilish maqsadga muvofiqdir. 
2. Bu kasb doimiy maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan holat bo„lib, bunda 
mutaxassislar doimiy tarzda malakalarini oshirishlari talab qilinadi. 
3. Bu ma‟lum bir maqtovlar, taqdirlash usullari kerak bo„lgan kasblardan biri 
hisoblanadi. 
4. Jamiyat uchun foydali bo„lgan kasblardan biri hisoblanadi.
5. Bu kasb insonlarga ma‟lum bir statusni berishi mumkin.
Hammaga ma‟lumki, ko„pgina insonlar o„zlarini yaxshi psixolog deb 
hisoblashadi, ularning bu fikrga kelganliklariga sabab ular insonlar bilan muloqot 
qilishadi, boshqalarga hamdard bo„la olishadi. Hayotiy psixologiya insonlarning 
hayotida kerak bo„lgan sohalardan biri hisoblanadi, hattoki haqiqiy psixologlar 
ham bir necha bor hayotiy psixologiyaga murojaat qilishadi.

tải về 1.55 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương