Fakulteti 3-kurs 308-guruh talabasi Xolliyeva Zilolaning



tải về 90.65 Kb.
trang2/8
Chuyển đổi dữ liệu29.01.2024
Kích90.65 Kb.
#56490
1   2   3   4   5   6   7   8
XolliyevaZilola
Holidays in Great Britain
Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida didaktik o’yinlar va ularning mazmun mohiyati.
Kurs ishining vazifasi: mavzuning maqsadidan kelib chiqib kurs ishing vazifalari etib quyidagilarni belgiladim:

  • O’yinning maktabgacha ta’lim pedagogik jarayondagi o’rni;

  • Qoidali o’yinlar.Didaktik o’yin turlari;

  • Guruhlarda didaktik o’yinlarni tashkil qilish usullari;

  • Maktabgacha ta’lim tizimida o’yin texnologiyasining maqsad va vazifalari;

Kurs ishining ob`ekti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida didaktik o’yinlar va ularning mazmun mohiyati bilan tanishtirish jarayoni
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida didaktik o’yinlar va ularning mazmun mohiyati bilan tanishtirish.
Kurs ishi metodlari: kuzatuv, savol-javob, suhbat, tahlil, umumlashtirish, adabiyotlar tahlili.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosalar, tavsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

I BOB O’YINNING BOLA FAOLIYATIDAGI MOHIYATI VA O’ZIGA XOSLIGI

    1. O’yinning maktabgacha ta’lim pedagogik jarayondagi o’rni

Maktabgacha ta’lim tashkilotilaridagi
ta’lim–tarbiya jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, tashkilotilarni zamonaviy bilimlar bilan qurollangan tarbiyachilar bilan toʻldirish hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlarning muhim yoʻnalishlaridan biridir. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi. Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotilariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotilari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda Respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotilarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o‘rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma’lumotli emasligi, ta’lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo‘ldi. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining
26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotilariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, - deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek, “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Bunga misol tariqasida bir nechta qarorlarini,farmonlarini misol qilib keltirsak adashmaymiz. Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risidagi PQ – 3261 sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ – 4312 sonli qarorlarining qabul qilinishi asosida Maktabgacha ta’lim sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang’ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta’minlab, o’qishga bo’lgan ishtiyoqini uyg’otadi, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. Shunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har tomonlama qulay shart-sharotlar yaratish, ularga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng jalb etish farzandlarimizning barkamol va yetuk shaxs bo’lib shakllanishida muhim o’rin tutadi.
Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota–onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotilariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotilarida, maktablarda yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular xaftda 2-3 marta shugʻullanishadi. Ota –onalarga maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi. O'yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar tashkilotisi hayotini u bilan boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o'yin bolalar hayotining kun tartibiga doimiy qilib kiritilgan. O'yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin, mashg'ulotlardan so'ng, sayrlardan so'ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt ajratiladi. Ertalab o'ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o'yinlar uchun sharoit yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko'proq didaktik o'yinchoqlar, stol ustida o'ynaladigan stol-bosma o'yinlari, syujetli-rolli o'yinlarni o'ynagan ma'qul.
Sayr davomida harakatli o'yinlarni, qurish-yasash o'yinlarini tashkil etish foydalidir. Kun tartibida o'yin uchun maxsus vaqt belgilash o'yinning mustaqil faoliyat sifatida mavjud bo'lishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida, tarbiya vositasi sifatida qo'llanilishining eng muhim pedagogik shartidir.
Bolalar o'yinning o'ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni, kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o'zaro munosabatlarini aks ettiradi. O'yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o'rmon, metro, temir yo'l vagoni bo'lishi mumkin.
Bola hech qachon jim o'ynamaydi, bitta o'zi o'ynasa ham u o'yinchoq bilan gaplashadi, o'zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o'rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma- hammaning o'rniga o'zi gapiraveradi. So'z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi.
Nutq o'yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o'z his-tuyg'u, kechinmalarini o'rtoqlashadi. So'z bolalar o'rtasida do'stona munosabatlar o'rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda bo'lishga yordam beradi.
Bolalarning o'zi yaratgan o'yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan o'yinning g'oyasi, mazmuni, o'yin harakatlari, rollar, o'yin qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir.
O'yinlarning bunday bo'lishi albatta shartli bo'lib, bir o'yinda har xil hayotiy voqealar aks etishi ham mumkin.
G'oya o'yinning mazmuni, jonli to'qimasi, uning rivojla- nishini, o'yin harakatlarini, bolalar munosabatlarining har xilligi va o'zaro bog'lanishini belgilab beradi. O'yinning qiziqarli bo'lishi va unda bolalarning qanday ishtirok etishlari o'yinning mazmuniga bog'liq. O'yinda bola ijro etadigan rol o'yinning asosiy o'zagi va tarkibiy qismidir. Shuning uchun ham bu o'yinlar rolli yoki syujetli-rolli o'yinlar nomini olgan.
Bolalar o'yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. O'yin bolalarning qiziqarli ermagigina bo'lib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o'yin kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi.
Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, quyidagi talablarga e'tibor berishi zarur: o'yin mazmunining ta’lim- tarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo'lishi, aks ettirilayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to'g'ri va to'la bo'lishi, o'yin harakatlariga faol, ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo'lishi kerak. Hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o'yinga rahbarlik qilish, o'yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish, bolalarning o'yinda xayrixoh va xursand bo'lishlarini ta’minlash lozim.Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsi- ning hamma tomonlariga: ongiga, his-tuyg'ulariga, irodasiga, xulqiga ta'sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanishi lozim. O'yinda bola kishilarning axloq-odob normalarini, mehnatga munosabatlarini bilib oladi.Tarbiyachi bolalar o'yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O'yin jarayonida bolalar o'z xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o'yinda o'rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o'rganadilar.Ammo o'yinga to'g'ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o'yindan keng foydalanadi. Juda ko'pchilik o'yinlar bolalardan faol harakat qilishni talab etadi, bu esa o'z navbatida organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon aylanishini tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasining to'g'ri o'sishini, harakatlari chiroyli bo'lishini ham ta’minlaydi. O'yin orqali tarbiyachi bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi, bu esa bolaning asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi.O'yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo'llaniladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqelikni obrazlar, rollar orqali ham aks ettiradilar. O'yinda bolalarning avval olgan taassurotlari orqali obraz
yaratishlari - xayol juda ham katta ahamiyatga ega. Bolalar juda ko'p o'yinlarda avval o'rgangan ashula, she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan tarbiyachi bolalarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi.
O'yin vaqtini tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashg'ulot o'rtasida bolalar o'yiniga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko'pincha avval boshlagan o'yinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning o'ynashlari uchun 1 soat - 1 soat 20 minut vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar o'yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko'proq syujetli-rolli o'yinlarni, qurilish materiallari, qo'g'irchoqlar bilan, stol usti o'yinchoqlari o'ynashlari mumkin. Shu bilan birga ermak o'yinlardan ham foydalaniladi.Ammo o'yin bilan ta'lim o'rtasidagi bog'liqlikbola ulg'aygan sari o'zgarib boradi. Kichik guruhda o'yin ta'lim berishning .isosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg'ulotlarda ta’limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o'zlarida maktabdagi o'qishga ishtiyoq uyg'onib qoladi.Ammo bolalar uchun o'yinning qadri yo'qolmaydi, balki mazmuni o'zgaradi. Endi bolalarni ko'proq fikriy faollikni talab etuvchi o'yinlar, sport tarzidagi o'yinlar qiziqtira boshlaydi.
Shunday qilib, pedagogika fani o'yinga bola shaxsini har tomonlama shakllantirish vositasi va ular hayotini tashkil etish shakli, bolalar jamoasini shakllantirish vositasi deb qaraydi.



tải về 90.65 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương