Mundarija: Kirish bob psixologik xizmat haqida Nizomning qabul qilinishi


Psixologlar mehnatini rag’batlantirish



tải về 67.06 Kb.
trang9/16
Chuyển đổi dữ liệu18.02.2024
Kích67.06 Kb.
#56572
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Rahimjanova Goʻzal sport soxasida psihologik xizmat
Rahimjanova Goʻzal Idrok haqida tushuncha
Psixologlar mehnatini rag’batlantirish
18. Psixologlar mehnatini moddiy va ma’naviy rag’batlantirish amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
19. Ko’p yillik mehnatlari natijalari bo’yicha yuqori natijalarga erishgan psixologlar O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Hukumatining mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
20. Psixologlar shartnoma asosida xaq to’lanadigan ta’lim va psixologik xizmatlar ko’rsatishda, shuningdek, xalq ta’limi muassasalarining manfaatdor yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan tuzadigan tadqiqotchilik loyihalari (grantlar)ni bajarishda qatnashadilar.
21. Psixologlarga malaka toifalari attestatsiya natijalariga ko’ra belgilanadi hamda ularning mehnatiga haq to’lash differensial tarzda malaka toifasiga muvofiq amalga oshiriladi.

2.BOB Psixologlarning huquqlari va javobgarligi
2.1.Umumta’lim maktablarida psixologik xizmat xonasi faoliatini tashkil etish bo’yicha yo’riqnoma


I. Umumiy qoidalar
Psixologik xizmat xonasi O’zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarida barkamol insonni shakllantirish, o’quvchilarning shaxsiy va intellektual jihatdan rivojlanishini tashxis qilish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, o’quvchilarning intellektual rivojlanishida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday salbiy og’ishlarni o’z vaqtida oldini olish, shuningdek, o’quv jarayonida o’quvchining qobiliyatlari, imkoniyatlari, o’ziga xos (individual) xususiyatlarini o’rganish, kasb-hunarga moyilliklari, qiziqishlari va ko’nikmalarini hisobga olgan holda, ularga akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim yo’nalishini tanlashda ko’maklashish, oilada, jamoada uning a’zolari o’rtasida sodir bo’ladigan turli nizolar sababli shaxsdagi ruhiy kechinmalarni yengillashtirish, stress holatlarni bartaraf etish, maktab pedagogik jamoasini hamda o’quvchilar va ota-onalarni psixologik bilimlarni egallashga jalb etish, ularning psixologik madaniyatini oshirishga qaratilgan turli mashg’ulotlar, o’quvlar, ma’ruzalar, treninglar, individual suhbatlarni yetarli jihozlar bilan ta’minlangan qulay sharoitda amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi.

tải về 67.06 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương