Mundarija: Kirish bob psixologik xizmat haqida Nizomning qabul qilinishi



tải về 67.06 Kb.
trang7/16
Chuyển đổi dữ liệu18.02.2024
Kích67.06 Kb.
#56572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Rahimjanova Goʻzal sport soxasida psihologik xizmat
Rahimjanova Goʻzal Idrok haqida tushuncha
2001 yilda bu Nizomga o’zgartirish kiritildi. Nizomga yettinchi bo’lim, kasb-hunarga yo’naltirish bo’limi ham qo’shildi. Maktablarga maxsus kasb-hunarga yo’naltirish darslari kiritildi. Ushbu darslarni psixologlar o’ta boshlashdi. 2002 yilda Nizomga qayta o’zgartirish kiritildi. Bu o’zgarishning salbiy va ijobiy tomoni bo’ldi. Ijobiy tomoni shundaki, psixolog xonasini jihozlash maktab, litsey, kollej ma’muriyati zimmasiga yuklatildi. Salbiy tomoni esa, o’quvchilar kontingentining ortishida namoyon bo’ldi. Maktabda o’quvchilar soni 1000 nafar va undan ortiq bo’lsa, bir shtat birligi psixolog ajratiladigan bo’ldi. Kollejlarda 750 va undan ortiq o’quvchilarga 1 shtat birligi psixolog ajratilishi belgilandi.2010 yilda Nizomga qayta o’zgartirish kiritildi.
Psixologik xizmat haqida Nizom(1996 y) 6 bo’limdan iborat. Ular:

Umumiy qoidalar quyidagi bandlarni o’z ichiga olgan.
1. Psixologik xizmat xalq ta’limi va oliy o’rta maxsus ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
2. Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda har qaysi shaxsning “pedagog, o’quvchi, talaba, ota-ona” manfaati va uning har tomonlama garmonik rivojlanishidan kelib chiqqan holda yondashadi.
3. Psixologik xizmat mutaxassislari o’z faoliyatlarini tibbiyot xodimlari, defektologik xizmat, muhofaza qilish tashkilotlari, muayyan komissiyalar, balog’atga yetmagan o’smirlar inspeksiyasi, ota-onalar qo’mitasi, ishlab chiqarish jamoasi, jamoatchilik bilan uzviy aloqada amalga oshiradilar.
Amaliyotchi psixologlar o’qituvchiga berilgan barcha imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega. Ularning mehnat ta’tili muddati barcha o’qituvchilar bilan barobardir. 1996 yildagi Nizomga ko’ra o’quvchilar soni 500gacha bo’lgan maktablarda 1 ta psixolog lavozimi belgilanadi. O’quvchilari 500 kishidan ortiq kontingentdagi maktablarda har 500 o’quvchi uchun ikkinchi psixolog lavozimi belgilanadi. Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi har bir bolalar muassasasida 1shtat birligida bolalar psixologi lavozimi belgilanadi. Kollej va litseylarda har 250 o’quvchi uchun shtatli psixolog lavozimi tayinlanadi. O’quvchilar soni 250 kishidan yuqori kontingentli hollarda har 250ta o’quvchi uchun qo’shimcha psixolog shtati belgilanadi.
2018 yilda va nihoyat psixologlar ko’kragiga ham shamol tegib, ularning oylik maoshi boshlang’ich sinf o’quvchilari oylik maoshining 90 % ga tenglashtirldi. Unga ko’ra 200 nafar o’quvchisi bor maktablarga 1 stavka psixolog, 700 nafar o’quvchisi bor maktablarga 1,5 stavka psixolog, 1000 nafar o’quvchisi bor maktablarga 2 stavka psixolog shtati joriy etildi.
Psixoprofilaktika ishlari.
1. Ushbu yo’nalishning asosiy vazifalari har bir yosh bosqichida komil shaxs sifatida yetilishi, aqlan barkamolligini ta’minlashning shart- sharoitini yaratish.
2. SHaxs kommunikativ va intellektual taraqqiyoti bo’sag’asida vujudga kelishi mumkin bo’lgan buzilish va nuqsonlarni o’z vaqtida oldini olish.
Psixologik maorif yoki ma’rifat o’quvchilar yoki xalq ta’limi xodimlari, aholining psixologik madaniy saviyasini ko’tarishga qaratilgan. Psixologik ma’rifat quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Psixologik muammolar bo’yicha pedagogik kengashlarda, ilmiy kengashlarda ma’ruzalar bilan chiqish.
2. Xalq ta’limi xodimlari o’rtasida psixologiya fanining oxirgi yutuqlarini targ’ib qilish.
3. Ota-onalar, tarbiyachilar va psixologlar ishtirokida psixologik seminarlar o’tkazish (bog’chada, maktabda).
4. Psixoturkum, ma’ruzalar va seminarlar tashkil qilish (oliy o’quv yurtlarida).
5. Metodik qo’llanmalar ishlab chiqish.
6. Ota - onalar bilan ma’rifiy suhbatlar o’tkazish.
7. Tajriba ishtirokchilarining kasbiy faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda ularga psixologik ko’rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqish.

tải về 67.06 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương