Fakulteti 3-kurs 308-guruh talabasi Xolliyeva Zilolaning


Maktabgacha ta’lim tizimida o’yin texnologiyasining maqsad va vazifalari



tải về 90.65 Kb.
trang6/8
Chuyển đổi dữ liệu29.01.2024
Kích90.65 Kb.
#56490
1   2   3   4   5   6   7   8
XolliyevaZilola
Holidays in Great Britain
2.2. Maktabgacha ta’lim tizimida o’yin texnologiyasining maqsad va vazifalari
Bolalarning o'ynashlari uchun ma’lum vositalar kerak. Rolli o'yinlarda bolalar har xil vositalardan foydalanadilar, ulardan asosiylari quyidagilar: bolalarning o'z harakatlari; o'yinchoq va boshqa materiallar; so'z. Bolalarning asosiy tasvirlovchi vositalari o'zlarining harakatidir. Masalan, bola ikki oyog'ida sakrab quyonchaga laqlid qiladi. Ikki qo'lini qimirlatib, pishillab parovoz bo'ladi va h.k.
Bolalarning ko'p harakatlari qurish, yasash bilan bog'liq bo'ladi, ular soatlab parovoz, paroxod, elektrovoz quradilar, ularni o'ziga o'xshatishga urinadilar. Ko'pincha qurish o'yinning boshlanishi bo'lib xizmat qiladi. Taqlid vositasiga o'yinchoq ham kiradi. O'yinchoq bola harakatini to'ldiradi, o'ylagan obrazi va fikrini amalga oshirishga yordam beradi. Kiyimlar va ularning qismlari ham bolaning olgan rolini yaxshiroq bajarishga va uni yanada aniqroq ijro etishga imkon t ug'diradi. Bolalar o'yin jarayonida ba'zi bir narsalarni xohlagan narsalari nomi bilan atab ham xuddi o'sha xohlagan narsalarini laraz qilib juda yaxshi o'ynaydilar, masalan, taomni “konfet", qumni "shakar”, stulni "mashina” deb atashlari mumkin. So'z yordamida bolalar qanday o'yin o'ynashlarini kelishib oladilar. So'z yordamida bir-biri bilan muomalada bo'lib, o'z likrlarini izhor etishadi. So'z har xil taassurotlarni ifodalash imkonini beradi. Bolalar hamma vositalardan ko'pincha bir vaqtda foydalanadilar.
Aks ettiruvchi vosita qanchalik ko'p bo'lsa, o'yin mazmuni shunchalik boyroq bo'ladi hamda tevarak-atrofdagi voqea- lardan taassurot shunchalik to'laroq aks ettiriladi. O'yin mazmunining rivojlanib borishi bilan murakkab j,irayon bo'lgan bolalar jamoasi ham shakllana boshlaydi. O'yin bolalarning mustaqil faoliyati bo'lgani uchun uning syujetini bolalar o'zlari o'ylab topishadi va o'zlari tashkil etishadi. O'yinda bolalar o'zlarining kichkina jamiyatning a’zosi deb hisoblashadi, o'zaro kelishib harakat qilishga o'rganishadi. Ijtimoiy tarbiya olayotgan sharoitda har bir bola o'ynayotgan bolalar jamoasiga kira olishi, u yerda o'z o'rnini topa olishi va shu jamoada o'rnashib olishi lozim.
Tarbiyachi ilk yoshli bolalarda ularning narsalar bilan o'ynay olishi, diqqatini shunga to'play olish qobiliyatini tarkib toptiradi. Bu boshqa bolalar bilan yonma-yon tinch o'ynay olish malakasining shakllanishiga yordam beradi. Bolalar birgalikda o'ynashga o'tganlarida bir-birlari bilan ma’lum munosabat o'rnatishlari lozim bo'ladi. Xudda mana shu munosabat jamoatchilikni shakllantiradi. Bunga tarbiyachi bolalarni kelishib o'ynashga o'rgatish orqali erishadi.
Sahnalashtirilgan o'yinlar ijodiy o'yinlar sarasiga kiradi. Unga ijodiy o'yinning quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, xayol qilingan vaziyatning va boshqa elementlarning uyg'unligi, bolalarning mustaqillik va
o'z-o'zini uyushtira olish jihatari xos. Sahnalashtirilgan o'yin badiiy asar asosida quriladi: o'yin syujeti, rollar, qahramonlarning xatti- harakatlari, ularning nutqi asar matniga ko'ra belgilanadi.
Sahnalashtirilgan o'yin bolalarning eshitgan asar yoki ertakdan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini beradi. Bu o'yinlar bolalarda iroda, intizom, o'z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni qayta so'zlashga o'rgatish usullaridan biridir. Ba’zi bir bolalarda badiiy asardan olingan parchani qayta so'zlab berishga xohish ham, qiziqish ham bo'lmaydi, ammo unga o'yin usuli kirtilishi bilan bola asardagi rolga kirib, o'sha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi.
Bunday o'yinda bola o'zini o'sha asardagi qahramon o'rnida his etib, uning sezgi, kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib boradi. Badiiy asarlarni qahramonlar tilida so'zlab berish boladagi xayolni rivojlantirishga yordam beradi va asar qahramonida mavjud bo'lgan ijodiy sifatlarni egallashga intiladi. Sahnalashtirilgan o'yinda badiiy asarning g'oyaviy mazmuni bolalar tomonidan chuqurroq anglab olinadi.
Ertak yoki hikoyadagi mazmun bolalarga yaqin, ularning yoshi va qiziqishiga mos, tushunarli bo'lib, bola unga kirishib ketgan taqdirdagina asardagi obraz va harakatlar to'g'ri aks ettiriladi. Shuning uchun u yoki bu badiiy asar bo'yicha sahnalashtirilgan o'yin o'tkazishdan oldin tarbiyachi asarning mazmunini aks ettirishga yordam beradigan tayyorgarlik ishini o'tkazishi kerak.
Bu ish oldindan bir qator mashg'ulot va o'yinlar o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Sahnalashtirilgan o'yinga tayyorlanish uchun ma’lum bir vaqt ajratiladi va har bir mashg'ulotda aniq masalalar hal etib boriladi. Masalan, tarbiyachi hazil she’r o'qiyotib jonli nutqqa yaqinlashadi, bolalarga so'zlarni, tovushlarni qanday talaffuz etish kerakligini tushuntiradi. Qaytarishda esa tarbiyachi bolalardan so'zlarni aniq, balandroq yoki past, sekinroq yoki tez talaffuz etishni talab etadi. Bu mashqlarda matnni eslab qolish uchun o'tkaziladigan liar bir mashg'ulotda
5-6 daqiqadan vaqt ajratiladi. Bolalar «Sholg'om», «Bo'g'irsoq», «Tulki, xo'roz va quyon» kabi ertakni sahnalashtirishni juda sevadilar. Ertak va hikoyalarni bolalar ko'pincha o'zlarining ijodiy rolli o'yinlarida sahnalashtiradilar, bu o'yinlarda tulki, sichqon, xo'roz, quyon kabi personajlarni o'yinlarda aks ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she'r, ertak q.iliramonlarining o'ziga xos xususiyatlari mana shunday o'rganiladi.
Sahnalashtirish ishini quyidagi bosqichlar bo'yicha o'tkazish mumkin:


tải về 90.65 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương