Mundarija: Kirish bob psixologik xizmat haqida Nizomning qabul qilinishi



tải về 67.06 Kb.
trang1/16
Chuyển đổi dữ liệu18.02.2024
Kích67.06 Kb.
#56572
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Rahimjanova Goʻzal sport soxasida psihologik xizmat
Rahimjanova Goʻzal Idrok haqida tushuncha

Mundarija:


Kirish………………………………………………………………………..……..3

  1. BOB Psixologik xizmat haqida Nizomning qabul qilinishi.

    1. Nizomga kiritilgan o’zgartirishlar…………………………………………..5

    2. Psixologik xizmat xonasi haqida Nizom…………………………………19

  1. BOB Psixologlarning huquqlari va javobgarligi

    1. Umumta’lim maktablarida psixologik xizmat xonasi faoliatini tashkil etish bo’yicha yo’riqnoma……………………………………………………………...24

    2. Psixologik xizmat ko’rsatish xonasidagi rasmiy, me’yoriy va ish

hujjatlari………………………………….……………………………………….32
Xulosa…………………………………………………………………………….36
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………37
KIRISH
Psixologik xizmat haqida Nizom amaliyotchi psixolog o’z faoliyatida amal qiladigan asosiy hujjat hisoblanadi. Psixologik xizmat haqida Nizom Sobiq Ittifoqda 1989 yilda qabul qilingan. Ushbu Nizomga ko’ra psixologlar haftasiga 41 soat ishlashar edi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng barcha sohalarda bo’lgani kabi psixologik xizmat sohasida ham bir qancha muvaffaqiyatlarga erishildi. Ulardan biri 1996 yil 5 aprelda "O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limida psixologik xizmat, xalq ta’limi tizimida ishlaydigan psixologlarning malakasini oshirish va ularning attestatsiyasi haqida Nizom"ning Xalq ta’limi vaziri J.G’.Yo’ldoshev tomonidan tasdiqlanishi bo’ldi.
Ma’lumki, mamlakatimizda istiqlol yillarida, barcha jabhalarda bo’lgani kabi, ta’lim tizimida ham keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Tarbiyalanuvchi, o’quvchi-yoshlar qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish, aniq maqsadni ko’zlagan holda ular bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ushbu yo’nalishda oila, mahalla va jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish, jamoatchilik e’tiborini o’quv-tarbiya jarayoniga, tarbiyalanuvchi, o’quvchi-yoshlar shaxsini rivojlantirishga jalb etish yo’nalishidagi ishlar kuchaytirilmoqda. Ta’kidlash joizki, yuqorida ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirishda ta’lim muassasalaridagi psixologik xizmat ham oxirgi o’rinda emas.
Ushbu yo’nalishida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida bir nechta yangiliklar yaratildi. Jumladan, ta’lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etish bo’yicha yangi me’yoriy hujjat, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 iyundagi “Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o’qitish bilan qamrab olishni ta’minlash bo’yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 109-sonli qarori (184-modda) ga muvofiq “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi muassasalarida psixologik xizmat to’g’risida”gi Nizom ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2010 yil 5 iyuldagi 29, 131-QQ, 17G’QQ -sonli Qo’shma Qarori bilan tasdiqlandi va amaliyotga tatbiq etildi. Nizomda psixologik xizmatning maqsadi, vazifalari hamda faoliyatning tashkiliy asoslari belgilandi, ya’ni maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarining, “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilarining psixologik salomatligini muhofaza qilish, pedagogik jamoalarda sog’lom psixologik muhitni ta’minlash hamda mazkur ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan amaliyotchi psixologlarning huquq va vazifalari to’g’risida atroflicha tushunchalar berildi. Umumta’lim maktablarida psixologik xizmat xonasini tashkil etish yuzasidan Yo’riqnoma ishlab chiqildi. Yo’riqnoma asosida har bir tumanda bittadan namunaviy psixologik xizmat xonasi tashkil etildi.


  1. tải về 67.06 Kb.

    Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương