O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



tải về 1.55 Mb.
Chế độ xem pdf
trang2/103
Chuyển đổi dữ liệu08.12.2023
Kích1.55 Mb.
#55921
loạiУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

    Điều hướng trang này:
  • KIRISH
 
 
Taqrizchilar: 
 
 
Sh.R. Barotov - 
Psixologiya fanlari doktori, professor, Xalqaro psixologiya fanlari 
Akademiyasi haqiqiy a‟zosi (akademigi). 
E.Z. Halimov - 
Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
 
 
 



KIRISH 
 
Insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo„lib, 
ajdodlarimiz ma‟rifat va madaniyatni yosh avlodga o„rgatish, ularni komillikka 
yetaklash yo„llari aniqlash maqsadi izlanishlar olib borilgan. Psixologik bilimlarni 
ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tatbiq etish ko„lami kengayib borishi uning 
mas‟uliyati va nufuzi ortayotganligidan dalolat beradi.
Mamlakatdagi iqtisodiy-iijtimoiy islohotlarning samarali bo„lishini taminlash, 
ishlab-chiqarishda va ijtimoiy hayotning barcha bo„g„inlarida inson omilidan 
samarali foydalanish, har bir ijtimoiy shaxs imkoniyatlarini to„la-to„kis yuzaga 
chiqarish masalasi O„zbekiston psixologlari oldiga umumiy psixologiya bilan 
bog„liq bir qancha vazifalarni amalga oshirishda mas‟uliyatni yuklaydi. 
Inson tom ma‟noda ijtimoiy mavjudot bo„lganligi bois uning shakllanishi va 
shaxs sifatida taraqqiyoti eng avvalo unga ta‟sir etuvchi obyektiv va subyektiv 
olamning o„ziga xos imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu imkoniyatlar tizimini 
o„rganish va tadqiq qilish bugungi psixologlar oldida turgan eng muhim 
vazifalardan biri bo„lib qolmoqda. Ushbu o‟quv qo‟llanmada umumiy 
psixologiyaga kirish, shaxs va uning individual-tipologik xususiyatlari, bilish 
jarayonlari yuzasidan nazariy va amaliy tahlillar keltirilgan. Aynan mazkur 
masalalarni keng doirada tadbiq qilish zamon talablariga javob bera oladigan
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Albatta buning uchun insonlar 
psixologiyasini bilish, ularda kechadigan psixologik o„zgarishlarni anglagan holda 
yondashishni talab qilmoqda. Bu jarayonda o„z navbatida psixologik bilimlarga 
bo„lgan yehtiyojni ortib borishini ko„rishimiz mumkin. Chunki insonlar haqidagi 
bilmlarni qo„lga kiritish uchun avvalo psixologik bilimlardan xabardor bo„lishi 
lozim. O‟quv qo‟llanma dastur tarkibiga kiruvchi mavzular “Umumiy psixologiya” 
fanini to„liq va batafsil ochib beruvchi tushunchalar, ko„nikmalar hamda ilmiy 
mushohadalarni o„z ichiga oladi. Mazkur o‟quv qo‟llanma hozirgi zamon 
psixologiyasining eng yangi yutuqlari, ilmiy mushohadalariga tayanuvchi nazariy 
va amaliy bilimlar, tamoyillar asosida yaratilgan.

tải về 1.55 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương