Namangan davlat universiteti


Dimetrik proyeksiyalarni oʻqitishda zamonaviy oʻqitish metodlaridan foydalanish



tải về 0.8 Mb.
trang10/11
Chuyển đổi dữ liệu08.04.2024
Kích0.8 Mb.
#57122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
aksonometriya

2.3. Dimetrik proyeksiyalarni oʻqitishda zamonaviy oʻqitish metodlaridan foydalanish.
Qiyshiq burchakli frontal dimetriya. Kubning bir tomonini frontal proyeksiyalar tekisligi V ga parallel joylashtirib, aksonometrik proyeksiya tekisligi P ga proyeksiyalaymiz (proyeksiyalash jarayoni 27.1-chizmada ko‘rsatilgan). Bu yerda, proyeksiyalash nurlarini Oy o‘q uchun P V tekisligiga perpendikular olinsa, Oy o‘q P ga nuqta ko‘rinishida proyek- siyalanadi. Shunga ko‘ra, proyeksiyalash nurlarini Oy uchun P ga ikki marta qisqartirib proyeksiyalanadigan b y 45° burchak ostida qiyshiq olinadi. Y Shuning uchun ham bu proyeksiya qiyshiq burchkli frontal dimetrik proyeksiya deyiladi.
Bu proyeksiyani qiyshiq burchakli dimetriya yoki frontal dimetriya deyish ham mumkin. Dimetriya – yunoncha, ikki marta kam o‘lchash degan ma’noni beradi. Jism bir tomoni bilan V ga parallel joylashgani uchun ham frontal dimetriya deyiladi.
Frontal dimetriyada kubning bir tomoni aksonometriya tekisligi P ga parallel joylashtirilganda, kubning V tekisligiga parallel yog‘i o‘zining haqiqiy kattaligida tasvirlanadi. Bu yerda kubning yon tomon qirralari Ox va Oz larga haqiqiy o‘lchamida qo‘yiladi. Oy o‘qqa esa uning teng yarmisi o‘lchab qo‘yiladi. Shunda kub ikki yog‘i bilan kvadrat, boshqa yoqlari parallelogramm shaklida tasvirlanadi
Frontal dimetriyada o‘qlarning joylashishi. Bunda x va o‘qlar o‘zaro 90° burchakda, y o‘q esa u burchakni teng ikkiga bo‘lib o‘tadi (27.2-chizma, a). Bu o‘qlarni 27.2-chizma, b dagidek x ning davomiga 45° burchakda yoki uchburchakliklar yordamida 27.2-chizma, dagidek chizish mumkin. x va o‘qlar to‘g‘ri burchakni tashkil qilmaganligi uchun H va W ga jismning parallel tomonlari ikki marta qisqartirib tasvirlanadi. Demak, x va z o‘qlarga jism olchami 100 foiz o‘lchab qo‘yilsa, y o‘qqa uning 50 foizi o‘lchab qo‘yilar ekan.
To‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiya. Kubni 27.3-chizma, a dagidek aksonometrik proyeksiyalar tekisligi P ga nisbatan bir xil qiyalikda joylashtirib, unga kub uchlari orqali proyeksiyalash nurlarini perpendikular qilib o‘tkazilsa, kubning to‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiyasi hosil bo‘ladi. To‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiya qisqacha izometriya ham deyiladi.ˡ
Maktab chizmachilik kursida o‘quvchilar aksonometrik proyeksiyaning ikki turi - qiyshiq burchakli dimetrik proyeksiyalar va to'g'ri burchakli izometrik proyeksivalami o‘ rganadilar. Ma’lumki, kasb-hunar kollejlarining muhandislik grafikasi fanlari chuqur o‘rganiladigan yo‘nalishlarida aksonometrik proyeksiyalar mavzusiga alohida m a’ruza va amaliy mashg‘ulotlar ajratiladi. Shu yo’l bilan ushbu tasvir yasash usullarini chuqur nazariy asoslari o ‘rganiladi. Yuqoridagilami hisobga olib mavzuni o’rganish metodikasiga birmuncha kengroq to'xtalamiz. Darsda aksonometrik va kompleks chizmalami o ‘quvchilar bilan birgalikda tahlil qilish o‘quvchilaming mavzuni oson o ’zlashtirishlariga hamda kompleks va aksonometrik tasvirlar o‘rtasidagi chuqur bog‘lanishlar osonlashtiradi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo'llashga qiziqish ortib bormoqda. Bunda, asosan hozirgacha o‘quvchilar tayyor bilimlami egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ulami egallayotgan bilimlami o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga va imkoni boricha xulosalami ham o‘z!ari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. o‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda bosbqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi, Bunday ta’lim jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi. imovatsiya - inglizcha so‘z bo‘lib, yangilik kiritish, yangilik ma'nolarini bildiradi.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘quvchi va pedagog faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to ‘liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar — bu jamoa bo'lib fikrlashga asoslanadi va pedagogik ta’sir etish usullari bo‘lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlaming o ‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchining birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. Chizmachilik o‘qituvchisidan ham zamonaviy texnologiyalami bilish va ulardan o‘zining kasbiy faoliyatida o‘rinli foydalana olish malakalariga ega bo’lishlik talab qilinadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar maxsus fan sifatida o‘qitilishi uchun biz bu haqda batafsil to‘xtalmaymiz. Umumta’lim maktablaridagi chizmachilik darslari o‘zining xususiyatlariga ko‘ra boshqa fanlardan birmuncha farqlanadi. O’rganilgan ma’lumotlaming asosiy qismlari bo‘yicha o‘quvchilar individual grafik ishlami bajaradilar va ulami tekshirish jarayonida o‘qituvchi har bir o'quvchi bilan individual ishlashiga to‘g‘ri keladi. Amalda o‘quvchi chizmachilik fanini o'qituvchi rahbarligi va nazorati ostida maxsus jihozlangan chizmachilik kabinetida o‘rganadi. Darsda o'qituvchining nazariy ma’lumotlami tushuntirganidan keyin shu mavzu bo‘yicha o‘quvchilar ish daftarlarida grafik ish bajaradilar. o‘qituvchi har o‘quvchining qobiliyat va imkoniyatlarini yaxshi biladi va uni o ‘quv jarayonida hisobga olishi yaxshi samara beradi. Lekin o ‘quvchilar bilan individual shug‘ullanish vaqti chegaralangan. o‘qituvchi har bir o‘quvchining ishini kuzatish va ularga chizma bajarishning ratsional yo‘llarini ko’rsatish, mavzuning qiyin joylarini tushuntirish hamda bajarilgan ishlami tekshirish imkoniyatiga ega. Shuning uchun o‘qituvchining darsni tashkil qilishiga ko'p narsa bog’liq.
Chizmachilik darslari maxsus jihozlangan chizmachilik kabinetlarida o'tiladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Chizmachiiik kabinetlarini jihozlash keyingi mavzularda ko’rilishi sababli bu yerda u haqda to‘xtab o‘tilmaydi. o‘qituvchining diqqat markazida hamisha o‘quvchilarda amaliy grafik ish bajarish malakalarini shakllantirish asosiy vazifa ekanligi turishi kerak. Dars turi ham shundan kelib chiqib tanlanishi zarur. Ta’lim metodlarini tanlashda albatta chizmachiiik fanining xususiyatlarini e'tiborga olish kerak. Yangi mavzuni o‘rganishda o‘quvchilarga «Hammasi tushunarlimi?» yoki «Hamma tushundimi?» qabilidagi savollar bilan murojaat qilish yaramaydi. Chunki, kamdan kam odam o‘zining tushunmasligini tan oladi. Shuning uchun «Ushbu kesimni hosil qiluvchi tekislik qanday vaziyatda joylashgan?», «Konus sirtidagi A nuqtaning gorizontal proyeksiyasi qanday topiladi?», yoki «Pog‘onali va siniq qirqimlar qanday hosil qilinadi» kabi aniq savollar bilan murojaat qilish kerak. 1
Ayniqsa o‘qituvchi doskada chizma bajarish jarayonida to‘xtab, o‘quvchilarga «Keyingi yasashlami qanday bajaramiz?» yoki «Ushbu detal chizmasini bajarishda nechta ko'rinish zarur bo‘ladi?» kabi savollami tashlashi yaxshi samara beradi. Savolning bunday qo‘yilishi o‘quvchilarni bajarilayotgan ish yechimini topishning faol ishtirokchilariga aylantiradi va ulami o‘ylanib, taxminiari ichidan eng to‘g‘rirog‘ini tanlashga o‘rgatadi. Savollami butun sinfga ham, yoki alohida o'quvchining o‘ziga ham berish mumkin. Masalan, «Toshmatov, ushbu ko’rinishda qaysi qirraning uzunligi qisqarib tasvirlangan va nima uchun?». Bu shuni ko‘rsatishi mumkin-ki, Toshmatov darsdan chalg'igani uchun o‘qituvchi uni mavzuni tinglashga jalb qildi. Demak, o'qituvchi dars jarayonida o‘zining darsni tushuntirishiga yoki hikoyasiga ortiqcha berilib ketmasligi kerak. O‘qituvchi mashg‘ulot davomida sinfdagi o‘quvchilaming darsga munosabatlarini doimiy nazorat qilishi, o'quvchilar diqqatini jalb qilish qobiliyatini egallagan bo‘lishi kerak. Eng sodda klassifikatsiya bo‘yicha dars mashg‘ulotlari og'zaki, ko'rgazmali va amaliy metodlarga bo'linadi.
Chizmachiiik darslarining og‘zaki ko‘rinishiga o^qituvchining ma’ruza-suhbat shaklidagi materialni bayon qilishi. sinfdoskasida mavzuga tegishli chizmalami bajarishi hamda o‘quvchilaming o‘quv qo‘llanmalari va ma’lumotnomalardan foydalanib mustaqil ishlarini ko'rsatish mumkin. Dars davomida plakat, o‘quv jadvallari, modellar, natural obyektlar, elektron versiyalar kabi o'quv ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanish ko'rgazmali metodlarga kiradi. o‘quvchilaming eskiz va chizmalami, olingan bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan www.ziyouz.com kutubxonasi turli grafik mashqlami mustaqil o‘qishlari va bajarishlari amaliy metodiarga kiradi. Bu metodlaming hammasida ikki tomonlama jarayon: o*qituvchi-o‘quvchi muloqoti yetakchi o‘rinda turishi kerak. O‘qituvchi ta’limning tashkilotchisi sifatida asosiy o ‘rinda turadi. O‘qituvchi chizmachilik o’qitish jarayonida ko‘pincha o‘quvchilarga notanish boMgan tushuncha va atama (termin)lami ishlatishiga to‘g ‘ri keladi. O‘quvchilar chizmachilikni o‘rganishlari uchun bu tushunchalarni puxta o'zlashtirib oüshlari zarur bo’ladi. Ikkinchi tomondan eslab qolish kerak bo’lgan notanish atamalaming ko‘pligi, nazariy tushunchalarni amaliy grafik faoliyat davomida mag‘zini chaqishga zaruriyat paydo bo‘lishi o'quvchilaming fanni o‘zlashtirishlariga bo’lgan ishonchini pasaytirishi mumkin. Lekin o‘quvchilar bu tushunchalarni puxta o‘zlashtirmasdan chizmachilikni o‘rganaolmaydilar. Shulami e’tiborga oladigan bo‘lsak o‘qituvchi oldida chizmachilik fani tushuncha (atama)larining miqdor va sifat muammosi paydo bo’ladi.
Chizma terminlari yetarlicha ko‘p bo’lib, ular mavzular bo‘yicha teng taqsimlanmagan va buning iloji ham yo‘q. Chizmachilikdagi termin va tushunchalarni shartli ravishda uchta: geometrik, proektsion va texnik guruhlarga bo’lish mumkin. Geometrik tushunchalarga. gorizontal, vertikal, parallel, qirra, yoq, uch, kesma, nur, tekisliklar orasidagi burchak, geometrik jismlaming nomlari va b. kiradi. Asosiy proyeksion tushunchalarga proyeksiyalash jarayonini nazariy tahlil qilish bilan bog’liq bo’lgan barcha tushunchalar, yordamchi proyeksion tushunchalarga chizma bajarish va uni taxt qilish bilan bog’liq bo’lgan terminlar (chizma anjomlari, DST elementlari, chiziq turlari, oMchamlar, shartli belgilashlar va h.) kiradi. Chizmachilikdagi texnik terminlar (detal va yig‘ish birliklarining nomlari bilan bogMiq boMgan atamalar) texnik tushunchalar hisoblanadi. Chizmachilikdagi tushunchalarni murakkabligi, aniqllk darajasi yoki mavhumligi va boshqa sifatlari bo‘yicha klassifikatsiyalab chiqilsa bu ayniqsa yosh o'qituvchilar uchun katta metodik yordam bo’lar edi. Yuqorida chizmachilikda qo'llaniladigan geometrik tushunchalar haqida to‘xtalib o‘tildi. Proeksion tushunchalarni ham shu shaklda guruhlarga ajratib, tahlil qilib chiqish mumkin. Chizmachilik tushunchalarining ushbu ko‘rinishdagi tahlil qilinishi o‘quvchilaming ulami dars jarayonida ongli ravishda o‘zlashtirishlariga ko‘maklashadi


XULOSA

Grafik tasvirga bo'lgan ehtiyoj ibtidoiy jamoa davrida paydo bo'la boshlagan. Ibtidoiy odamlarning bizgacha saqlangan mehnat qurollari va buyumlarida qo'llanilgan bezaklar hamda qoyatoshga o'yib ishlangan ko'plab tasvirlar bundan guvohlik beradi.Hali harfiy yozuvlar paydo bo'lmasdan avval kishilar o'z fikrlarini ifodalash uchun «tasviriy» yozuvlardan, ya’ni grafik tasvirlardan foydalanganlar. Ishlab chiqarish, buyum-texnika, madaniyat va san’at taraqqiy etgan sari grafik tasvirlar ham sekin-asta rivojlanib va takomillashib borgan.Qadimgi sharq mamlakatlari, shu jumladan O’rta Osiyoning Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa shaharlaridagi noyob arxitektura yodgorliklari va inshootlarini qadimgi me’morlar o'ziga xos chizmalardan foydalanib qurishganligi bizga tarixdan ma’lum.Ayiniqsa mamlakatimiz mustaqillikga erishgan davrdan boshlab o’tgan 24 yil moboyinida barcha soxalarda bo’lgani kabi arxitektura va qurilish soxalarida ham ancha yangiliklar bo’lmoqda. Bundan tashqari ushbu yunalishda kompyuterlardan keng foyidalanmoqda, bu esa hozirgi zamon yoshlari oldiga yuksak vazifalar qo’ymoqda.Maktab o’quvchilariga Aksonometriya chizishni, unda qirqimlarni tasvirlashni o’rgatishda eng avvalo o’quvchlarga oddiydan murakkabga tamoyiliga amal qilib ya'ni nuqta, to'g'ri chiziq va tekis shakllarning aksonometrik proyeksiyalarini yasashdan boshlab, so’ngra murakkab detallar aksonometriyasini va undagi qirqimlarni tasvirlashga o’rgatilsa hamda iloji boricha ushbu jarayon vaqtida detallarning yaqqol tasvirlari tushurilgan ko’rgazmali qurollar bilan bir qatorda detallar asosida chizma bajarishni o’rgatilsa maqsadga muofiq bo’ladi deb hisoblayman.


Men o'zimning kurs ishimda “Aksonometrik proyeksiyalarda qirqimlarni tasvirlash bo'yicha umumiy tushunchalar berishni bayon etdim. Chizmachilik darslarini mavzuga oid misollar bilan yoritdim. Shu bilan birga dars samaradorligini oshirish yo'llariga doir taxlillar olib bordim va bu bo’yicha bir soatlik samarali dars ishlanmasini ishlab chiqdim. Men o'z malakaviy Kurs ishimda oldimga qo'ygan maqsadimga erishdim.



tải về 0.8 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương