O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



tải về 1.55 Mb.
Chế độ xem pdf
trang14/103
Chuyển đổi dữ liệu08.12.2023
Kích1.55 Mb.
#55921
loạiУчебное пособие
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

 
Nazorat savollari: 
1. Psixologning ixtisoslikka o„z o„zini-o„zi tayyorlashning mazmuni va shakli 
nimalardan iborat?


29 
2. Psixologiya institutlari ilmiy faoliyatining xarakteristikasi haqida tushuncha 
bering? 
3. Psixik jarayonlar, irodaviy jarayonlar, hissiy jarayonlar deganda nimani 
tushunasiz? 
4. Amaliyotchi psixolog vazifalari nimalardan iborat? 
5-MAVZU. PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI. 
 
 
Tayanch tushunchalar: shaxsning individual psixologik xususiyatlari
temperament, xarakter, qobiliyat, psixika, psixik hayot, psixik mahsullar.
 
5.1. Psixologiya fanining predmeti va uning fanda asoslanishi. 
Jahon fanlarining ma‟lum qonuniyatlariga asoslangan holda psixologiya fani 
muayyan turkumga kiritilgan. Chunki, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o„rin 
egallashiga barcha ob‟ektiv shart-sharoitlar yetarli. Bunday qat‟iy ishonch bilan 
aytilgan fikr zamirida bir qator muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar mavjud. 
Zero, psixologiya fani insoniyat tomonidan kashf qilingan fanlarning ichida 
eng murakkabligi bois, biosferik ta‟limotdan kelib chiqqan holda, psixika yuksak 
darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya sifatida 
o'rganilib kelindi. Lekin bugungi kunda neosferik ta‟limotga binoan fazoviy 
munosabatlar, sayyoralararo aloqalar, o'zaro ta‟sirlar, moddalar, zarrachalar, nurlar 
harakati, almashinishi, qo„shilishi to„g‟risida faraziy asosda bo‟lsa ham 
mulohazalar yuritilmoqda. Psixologiya inson shaxsidagi psixologik xolatlar
xususiyatlar, jarayonlar haqidagi dastlabki bilimlar majmuasini berishga qaratilgan 
bo‟lib, bunda muloqot, faoliyat, shaxs, bilish jarayonlari shaxsning hissiy-irodaviy 
motivatsion sohasi, shaxsning individual psixologik xususiyatlari kabi sohalardan 
iborat.
Psixologiya fanining predmetini tahlil qilishda asosiy e'tiborni quyidagilarga 
qaratish lozim. Jumladan, shaxs haqida fikr yurituvchi fanlar sirasiga psixologiya 
va pedagogika fanlarini kiritish mumkin. Shunga ko‟ra pedagogika shaxsni ta'lim-
tarbiya jarayonida kamol topishini tadqiq qilsa, psixologiya shaxsda kechadigan 


30 
ruhiy jarayonlarni o‟rganadi. Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, psixologiya 
fanining predmetini - shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil 
qiladi. Psixologiya so‟zining lug‟aviy ma'nosi grekcha psyuxe - jon, ruh, logos - 
fan, ta'limot degan ma'noni anglatadi. Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, 
ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o‟rganadi. Psixologiya asosan psixikani 
keng doirada tadqiq qiladi. Shunga ko‟ra psixikaning yuzaga keltiruvchi asosiy 
psixik faoliyatlari ko‟rsatilgan. Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o‟z 
ichiga oladi: 
- bilish jarayonlari: diqqat, sezgi, idrok, xotira, xayol, nutq, tafakkur; 
- shaxsning, hissiy, irodaviy sohasi: - hissiyot, iroda; 
- shaxsning individual psixologik xususiyatlari: temperament, xarakter, 
qobiliyat. 
Psixik hayot hodisalari juda xilma-xil, ammo bir-biri bilan o„zaro bog„langan 
bo„ladi. Psixologiyaning vazifasi ana shu bog„lanish va munosabatlarning 
qonuniyatlarini ochib berishdir. Psixik hodisalar va butun psixika rivojlanib kelgan 
va xozirda ham rivojlanmoqda. Psixologiya fanining ma‟lumotlaridan amaliy 
maqsadda va avvalo ta‟lim-tarbiya ishida, shuningdek, ishlab chiqarishda mehnatni 
tashkil etish va ixchamlashtirishda tibbiyotda, san‟at va shunga o„xshash sohalarda 
foydalanmoq uchun psixikaning taraqqiyot qonuniyatlarini bilish kerak. Shunday 
qilib psixologiya psixik hayot sohalari yoki, qisqacha qilib aytganda, psixikadan 
bahs yuritadi.

tải về 1.55 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương