O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Fanda yuzaga kelgan yangi yoʻnalishlar va yangicha yondoshuvlar



tải về 1.55 Mb.
Chế độ xem pdf
trang4/103
Chuyển đổi dữ liệu08.12.2023
Kích1.55 Mb.
#55921
loạiУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

1.2. Fanda yuzaga kelgan yangi yoʻnalishlar va yangicha yondoshuvlar. 
Psixologiya fan sifatida shakllanib, unda olimlar qarashlari shakllanib borgan 
sari, ruhiy kechinmalar tabiyatini negizidan, ich-ichidan o‟rganishga ehtiyoj paydo 
bo‟ldi. XX asrning boshlarida paydo bo‟lgan psixoanaliz yo‟nalishi fandagi aynan 
shu kamchilikni bartaraf etish maqsadida paydo bo‟ldi. Klassik psixoanalizning 
asoschilaridan bo‟lgan avstriyalik olim Zigmund Freyd psixologiya nafaqat ong 



sohasini, ya‟ni bevosita odam tomonidan anglanadigan xulq-atvor shakllarini, balki 
ongsizlikka aloqador hodisalarni, ya‟ni real sharoitda inson o‟zi anglab 
yetolmaydigan hodisalar tabiatini ham o‟rganishi lozim degan g‟oyani ilgari surdi. 
Freyd ikkita asosiy narsaga e‟tiborni qaratdi: 
Birinchi. Har qanday psixik jarayon yoki holat ongli, ongoldi va ongsiz 
bosqichlarda yoki holatlarda ro‟y beradi. Shaxs tizimida ham bu uchchala 
bosqichning o‟rni bo‟lib, ular “Id (U) → Ego (Men) → Superego (Mendan oliy)” 
bo‟laklarda ifodalanadi. 
Id – psixik energiyaning o‟ziga xos zahira joyi bo‟lib, undagi jarayonlar inson 
tomonidan anglanmasa-da ongli hayotga ularning ta‟siri katta. 
Ego – tashqi olam bilan bog‟langan, uning ta‟sirlariga beriluvchan shaxs 
xususiyatlarini o‟zida mujassam etadi va doimo “Id”ni siqib chiqarishga harakat 
qiladi. Shaxs kamol topib, jamiyat normalarini o‟zlashtirib borgani sari “Id”ga 
tobelikdan qutulib borsa-da oxirigacha buning uddasidan chiqa olmaydi. 
Superego – o‟z navbatida “Ego”dagi mavjud ijtimoiy tasavvurlar va xulqiy 
odatlar ta‟sirida rivojlanadi. Ya‟ni, odam kishilik jamiyatida yashagan sari undagi 
e‟tiqod, ideallar, individual “vijdoniga havola” xislatlardir. Insonda 
yuqoridagilarning qay biri kundalik xulq normalarida ustivor bo‟lishiga qarab, 
uning jamiyatdagi mavqyei belgilanadi. 
Ikkinchi. Inson xulq-atvorini va uning amallarini boshqarib turadigan psixik 
energiya ham borki, oxir-oqibat u shaxsning qiyofasini belgilab beradi. Boshqacha 
qilib aytganda, ehtiyojlarni qondirishga undovchi kuchlar – “libido” hamda 
“agressiv” energiyalar ham mavjuddir. Bu kuchlar shaxsning ma‟naviy va aqliy 
salohiyatini ta‟minlash maqsadida psixik quvvatni taqsimlovchi mexanizmlar rolini 
o‟ynaydi. Odatda hadiksirash, doimiy xavotirlanish, psixoemosional qoniqmaslik 
kabi omillar ana shu taqsimotning nomuvofiqligidan kelib chiqadi. 
Freydizmning jahon ilmi va malakiyoti uchun ta‟siri shu qadar katta bo‟ldi-ki, 
jamoadagi yoki guruhiy ongsizlik g‟oyasini ilgarni surgan K.Yung hamda 
individual psixologiyani targ‟ib etgan A.Adler va ularning izdoshlari bu 
konsepsiyani yanada rivojlantirishga o‟z hissalarini qo‟shdilar. Bu nazariya va 



konsepsiya hanuzgacha shaxs psixologiyasini, psixoanaliz esa psixoterapiyani 
o‟rganishda asosiy metodlardan biri sifatida qo‟llanilib kelinmoqda. 
Yuqorida ta‟kidlangan strukturalizm, funksionalizm, bixeviorizm, freydizm 
oqimlari jahon psixologiya ilmining shakllanishiga asos bo‟lgan bo‟lsa, ular 
ta‟sirida shaklangan boshqa o‟nlab: assosiativ psixologiya, geshtaltpsixologiya, 
gumanistik 
psixologiya, 
ekzistensial 
psixologiya, 
kognitivizm, 
ramziy 
interaksionizm kabi yo‟nalishlar uning qator masalalarini hal qilishga o‟z hissasini 
qo‟sha oldi. Eng muhimi – XX asrga kelib, psixologiyaning tadbiqiy sohalari 
paydo bo‟ldi-ki, endi qo‟lga kiritilgan yutuqlar bevosita ta‟lim, tarbiya, sanoat, 
biznes, marketing xizmatlari, boshqaruv, sog‟liqni saqlash, huquqbuzarlikni oldini 
olish sohalarga dadil joriy etila boshlandi. XXI asrning birinchi yiliga kelib
psixologiya nazariy, tahliliy fandan bevosita amaliyotning ehtiyojlarini 
qondiruvchi tadbiqiy fanga aylandi. Bugun bozor munosabatlariga bosqichma-
bosqich o‟tilayotgan O‟zbekiston misolida ham psixologiya fanining jamiyatni 
erkinlashtirish va barqarorlashtirish borasida, inson omili imkoniyatlarini yanada 
yuksaltirish, uning tafakkur tarzini erkinlashtirish jarayonida roli ortib bormoqda. 
Lekin u bu yuksak vazifalarni bir o‟zi, o‟z tadqiqot metodlari yoki to‟plagan 
empirik materallarigagina tayanib bajara olmaydi. Bu o‟rindagi fanlar 
kooperasiyasi va boshqa turdosh fanlar bilan bevosita aloqasi amaliy ahamiyatga 
ega bo‟ladi. 
XX asr shu bilan xarakterli ediki, u turli fanlar oldiga konkret topshiriqlar 
qo‟ya boshladi. Shuning uchun psixologiya fani oldida tadqiqotlar asosida 
psixologik qonuniyatlarni asoslash vazifasi turar edi. Ikkinchidan esa, Amerikada 
ko‟pgina psixologlar o‟z tadqiqot obyektlarini laboratoriyalarda ayrim psixik 
jarayonlarni o‟rganishdan kichik guruhlarga ko‟chira boshladilar. Bu davrda 
psixologiyada shakllanib bo‟lgan uch asosiy oqim (psixoanaliz, bixeviorizm va 
geshtalt psixologiya) ichida ham ijtimoiy xulq-atvorni kichik guruhlar doirasida 
o‟rganish tendensiyasi paydo bo‟ldi. Bunda asosiy diqqat kichik guruhlarga va 
ularda turlicha eksperimentlar o‟tkazishga qaratilgan edi. Bunday holatning paydo 



bo‟lganligi ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishida nihoyatda katta rol 
o‟ynadi. 
Geshtald psixologiya yo‟nalishi negizida maxsus ijtimoiy-psixologik 
yo‟nalishlarning - interaksionizm va kognitivizmning paydo bo‟lganligi esa bu 
fanning eksperimental ekanligini yana bir bor isbot qildi. 
Bixeviorizm 
yo‟nalishlari 
doirasida 
o‟tkazilgan 
ijtimoiy-psixologik 
tadqiqotlar avvalo amerikalik olimlar K.Xall va V.Skinnerlar nomi bilan bog‟liq. 
Ular va ularning izdoshlari hisoblangan K.Miller, D.Dollard, J.Tibo, G.Kelli va 
boshqalar diada - ikki kishi o‟rtasidagi munosabatlarning xilma-xil eksperimental 
ko‟rinishlarini tadqiq qilib, ularda matematik o‟yin nazariyasi elementlarini 
kuzatdilar. 
Diada 
sharoitida tajribada o‟tkazilgan tadqiqotlarda asosan 
mustahkamlash g‟oyasini isbot qilishga urinildi. Klassik bixeviorizmdan farqli 
o‟laroq ijtimoiy-psixologik bixevioristlar hayvonlar o‟rniga laboratoriyaga naqd 
pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning g‟oyasida 
biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi hayvonlarda to‟plangan dalillar modelini 
insonlarda qo‟llash hollari kuzatildi. 
Psixoanaliz doirasida esa ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar E.Fromm va 
J.Salliven ishlari bilan bog‟liq bixevioristlardan farqli o‟laroq bu yerda 
eksperimentlar ikki kishi emas, balki ko‟pchilik ishtirokida o‟tkazila boshladi. 
Ularning izdoshlari (V.Bayon, V.Bennis, G.Sheparde, V.Shutk) o‟tkazgan 
tadqiqotlar tufayli hozirgi kunda ham katta qiziqish bilan o‟rganilayotgan kichik 
“T” guruhlar psixologiyasi yaratildi. Unda guruh sharoitida bir odamning 
boshqalarga ta‟siri, guruhning ayrim individlar fikrlariga ta‟siri kabi masalalar 
ishlab chiqildi va ijtimoiy-psixologik treninglar o‟tkazishga asos solindi. 
Kognitivizm. K.Levin nazariyasi asosida paydo bo‟lgan psixologik yo‟nalish 
bo‟lib, undagi o‟rganish obyekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish 
jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo‟lgan kognetiv holatlar bo‟ldi. Kognitizm 
doirasida shunday mukammal, boshqalarga o‟xshamas nazariyalar yaratildiki, ular 
hozirgi kunda ham o‟z ahamiyatini yo‟qotgani yo‟q. Masalan, F.Xayderning 
balanslashtirilgan tizimlar nazariyasi, T.Nyukomning kommunikativ aktlar 



nazariyasi, Festingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshqalar shular 
jumlasiga kiradi. Ulardagi asosiy g‟oya shundan iboratki, shaxs o‟ziga o‟xshash 
shaxslar bilan muloqotga kirishar ekan, doimo munosabatlarda ruhiy mutanosiblik 
tenglik bo‟lishiga, shu tufayli ziddiyatlardan chiqishga harakat qiladi. Maqsad - 
turli ijtimoiy sharoitlarda shaxs xulq-atvorining psixologik sabablarini tushuntirish 
va ziddiyatlarning oldini olish uchun yo‟l-yo‟riqlar ishlab chiqishdan iborat. 
Hozirgi davrda ham taniqli ijtimoiy psixologlar Olport, Maslou, Rodjers va 
ularning safdoshlari gumanistik psixologiya doirasida bu ishlarni faol davom 
ettirmoqdalar. 
Navbatdagi nazariya interaksionizm bo‟lib, bu aslida sosiologik nazariya 
bo‟lib hisoblanadi. Uning asoschisi Gerbart Mid bo‟lib, uning qarashlari ta‟sirida 
T.Sarbinning rollar nazariyasi, G.Xaymen va R.Mertonlarning referent guruhlar 
nazariyasi, F.Gofmanning ijtimoiy dramaturgiya nazariyalari shakllandi. Ular turli 
ijtimoiy sharoitlardagi xulq-atvorlarni tushuntirish orqali shaxs ijtimoiy-psixologik 
sifatlarining sabablarini topishga harakat qildilar. Har bir shaxs doimo ijtimoiy 
o‟zaro ta‟sir tizimida mavjud bo‟ladiki, unda u to‟g‟ri harakat qilish uchun 
o‟zgalarni tushunishga harakat qilishi, o‟zgalar rolini qabul qilishga tayyor bo‟lishi 
lozim. Lekin o‟zgalar rolini to‟g‟ri qabul qilish uchun unda “umumlashtirilgan 
o‟zga” obrazi bo‟lishi lozimki, bu obraz shaxslararo muloqot jarayonida, har bir 
shaxs uchun ibratli bo‟lgan kishilar guruhi bilan muloqotda bo‟lish jarayonida 
shakllanadn. 

tải về 1.55 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương