Fakulteti 3-kurs 308-guruh talabasi Xolliyeva Zilolaning



tải về 90.65 Kb.
trang1/8
Chuyển đổi dữ liệu29.01.2024
Kích90.65 Kb.
#56490
  1   2   3   4   5   6   7   8
XolliyevaZilola
Holidays in Great Britain

O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


O’ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI
JISMONIY MA’DANIYAT SPORT VA MAKTABGACHA MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
3-kurs 308-guruh talabasi Xolliyeva Zilolaning
Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan

KURS ISHI


Mavzu: Qoidali o’yinlar. Didaktik o'yin turlari

Ilmiy rahbar: F.To’raqulova.


Bajardi: Z.Xolliyeva.
Samarqand 2024
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………..……………………..3
I BOB O’YINNING BOLA FAOLIYATIDAGI MOHIYATI VA O’ZIGA XOSLIGI………..……………………………………………..…….5
1.1. O’yinning maktabgacha ta’lim pedagogik jarayondagi o’rni………….….5
1.2. Qoidali o’yinlar.Didaktik o’yin turlari, .………………………….………10
II BOB MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA DIDAKTIK O’YINLAR VA ULARNING MAZMUN MOHIYATI.…………………15
2.1. Guruhlarda didaktik o’yinlarni tashkil qilish usullari.…………………………..................................................................15
2.2. Maktabgacha ta’lim tizimida o’yin texnologiyasining maqsad va vazifalari……..............................................…………..................................25
Xulosa va tavsiyalar……….………...………………………………………..33
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………….34
Ilovalar

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha ta’lim tashkilotilaridagi
ta’lim–tarbiya jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, tashkilotilarni zamonaviy bilimlar bilan qurollangan tarbiyachilar bilan toʻldirish hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlarning muhim yoʻnalishlaridan biridir. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati,
ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi. Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotilariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotilari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda Respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotilarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o‘rganilmaganligi.

tải về 90.65 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương