Mavzu: Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati hamda tashkiliy huquqiy asoslari



tải về 450.36 Kb.
Chuyển đổi dữ liệu31.01.2024
Kích450.36 Kb.
#56516
TADBIRKORLIKNING IJTIMOIY


Mavzu: Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati hamda tashkiliy huquqiy asoslari.

Reja



  1. Tadbirkorlik haqida tushunchalar.

  2. Tadbirkorlikning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati.

  3. Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli .

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Tadbirkorlik haqida tushunchalar.


Tadbirkorlik – bu iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo`lib, uning zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g`oyasiga asoslangan, foyda olishga yo`naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyatdir.
Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning alohida turi bo`lib, uning boshlang`ich bosqichi, odatda, fikrlash faoliyati yoki uning natijasi bilan bog`langan bo`ladi, faqat u keyin moddiy shaklni oladi.
Tadbirkorlik yangilik kiritish, tovar ishlab chiqarish faoliyatini o`zgartirish yoki korxonani (shu jumladan, kichik korxonani) tashkil qilish sohasida ijodkorlikning mavjudligi bilan ta`riflanadi. Tadbirkorlik faoliyatining ijodkorlik jihatlari boshqaruvning yangi tizimda ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi usullari yoki yangi texnologiyalarini tadbiq etishda o`z ifodasini topadi.
Tadbirkorning asosiy maqsadi – o`z iste`molchilariga ega bo`lish yo`lida tovarga bo`lgan ehtiyojni aniqlashdan iboratdir. Tadbirkor o`z iste`molchilarini shakllantirishda quyidagi asosiy omillarni hisobga olishi kerak:

  • tovarning yangiligi va uning haridor manfaatiga mos kelishi;

  • tovar yoki xizmatlarning sifati;

  • tovar yoki xizmatlarning narxi;

  • tovarning universallik darajasi;

  • tovarning tashqi ko`rinishi, uning haridor talablariga mosligi;

  • sotuvdan keyingi servis xizmatlaridan foydalanish imkoniyati;

  • tovarning qabul qilingan umumiy yoki davlat standartlariga mosligi;

  • tovar va xizmatlar reklamasining jozibaliligi, xaridor diqqatini o`ziga jalb qilishi va hokazo.

Tadbirkorning shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi kuchi bo`ladi. Tadbirkorning ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:

  • birinchidan, bozorning tovarlar va xizmatlar bilan ta`minlanish darajasini tahlil qilish yo`li bilan iqtisodiy xo`jalik tizimida o`z o`rnini topish;

  • ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga tayyorlik qobiliyati;

  • uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda, dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirish;

  • to`rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni to`g`ri yo`lga quyish qobiliyati;

  • beshinchidan, yangi texnik, texnologik g`oyani birinchi bo`lib hayotga tadbiq etish hamda ushbu g`oyadan amalda foydalanish, undan qanday yakuniy natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur qila olish.

Ijodkorlik tadbirkorni ta`riflashda asosiy mezon bo`ladi, ammo u har xil shakllarda namoyon bo`lishi mumkin. Tadbirkor boshqa ijodkor kishilar tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar, topilmalardan qanday qilib samarali foydalanish mumkinligini biladi. Shu bilan birga, u bu yangiliklardan haridorning qiziqishini uyg`otuvchi yangi, ajoyib narsa ishlab chiqarish sohasida foydalanish yo`llarini topa oladi.
Ammo kashfiyot va yangilik faqat tovar turining yangi tarkibiy qismini yaratishda emas, balki tovar ishlab chiqarishni yangilash jarayoniga jalb qilishni talab qilmaydigan oddiyroq shakllarda ham namoyon bo`ladi. Masalan, u tovar o`ramining yangilanishi, an`anaviy tovarga yangi xususiyatlar va sifatlar berish ko`rinishida namoyon bo`lishi mumkin.
Tadbirkor faoliyatining boshqa tomonlarida ham kashfiyotchilik elementlarini qo`llash mumkin. Masalan, u ishlab chiqarishning, mahsulotni sotishni boshqarishning yangi shakllarini topadi, sheriklik munosabatlarini o`rnatadi, ishlab chiqarishning yangi texnologiyalaridan foydalanadi.
Tadbirkorlikning yana bir muhim xususiyati ishlab chiqarish jarayonida yangi g`oyalarning amalga oshirilishi bozor tomonidan qanday qabul qilinishini oldindan ko`ra bilish qobiliyatida namoyon bo`ladi. Shu jihatdan qaraganda, yangilikni bozorda tatbiq etish va iste`molchining javobini bitta jarayonga birlashtira olish tadbirkor muvaffaqiyatining garovidir.
«Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning qomusiy(enstiklopedik) lug`atida quyidagicha ta`riflanadi: Tadbirkorlik – shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o`z nomidan, o`z mulkiy mas`uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas`-uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. entrepreneur) qonun tomonidan taqiqlanmagan barcha xo`jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog`ozlar bilan ish olib borish bilan shug`ullanishi mumkin.
Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko`zlagan holda daromad olish uchun sarflanayotgan mablag` bilan bog`liq faoliyatdir. Tadbirkorlikka berilgan ushbu ta`rif batafsilligi bilan ajralib turadi. Bu ta`rifda tadbirkorlik faqat ma`lum faoliyat bilan shug`ullanish emas, balki bevosita faoliyat ko`rsatishdan iboratligi ta`kidlangan.
Tadbirkorlikning muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • xo`jalik faoliyati olib borayotgan sub`ektlarning mustaqilligi va erkinligi. Huquqiy me`yorlar chegarasida har bir tadbirkor u yoki bu masala yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi mumkin.

  • iqtisodiy manfaatlilik. Tadbirkorlikning asosiy maqsadi maksimal darajada daromad olishni ko`zlab, jamiyat taraqqiyotiga ham o`z hissasini qo`shishdir.

  • xo`jalik tavakkalchiligi va mas`uliyat. Har qanday hisob-kitobda ham noaniqlik va tavakkalchilik bo`lishi mumkin.

Tadbirkorlikni shakllantirish uchun iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa muayyan sharoitlar yaratilishi kerak. Iqtisodiy sharoitlarga quyidagilar kiradi: tovarga bo`lgan taklif va talab; xaridor sotib olishi uchun tovar turlarining mavjudligi; haridor sotib olishi uchun kerak bo`lgan pul hajmining mavjudligi; ishchilarning maoshiga, ya`ni sotib olish imkoniyatiga ta`sir ko`rsatuvchi ishchi joylarining, ishchi kuchlarining ortiqchaligi yoki etishmovchiligi.
Shuningdek, tadbirkorlikning muhim xususiyatlari (belgilari yoki tomonlari) quyidagilar:

  • mustaqil fikrlash;

  • o`z kuchiga ishonish;

  • yaratuvchanlik, navatorlik qobiliyati;

  • tinimsiz izlanish;

  • tashabbus ko`rsatib ishlash;

  • mulkiy munosobatlarning ishtirokchisi bo`lish, ishlab chiqarish omillarining barchasiga yoki ba`zi biriga va yaratilgan tovarlarga egalik qilish.

  • javobgarlikni his etish;

  • iqtisodiy erkinlik, xo`jalik faoliyati turini tanlash, uni resurslar bilan ta`minlash, oldi-sotdi ishlarini yuritish, ishlab chiqarishni boshqarishda erkinlik.

  • iqtisodiy hatti-harakatlar uchun ma`suliyatni o`z zimmasiga olish: ish natijasiga javob berish, tavakkal qilib ish yurita olish, iqtisodiy xatarli ishga qo`l urush.

  • foyda olishga intilish: foydaga erishish chora-tadbirlarini ko`rish, olingan foydani o`z bilganicha ishlatish.

  • tijorat siriga ega bo`lish: biznesga oid va o`zgalarga

  • raqobat kurashida qatnashish: bozorda amal qiluvchi qoidalarga rioya etgan holda halol raqobatda qatnashib, uning g`irrom, yovvoyi usullaridan voz kechish.

  • halollik bilan ish yuritish, qalloblik, g`irromlik va aldamchilikka moyil bo`lmaslik. Obro` (imij)ga ega bo`lish, boshqalarga ishonish va boshqalar ishonchini qozonib shon-shuxrat orttirish, firma nomini e`zozlab, unga putur etkazmaslik, firmani obro`sizlantirmaslik.

  • tashqi muhit (soliq va boshqa tashkilotlar, o`z xodimlari va hokozalar) bilan yaxshi munosabat o`rnatish.

TADBIRKORLIKNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI


Tadbirkorlik jamiyatda ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mavjud muammolarni hal qilishda va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida katta rol o‘ynaydi. U ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi ish o‘rinlari yaratib, aholini ish bilan ta’minlash va ishsizlikni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ham, O‘zbekistonda ham har yili yaratilayotgan yangi ish o‘rinlarining yarmidan ortig'i kichik va xususiy tadbirkorlikka to‘g‘ri keladi. Demak, tadbirkorlik aholining ish bilan bandligi, mehnat va iqtisodiy faolligining o‘sishi va buning natijasida uning daromadlarining oshishiga katta hissa qo‘shadi. Bu jarayonning ikki oqibatini e’tiborga olish lozim: bir tomondan, aholining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining o‘sishi, kengayishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularni to‘laroq qondirish imkoniyatlarining yaratilishidir. Bu pirovard natijada aholi hayotini yaxshilash, turmush darajasini ko‘tarish, farovonligini oshirishni ta’minlaydi. Tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uning mazkur sohadagi roli ortib boradi.
Tadbirkorlarning ma’lum qismi oyoqqa turib, yanada rivojlanishi oqibatida ular mulkdorlarga aylanadilar. Bu esa jamiyatda yangicha fikrlaydigan, harakat qiladigan yangi avlod-tadbirkorlar, mulkdorlar tabaqasining shakllanishiga olib keladi. Bunday shaxslar davlatning ijtimoiy tayanchi va iqtisodiy taraqqiyot manbayi hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyektlari kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ham ishtirok etadilar. Shuning bilan birga tadbirkorlarning o‘zlari ham doimiy izlanishda, mahalliy va xorijiy hamkasabalari, hamkorlari, turli soha vakillari bilan muloqotda bo‘lib, tajriba ortirib, o‘z kasbiy, madaniy, ma’naviy saviyalarini oshirib boradilar. Tadbirkorlik inson qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga yaxshi imkoniyatlar yaratadi va uni rag‘batlantiradi. Shunday qilib, tadbirkorlik insonlarning o‘zini o ‘zi anglashiga ko'maklashadi, dunyoqarashini kengaytiradi, o‘zgartiradi va natijada jamiyatning ijtimoiy-madaniy darajasining o‘sishiga olib keladi.
Tadbirkorlar qishloqlarda, mahallalarda ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish va boshqa xizmat ko‘rsatish korxonalari barpo etib, qishloq infratuzilmasini rivojlantirib, qishloqlar, mahallalar qiyofasini o‘zgartirib yuboradilar. Bundan tashqari, tadbirkorlik ijtimoiy sohada keng kirib bormoqda: xususiy va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda bolalar bog’chalari, mehribonlik uylari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarish va ularga xizmatlar ko‘rsatish, sogiiqni saqlash va sog‘lomlashtirish, o'quv va boshqa ijtimoiy soha muassasalari tashkil etish va ularni rivojlantirish, uy-joylar qurish va ularni ta’mirlash, aholini ichimlik suvi va gaz bilan ta’minlash ishlari bilan bevosita shug‘ullanib, ijtimoiy muammolarni yechishga katta hissa qo‘shadi.
Tadbirkorlik subyektlari xayriya ishlarida ham faol qatnashib, ijtimoiy soha muassasalari, nogironlar, kam ta’minlangan oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarga yordam ko‘rsatishda ham muhim o‘rin egallaydi. Tadbirkorlik subyektlari mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) yaratib, mamlakat ichki bozorini to‘ldiradilar. Natijada bozorda taklif miqdor, sifat, assortiment jihatidan yaxshilanadi, xaridorlar uchun tanlash va talabni qondirish imkoniyatlari kengayadi. Bu borada tadbirkorlik muvofiqlashtirish vazifasini bajarish, talab bilan taklifni o'zaro muvofiqlashtirish, narxlarni barqarorlashtirish, bozorda muvozanat o‘rnatish va uni ushlab turish, mavjud ehtiyojni kengaytirish va to‘laroq qondirishga xizmat qiladi. Shuning bilan birga tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning shakllanishi, rivojlanishida va mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ko‘tarish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini pasaytirish, faoliyat samaradorligini oshirishda muhim rol o'ynaydi.
Mamlakatda importni qisqartirish va eksportni kengaytirishda tadbirkorlik subyektlarining roli ortib bormoqda. Ular, bir tomondan, import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarib, valyutaning tashqariga chiqib ketishini qisqartirish va mamlakat iqtisodiy-moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash, ikkinchi tomondan esa, eksportbop mahsulotlar chiqarish, ularni tashqi bozorlarda sotib, mamlakat eksport salohiyatini kо'tarish va valyuta tushumlarini oshirishda ham salmoqli o’rin egallaydilar.
Xususiy tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari davlat buyurtmasini bajarishda ham ishtirok etadilar. Ma’lumki, O‘zbekistonda davlat buyurtmasi bo‘yicha paxta va g‘alla yetishtirishda fermer xo‘jaliklari yetakchilik qiladilar. Bundan tashqari, kichik va o‘rta korxonalar yirik korxonalarning ayrim buyurtmasini ham bajarib, ularni to‘ldiradilar. Yirik korxonalar ommaviy mahsulotni katta miqdorda ishlab chiqarishga moslashganliklari tufayli asosiy mahsulotning ayrim detallari, ehtiyot qismlari, boshqa qo‘shimcha narsalami kichik seriyalarda ishlab chiqarish ular uchun ortiqcha tashvish hisoblanadi. Yirik korxonalar uchun shunday narsalami o‘zlari ishlab chiqargandan ko‘ra, ularni boshqa korxonalardan olgan ma’qul. Shu boisdan ular o‘zlarining ishlab chiqarishlari uchun kerakli ayrim narsalami ishlab chiqarish va yetkazib berishni, asosan, kichik va o‘rta korxonalarga topshiradilar. Bu borada 0 ‘zbekistonda rivojlangan va qo‘llab-quvvatlanayotgan kasanachilik ham muhim rol o ‘ynaydi, Shuning uchun kichik va o‘rta korxonalar yirik korxonalar va, umuman, iqtisodiyot tarmoqlarini o‘zaro bog‘lab, butun iqtisodiyotni yaxlit bir tizim darajasiga ko‘tarishda katta ahamiyat kasb etadilar. Kichik, o‘rta, xususiy tadbirkorlik subyektlarining ana shu vazifasi e’tiborga olinib, respublikada mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirishda ularga keng o‘rin berilgan.
Tadbirkorlikning innovatsion vazifasi XX asr o‘rtalarida shakllanib, hozirgi kunda uning roli ortib bormoqda. Tadbirkorlikning bu vazifasi mamlakatlaming innovatsion (axborot-industrial) taraqqiyot davrga kirishi bilan boshlanib, ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlari va axborot rolining ortib borishida namoyon bo‘ladi. Innovatsiya bazasining shakllanishi va kengayishi tashkiliy-xo‘jalik novatorligi va shu yo‘nalishda tadbirkorlikning rivojlanishi bilan bog‘liq.
Tadbirkorlikning yaratuvchilik vazifasi ham jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi. Uning bu vazifasi yangi qiymat va yangi bozorlar yaratish, yangi qiyofadagi inson - tadbirkorlar, mulkdorlami shall antirishda namoyon bo‘ladi. Tadbirkorlar mamlakatda milliy mahsulot yaratadilar va milliy boylikni ko‘paytiradilar. Rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqariladigan yalpi ichki mahsulotning qariyb yarmi, ayrim mamlakatlarda esa undan ham ko‘prog‘i kichik biznesga to‘g ‘ri keladi. 0‘zbekistonda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotda kichik va о‘rta tadbirkorlik subyektlarining hissasi hozirgi kunda 48 foizdan oshdi va u yildan-yilga о‘sib bormoqda.
Tadbirkorlik subyektlari yangi taklif yaratish, mavjud taklifni kengaytirish, uni yangicha uyg‘unlikda taqdim etish yo’li bilan mavjud ehtiyojni boyitish, yangilarini yuzaga chiqarish va mavjud bozorni modifikatsiya qilish, yangilarini shakllantirish, jozibador bozorlami topish va o‘zlashtirish - bularning hammasi tadbirkorlikning yaratuvchilik yo‘nalishlari hisoblanadi.
Tadbirkorlik ishlab chiqarishni qayta qurish, ishlab chiqarish omillari (mehnat, mehnat qurollari, mehnat predmetlari)ni yangicha uyg‘unlikda birlashtirish va tashkil etish, ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarini samaraliroq muvofiqlashtirish orqali ishlab chiqarishni sifat jihatidan yangi, yuqori bosqichga ko‘tarishga katta hissa qo‘shadi. Bu esa ishlab chiqarishni amalga oshirish va rivojlantirish uchun yangi, qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularni ro‘yobga chiqarish esa mavjud quvvatlarning unumdorligini oshirishni, qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish va samaradorlikning o‘sishini ta’minlaydi.
Tadbirkorlik shu paytgacha ishlatilmay kelgan aholi jam g‘armalari, mahalliy resurslar, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar, xorijiy investitsiyalami ijtimoiy-iqtisodiy jarayonga faol jalb etib, ishlab chiqarishni kengaytirish, milliy mahsulot va boylikni ko‘paytirishga olib keladi.
Tadbirkorlik nafaqat shaxsiy daromad manbayi, balki davlat uchun ham salmoqli daromad manbayi bo’lib xizmat qiladi. Davlat budjeti tushumlarining anchagina qismi tadbirkorlik sektoriga to‘g‘ri keladi. Demak, tadbirkorlik budjetni to’ldirib, davlatning kuch-qudratini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini mablag‘ bilan ta’minlashda ham katta rol o'ynaydi.
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli
Tadbirkorlik faoliyati va uni amalga oshirishning tashkiliy huquqiy shakllari O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligming kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar orqali tartibga solinadi.
Qonunchilikka ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati bilan yuridik va jismoniy shaxslar shug‘ullanishi mumkin. Tashkiliy huquqiy shakl tadbirkorlik faoliyati miqyosi tavsifi, xususiy kapital miqdori, loyihani amalga oshirish muddatlari va yana bir qator omillarga asoslanib tanlanadi.
Boshqa tomondan esa tashkiliy huquqiy shaklni to‘g‘ri tanlash loyihani amalga oshirish imkoniyatlarmi to’la ta’minlashi kerak.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyati 2.2.4-chizmada ko‘rsatilgan shakllarda amalga oshishi mumkin.
Ta’kidlash lozimki, amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra notijorat tashkilotlari ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin. Ammo ularning asosiy maqsadi bevosita foyda olish emas.
Tashkiliy huquqiy shaklni to‘g‘ri tanlash ko‘p omillarga bog’liq: tadbirkordagi mavjud pul va moddiy resurslar. uning tashkiliy qobiliyati va shaxsiy tajribasi, faoliyat sohasi, tadbirkorlik loyihasining hajmi va ko‘lami, loyiha amalga oshirilayotgan bozor sharoitlari. Bunda eng muhimi loyihaning tavakkalchilik darajasi hajmi, ya’ni tadbirkor o‘z zimmasiga olishi mumkin boTgan majburiyat katta ahamiyatga ega .

To’liq o‘rtoqlik - bu bir necha jismoniy yoki huquqiy shaxsning o‘zaro shaitnoma asosida foyda olish uchun yuritadigan tadbirkorlik faoliyati. To‘liq o‘rtoqlik barcha a’zolari shcrikchilik bo'yicha barcha majburiyatlami o‘z bo‘yniga oladi va o‘z mulklari bilan teng ravishda javob beradi. To’liq o'rtoqlik mulki a ’zolar qo‘ygan ma’lum foizdagi qo'yilmalar asosida vujudga keladi va foyda ana shu qo‘yilmalar foizlariga qarab taqsimlanadi. To'liq o'rtoqlik shirkati uning hamma a’zolari saylagan bitta boshqaruvcht tomonidan boshqariladi. Ammo har bir a’zo shirkat nomidan ish ko'rish huquqiga ega. Moddiy javobgarligi darajasi, sheriklaming bir-biriga ishonchi zarurligi, kapitalning faqat shaxsiy qo‘yilmalardan iborat ekanligi shuni ko‘rsatadiki, bunday tashkiliy-huquqiy shakldagi tadbirkorlik faoliyati faqat mayda biznesga xos va hozirgi paytda keng qo‘l!anilmayapti

Xulosa
Men ushbu mustaqil ishni o’rganish davomida Tadbirkorlik faoliyati, iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy huquqiy asoslari bilan birgalikda o'rganiladi. Bu faoliyatning iqtisodiy ahamiyati, o'z ichiga olgan xizmatlar, mahsulotlar yoki ishlab chiqarish jarayonlari orqali moliyaviy daromad olish, ish o'rinlari yaratish va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishdir.Tadbirkorlik faoliyati, ijtimoiy ahamiyati esa, jamiyatga foyda olib keluvchi mahsulotlar va xizmatlarni ta'minlash orqali jamiyatning istiqbolligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Tadbirkorlik faoliyati orqali ish o'rinlari yaratilishi va ishlab chiqarish jarayonlarining tashkili jamiyatning rivojlanishiga va insonlarning maishat darajasining oshishi uchun juda muhim ekanligini o’rgandim.


Tadbirkorlik faoliyati tashkiliy huquqiy asoslari bilan ham birgalikda o'rganiladi. Tadbirkorlik faoliyati amalga oshirish uchun tadbirkorlarga tartib, huquq va majburiyatlar berilishi, shuningdek, maqsadlarni amalga oshirish uchun qonunchilik va huquqiy muhofazani ta'minlash lozimdir.
Bunday huquqiy asoslar tadbirkorlarga qonun hujjatlari orqali beriladi va ular tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda huquqiy himoya oladilar. Shuningdek, tadbirkorlar va ularning sheriklari o'rtasida shartnoma va aniq shartlar bilan kelishilgan shartnoma bo'yicha kelishuvlar ham huquqiy asoslar asosida amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar



    1. «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirish to'g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni. Т.: O'zbekiston, 1995.

    2. Kichik biznes va tadbirkorlik: (oliy o‘quv yurtlarining barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun o‘quv qo'llanm a) / M.R. Boltaboyev (va boshq.); 0 ‘zR Oliy va o ‘rta-maxsus ta’lim vazirligi. — Т.: Noshir, 2011. — 280 b.

    3. https://uz.periodicalfinance.com/10584261-organizational-and-legal-forms-of-entrepreneurial-activity

tải về 450.36 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương