Mundarija: Kirish bob psixologik xizmat haqida Nizomning qabul qilinishi


Kasb - hunarga yo’naltirishning asosiy yo’nalishlari va vazifalari



tải về 67.06 Kb.
trang6/16
Chuyển đổi dữ liệu18.02.2024
Kích67.06 Kb.
#56572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Rahimjanova Goʻzal sport soxasida psihologik xizmat
Rahimjanova Goʻzal Idrok haqida tushuncha
Kasb - hunarga yo’naltirishning asosiy yo’nalishlari va vazifalari:

  • Kasbiy ma’rifat – o’quvchilarga turli kasblar, ixtisosliklar, mansab lavozimlari, tanlangan kasbni, ixtisoslikni egallash mumkin bo’lgan ta’lim turlari hamda ta’lim muassasalari, shuningdek, kasbning insonga, uning jismoniy, psixologik va shaxsiy sifatlariga, salomatligiga qo’yadigan talablari haqida ma’lumotlar berish;

  • kasbiy maslahat – o’quvchilarga ularning individual xususiyatlari va mehnat bozori talablariga, ta’lim olish hamda kelgusida ishga joylashish imkoniyatlariga muvofiq kasb va ta’lim muassasasini tanlashga yordam berish;

  • kasbiy tashxis – o’quvchilarning bilish (o’quv predmetlariga, fanga) va kasbiy (kasblarga, mutaxassisliklarga) qiziqishlarini, kasb tanlash motivlari va kasbiy rejalarini aniqlash hamda baholash;

  • kasbiy tarbiya – bolalar va o’smirlarda mehnat malaka va ko’nikmalarini, kasblarga qiziqish, mehnatsevarlik, ishchanlik hamda mas’uliyatni shakllantirish va rivojlantirish.

O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish bo’yicha tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi, Respublika tashxis Markazi buyruqlari, me’yoriy hujjatlari va metodik tavsiyalari asosida barcha darajadagi tashxis markazlari tomonidan tashkil etiladi va bevosita ta’lim muassasalarining psixologlari tomonidan amalga oshiriladi.
III. Psixologik xizmatning tarkibini shakllantirish va uning
faoliyatini tashkil etish
6. Psixologik xizmat Respublika tashxis Markazining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.
7. Psixologik xizmatga Respublika tashxis Markazi direktori tomonidan tayinlanadigan va vazifasidan ozod qilinadigan bo’lim boshlig’i rahbarlik qiladi.
8. Psixologik xizmatning faoliyati O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida jamoatchilik asosida tashkil etiladigan Kengash tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Kengash tarkibi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda ularning vakillaridan shakllantiriladi va xalq ta’limi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
9. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi psixologik xizmat faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • muassasalarda psixologik xizmatning tashkil etilishi va ta’minlanishi yuzasidan muammolarini o’rganish, ularni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

  • muassasalarda bolalar ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishining psixologik-pedagogik shart-sharoitlarini tahlil qilish, ta’lim sohasidagi innovatsiyalar bilan bog’liq holda ularni yanada takomillashtirish bo’yicha tadbirlar belgilash;

  • psixologik xizmatni takomillashtirish muammolari, xususan, bolalar huquqlari, salomatligi muhofazasi, ijtimoiy himoyasi va moslashuvi, o’smirlar o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari va seminarlarini tashkil etish;

  • Respublika tashxis Markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida kadrlar (mutaxassis - psixologlar)ni tanlash va ularni joy-joyiga qo’yish, malakasining oshirilishi va attestatsiyadan o’tkazilishini nazorat qilish;

  • psixologlarni tadqiqotchilik loyihalari (grantlar)ni ishlab chiqish va ularni bajarishga jalb qilish, tadqiqotlar natijalarini xalq ta’limi tizimi muassasalarida joriy etishlariga yordam berish;

  • muassasalarda psixologik xizmatning tashkil etilishi holati bo’yicha Respublika tashxis markazi hisobotlarini ko’rib chiqish;

  • Kengash yig’ilishlarini o’tkazish (yilning har choragida, yarim yillikda, yilda) hamda uning a’zolari o’rtasida hamkorlikni ta’minlash;

  • psixologik-pedagogik yo’nalishda ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Xalq ta’limi vazirligi rahbariyatiga kiritish.

10. Respublika tashxis Markazi tomonidan psixologik xizmat yo’nalishida quyidagilar amalga oshiriladi:

  • muassasalardagi psixologik xizmatga umumiy rahbarlik qiladi va ushbu xizmat faoliyatini muvofiqlashtiradi;

  • muassasalardagi psixologik xizmat faoliyatini belgilovchi va tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va o’rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun Xalq ta’limi vazirligiga kiritadi;

  • o’quv–tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, shaxsning har tomonlama shakllanishi va uyg’un rivojlanishi, o’quvchilar va maktab bitiruvchilarini uzluksiz kasb-hunarga yo’naltirish vazifalaridan kelib chiqqan holda psixologik xizmat amalga oshirilishining tashkiliy, axborot, ilmiy-metodik ta’minotini yo’lga qo’yadi;

  • psixologlar amaliyotda qo’llashlari uchun o’quvchilarni psixologik-pedagogik tashxisdan o’tkazish metodikalarini (anketalar, testlar, so’rovnomalarni), kasb-hunarga yo’naltirish dasturlari va metodikalarini, shuningdek, psixoprofilaktik dasturlarni, psixologik treninglarni, tegishli metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi, tajriba-sinovdan o’tkazadi va sharoitga moslashtiradi;

  • psixologlarning oilalarda, o’quvchilar jamoasi va pedagogik jamoalarda qulay psixologik iqlim yaratish bo’yicha tarbiyalanuvchilar va o’quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bilan ishlarni tashkil etishlari uchun tavsiyalar ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi;

  • psixologik xizmatni amalga oshirish va o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish bo’yicha ilg’or mahalliy va xorijiy tajribalarni o’rganadi, umumlashtiradi va ta’lim amaliyotiga joriy etadi;

  • muassasalarda psixologik xizmat amalga oshirilishi monitoringini olib boradi;

  • kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, psixologlarning malakasini oshirish va attestatsiyadan o’tkazilishi tashkil etilishini, ularga belgilangan tartibda malaka toifalari berilishini nazorat qiladi.

11. Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlari huzuridagi tashxis markazlari tomonidan psixologik xizmat yo’nalishida quyidagilar amalga oshiriladi:

  • muassasalarda psixologik xizmatni amalga oshirilishiga metodik rahbarlik qiladi va faoliyat nazoratini olib boradi;

  • Respublika tashxis Markazi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi Markazi, shuningdek, boshqa bolalar tashkilotlari va ilmiy muassasalar tomonidan ishlab chiqilgan psixologik xizmatga doir me’yoriy hujjatlarni, metodik, dasturiy va o’quv materiallarini amaliyotga joriy etadi;

  • bolalarning ta’lim-tarbiyasi va ularning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan dolzarb muammolar, o’quvchilar xatti-harakatidagi og’ishlarni tuzatish, maktab o’quvchilarining kasb-hunar, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ta’lim yo’nalishlarini tanlashga tayyorlash bo’yicha psixologlar faoliyatini tashkil etadi;

  • psixologlarga bolalar, ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari, shuningdek, ta’lim muassasalari pedagoglari bilan ishlashda metodik va amaliy yordam ko’rsatadi;

  • psixologik xizmatni amalga oshirishning mahalliy va xorijiy tajribalarini o’rganadi, ularni ta’lim amaliyotiga joriy etadi;

  • psixologik xizmatning amalga oshirilishi monitoringini olib boradi, olingan natijalarni tahlil qiladi va umumlashtiradi, tegishli (viloyat, tuman, shaharlar bo’yicha) ma’lumotlarning komp’yuter bankini yaratadi;

  • psixologlar malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlar belgilash yuzasidan takliflar tayyorlaydi, ularga malaka toifalari berilishining hisobini yuritadi.

12. Maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasalari, mehribonlik uylari rahbarlarining majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • psixologik xizmatning tashkil etilishiga umumiy rahbarlik, psixologning ish rejasini (yillik, choraklik, oylik) ko’rib chiqish va tasdiqlash;

  • psixolog samarali faoliyat yuritishi uchun zarur tashkiliy va moddiy - texnik sharoitlarni yaratish;

  • zarur psixologik adabiyotlar va ilmiy-metodik materiallarni, o’quv, didaktik va ko’rgazmali materiallar, o’quv videofil’mlari, muayyan psixologik metodikalarni (testlarni) xarid qilishga ko’maklashish;

  • psixolog bilan birgalikda ota-onalar yoki qonuniy vakillar va pedagoglar uchun o’tkaziladigan psixologik ma’rifiy tadbirlarni (suhbatlar, ma’ruzalar, seminarlar, treninglarni) tashkil etish;

  • olingan ma’lumotlar asosida diagnostik, korreksion, profilaktik tadbirlar va psixologik maslahatlarni o’tkazishda psixologga yordam berish;

  • psixolog faoliyati natijalarini rahbar huzuridagi yig’ilishlarda, pedagogika kengashlarida, jamoa yig’inlarida ko’rib chiqish va muhokama etish;

  • psixolog faoliyatining barcha yo’nalishlari va natijalarini nazorat qilish, psixologning tegishli ish rejasi bajarilishi yuzasidan oylik, choraklik, yillik hisobotlarini ko’rib chiqish va tasdiqlash.

13. Psixologning vazifalari:

  • bolalarning shaxsiy va ijtimoiy, intellektual rivojlanishi, psixologik salomatligini saqlash uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish va ta’minlashga yo’naltirilgan kasbiy faoliyatni amalga oshirish;

  • o’quvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi sabablarni aniqlash va ularga psixologik yordam (psixokorreksiya , psixoprofilaktika, reabilitatsiya va tavsiyalar) ko’rsatish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish;

  • turli yoshdagi bolalarning xarakter xusususiyatlari va shaxs sifatlarini inobatga olgan holda ularning qobiliyat, layoqat, bilish va kasbiy qiziqishlarini o’rganish, Korreksiya qilish va rivojlantirish;

  • 6-7 yoshdagi bolalarni psixologik tekshiruvdan o’tkazish va ularning boshlang’ich sinfda ta’lim olishga tayyorgarlik darajasini aniqlashda qatnashish;

  • o’quvchilarni tashxis qilish va natijalarni ta’lim olish davomida
    (1-sinfdan 9-sinfgacha) “Psixologik-pedagogik tashxis daftari” da qayd etib borish;

  • o’quvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) individual, jinsiy va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda korreksion-rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, ularda ijobiy ijtimoiy ustanovkalarni, ta’lim olish, hayotiy va kasbiy o’zligini anglashga tayyorgarlik motivatsiyalarini shakllantirish;

  • iqtidorli bolalar va o’smirlarning ijodiy rivojlanishi uchun psixologik qo’llab-quvvatlanishini tashkil etish va amalga oshirish;

  • ijtimoiy va huquqiy xavf omillarining ta’sirini aniqlash, ularning bolalar va o’smirlarga ta’sirini kamaytirish uchun psixologik tashxis tadbirlaridan foydalanish, ijtimoiy muhitda ularning xulq-atvori va muloqotini psixologik-pedagogik korreksiyalash;

  • bolalarning ma’naviy-ma’rifiy, intellektual va jismoniy tarbiyasiga ko’maklashish, o’quvchilar (tarbiyalanuvchilar), pedagog xodimlar, ota-onalar yoki qonuniy vakillarning psixologik madaniyatini shakllantirish;

  • bolalar tarbiyasi, ta’limi va rivojlanishi, shuningdek, ota-onalar va bolalar munosabatlaridagi muammolar bo’yicha ota-onalar yoki qonuniy vakillarga psixologik maslahatlar berish;

  • bolalar bilan ishlashda samarali natijalarga erishish va o’zining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida mutaxassis psixologlarning ilg’or tajribalarini va ilmiy uslubiy adabiyotlarni o’rganish;

  • psixologik xizmat, shuningdek, pedagogik jamoaning bolalar tarbiyasi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan tadbirlari bo’yicha ma’muriyatning buyruq va farmoyishlarini bajarish;

  • o’z faoliyatiga doir hujjatlar va hisobotlarni o’rnatilgan shakllarda yuritish, ta’lim muassasasida tarbiyaviy tadbirlarning ishlab chiqilishi, rejalashtirilishi va o’tkazilishida, shuningdek, maktab, oila, mahalla hamkorligi amalga oshirilishida ishtirok etish;

  • umumta’lim muassasalarida o’quvchilar soni ko’pligini inobatga olgan holda, psixologik xizmatni amalga oshirishda sinf rahbarlari ham ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun maktab psixologi sinf rahbarlari bilan avvaldan tayyorgarlik ishlarini o’tkazishi kerak.

14. Psixologlarning asosiy funksiyalari:

  • har bir yosh bosqichida (bolalik, o’smirlik, yoshlik) shaxsning barkamol shakllanishi va rivojlanishiga ko’maklashuvchi psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratish;

  • o’quvchilarning intellektual, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi buzilishlar, shuningdek, ularning xulq-atvori hamda muomalasidagi og’ishlarni aniqlash;

  • o’quvchilar (tarbiyalanuvchilar), ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari, pedagoglar o’rtasida psixologik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida psixologik ma’rifat ishlarini olib borish;o’quvchilarning qiziqishlari, moyilliklari, qobil

  • iyatlari va shaxsiy sifatlari, shuningdek, kasb hamda o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida keyingi ta’lim yo’nalishini (akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini) tanlash motivlarini aniqlash bo’yicha tashxis tadbirlari (suhbatlar, anketa so’rovlari, testlar)ni tashkil etish va o’tkazish;

  • iqtidorli bolalar va o’smirlarni aniqlash, ularning bilimga qiziqishlari, moyilliklari va qobiliyatlarini rivojlantirish, o’quv hamda ijodiy faoliyatga undash uchun zaruriy psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratishda ishtirok etish;

  • o’quvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning darslarni o’zlashtirmasligi, atrofdagilar bilan ziddiyatli munosabatlarda bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy muammolarini aniqlash, ularni ota-onalar yoki qonuniy vakillar, ta’lim muassasalari pedagoglari, mehribonlik uylari tarbiyachilari bilan birgalikda hal etish;

  • tarbiyasi og’ir, pedagogik qarovsiz bolalar va o’smirlarni psixologik tekshirish, ularning xulqidagi og’ishlarni va ijtimoiy muhitga moslasha olmaslik holatini Korreksiyalash, o’qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar yoki qonuniy vakillar uchun ularni qayta tarbiyalash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

  • tarbiyasi og’ir o’smirlar (huquqbuzarlar)ga psixologik tavsifnomalar tayyorlash, ularni voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalarga taqdim etish, komissiya qarorlarini ishlab chiqishga ko’maklashish;

  • psixologik yordamga muhtoj o’quvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning turli toifalari bilan korreksion-rivojlantiruvchi, profilaktik va maslahat tadbirlarni o’tkazish;

  • «Ishonch qutisi» ishini tashkil etish, o’quvchilar jamoasi va pedagogik jamoada sog’lom psixologik iqlimni yaratish hamda saqlab qolish;

  • o’z faoliyatining barcha yo’nalishlari bo’yicha hujjatlarni (rejalar, dasturlar, hisobotlar, ma’lumotnomalar, xulosalar va hokazo) yuritib borish.

15. Psixologlar o’z funksiyalarini maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasalari, mehribonlik uylari pedagogik faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda bajaradilar, tarbiyalanuvchilar, o’quvchilar, ularning oilalari haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydilar, beradigan tavsiyalarining asoslanganligi va o’z faoliyati natijalari uchun shaxsan javobgardirlar.

    1. Psixologik xizmat xonasi haqida Nizom.


tải về 67.06 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương