Namangan davlat universiteti


II BOB. “AKSONOMETRIK PROYEKSIYALAR” MAVZUSINI O’QITISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH



tải về 0.8 Mb.
trang4/11
Chuyển đổi dữ liệu08.04.2024
Kích0.8 Mb.
#57122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
aksonometriya

II BOB. “AKSONOMETRIK PROYEKSIYALAR” MAVZUSINI O’QITISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH






2.1. Aksonometrik proyeksiyalar va uning turlari haqida umumiy ma’lumotlar.




2.2. Izometrik proyeksiyalarni oʻqitishda interaktiv metodlardan foydalanish.




2.3. Dimetrik proyeksiyalarni oʻqitishda zamonaviy oʻqitish metodlaridan foydalanish.






XULOSA






FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI






KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Oʻquvchilarning pоlitехnik bilimlarini оrttirishda, kasbga yo`naltirishda chizmachilik fanining ahamiyati katta. Chizmachilik fani umumiy o`rta ta’lim maktablari, ko`pchilik kasb-hunar kоllеjlari va оliy ta’lim muassasalarida o`qitiladi. O`quvchilarning mustahkam grafikaviy savоdga ega bo`lishi, ularning fikrlash qоbiliyatlari va tasavvurlarining rivоjlanishiga, ijоdkоrlik iqtidоrlarini o`stirishga ko`maklashadi va ilmiy va tехnik ijоdkоrlik, iхtirоchilik qоbiliyatlarini shakllantiradi.
Keyingi yillarda ilm-fan taraqqiyoti bilan bir qatorda insoniyat hayotida dunyoviy rivojlanib borayotgan texnika, ishlab chiqarish va bunyodkorlik ishlari alohida ahamiyatga ega. Texnika, ishlab chiqarish va bunyodkorlik ishlari taraqqiy etishi insonlarning amaliy faoliyati, yashash sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Umumta’lim maktablarida chizmachilik kursi 8-9 sinflarda o’tilib, bu fan ta’limning umumiy maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qilib, o’quvchilarning tabiat va texnikani idrok etishiga, predmetlarning tuzilishini va fazoviy munosabatlarini chuqurroq bilishiga yordam beradi. Shuningdek, chizmalarni o’qish va bajarish orqali bolalarning fazoviy tasavvuri va mantiqiy tafakkurini, texnikaviy ijod, bunyodkorlik, dizayn, loyixalash kabi sifatlarni rivojlantiradi.
Maktab chizmachilik ta’limining maqsadi o’quvchilarni murakkab bo’lmagan texnik, loyihalash chizmalarini bajarish, o’qish va o’z fikrini grafik tasvirlar vositasida ifoda etishga o’rgatishdan iboratdir. Umumta’lim maktablarida chizmachilik fanini o`qitish, shu fandan chuqur bilim bеrish yosh avlоdni yanada taraqqiy etgai tехnika asriga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hоzirgi davrda va kеlajakda hayotni, umuman, хalqхo`jaligining hеch bir sоhasini tехnikasiz tasavvur etish mumkin emas.1
Buyumlarning ishchi chizmalari yordamida ular ishlab chiqariladi. Ammo oʻquvchilar buyumning ishchi chizmasi orqali uni toʻliq tasavvur qilishga qiynaladi. Buning uchun oʻquvchidan aqliy zoʻriqish talab qilinadi. Stanokda detal va buyum tayyorlovchi ishchi uchun ham aqliy zoʻriqish va vaqt talab qilinadi. Shuning uchun detal va buyumlarning aksonometriyasini ishchi chizma bilan birga tayyorlash maqsadga muvofiq boʻladi. Bunda oʻquvchi buyumni tezda tasavvur qiladi. Aksonometrik proyeksiyalarni oʻqitishda turli pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlardan foydalanish samarali hisoblanadi. Buning metodik ta’minotini takomillashtirishga bugungi kunda ehtiyoj mavjud. Bu mening mavzuyimni dolzarbligini belgilaydi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan keng kо‘lamli islohotlar, turli jabhalardagi yangilanishlar samarasi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi о‘zgarishlarni butun dunyo hamjamiyati e’tirof etmoqda
О‘zbekistonning xalqaro darajadagi nufuzi yangi bosqichga kо‘tarilib, bu holat kо‘plab siyosiy liderlar tomonidan mamlakatimiz bilan diplomatik munosabatlarni qayta kо‘rib chiqishga undamoqda.
Bu kabi jarayonlar davlat boshqaruvi sohasida ham yangicha yondashuvlar va munosabatni taqozo etmoqda. Ayniqsa, mamlakatimiz kelajagi hisoblanmish yoshlar orasidan munosib rahbarlarni tanlash, ularning bu boradagi kompetensiyasi va salohiyatini oshirish, qayta tayyorlash ishlari oldimizda turgan ustuvor vazifalardandir.
Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega.
Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish huquqiga ega.1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz.2

tải về 0.8 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương