Mundarija: Kirish bob psixologik xizmat haqida Nizomning qabul qilinishi


Psixologlarning huquqlari va javobgarligi



tải về 67.06 Kb.
trang8/16
Chuyển đổi dữ liệu18.02.2024
Kích67.06 Kb.
#56572
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Rahimjanova Goʻzal sport soxasida psihologik xizmat
Rahimjanova Goʻzal Idrok haqida tushuncha
Psixologlarning huquqlari va javobgarligi
16. Psixolog quyidagi huquqlarga ega:

  • bolalar, ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari, shuningdek, maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasasi, mehribonlik uyi pedagoglari bilan olib boriladigan ishlarning muayyan yo’nalishlarini mustaqil shakllantirish;

  • psixologik xizmatni amalga oshirish doirasida tadbirlarning ketma-ketligini, maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasasi, mehribonlik uyi pedagogik jarayonining o’ziga xos tomonlari, muayyan shart - sharoitlari va kontingentini hisobga olgan holda o’z faoliyatining ustuvor yo’nalishlarini belgilash;

  • muassasa rahbariyatiga o’zi uchun xona, mebel’ jihozlari, komp’yuter va boshqa texnika vositalari, idora buyumlari ajratilishi to’g’risidagi talablar bilan murojaat qilish;

  • maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasasi, mehribonlik uyi hujjatlari bilan tanishish;

  • psixologik-pedagogik tashxisga oid yangi metodikalar, psixoprofilaktika va korreksion-rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish, ularni sinovdan o’tkazish va amaliyotga joriy etishda ishtirok etish;

  • ma’muriyat bilan kelishgan holda sinfdagi va sinfdan tashqari mashg’ulotlar, shuningdek, boshqa tadbirlarda o’quvchilarning xulq-atvori hamda individual xususiyatlarini, ularning o’qishga, sinf rahbari va o’qituvchilar bilan muomala munosabatini o’rganish maqsadida ishtirok etish;

  • psixologik tadqiqot va tajribalar o’tkazish, ularning natijalarini ilmiy jurnallarda hamda boshqa matbuot nashrlarida e’lon qilish;

  • muassasa ma’muriyati ko’rsatmalari psixologning mazkur Nizomda belgilangan majburiyatlari, funksiyalari va faoliyat yo’nalishlariga zid bo’lsa, ularni bajarmaslik;

  • bolalar taqdirini hal etuvchi turli idoralar va komissiyalar ishida maslahat ovozi huquqi bilan qatnashish, qabul qilingan qarorlar qoniqtirmagan holatlarda yuqori turuvchi idoralarga murojaat qilish;

  • joylardagi davlat hokimiyati idoralariga, tibbiyot va huquqni muhofaza qilish muassasalariga, boshqa davlat va jamoat tashkilotlariga bolalar huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish masalalari bo’yicha iltimosnomalar bilan murojaat qilish;

  • barcha darajadagi tashxis markazlariga maktab o’quvchilarining kasbiy o’zligini belgilashi hamda kasb - hunarga yo’naltirish masalalalari bo’yicha murojaat etish;

  • O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida xalq ta’limi tizimi muassasalari xodimlari uchun nazarda tutilgan rag’batlantirish va imtiyozlardan foydalanish.

17. Psixolog quyidagilar uchun javobgardir:

  • ish faoliyatini rejalashtirish va ularni bajarish, olinadigan natijalar hamda ular bo’yicha belgilangan tartibdagi hisobotlarni tayyorlashga;

  • psixologik ma’rifat, tashxis, psixoprofilaktika, korreksion-rivojlantiruvchi, maslahat tadbirlarining sifati hamda o’tkazish muddatlariga rioya qilishga;

  • psixologik tashxisning to’g’riligi, tashxis natijalari bo’yicha beriladigan tavsiyalarning asoslanganligiga;

  • o’quvchilar (tarbiyalanuvchilar), ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillarining, maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasasi, mehribonlik uyi pedagoglari va rahbarlarining manfaatlaridan kelib chiqib, ular to’g’risidagi ma’lumotlarning sir saqlanishiga;

  • o’quvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning va ta’lim jarayoni boshqa sub’ektlarining shaxsiy muammolariga hamda tashxisi natijalariga oid psixologik va boshqa ma’lumotlarning oshkor etilishiga.


tải về 67.06 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương