Toshkent moliya instituti «biznes va tadbirkorlik» kafedrasi



tải về 335.5 Kb.
Chế độ xem pdf
trang1/8
Chuyển đổi dữ liệu10.05.2024
Kích335.5 Kb.
#57556
  1   2   3   4   5   6   7   8
dbf8b7e3-fedf-469f-870e-2dea95f624d2



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
«BIZNES VA TADBIRKORLIK» KAFEDRASI

 
Mavzu
TASHQI SAVDO SIYOSATI 
 
 
 
 
 
TOShKENT - 2016


Reja 
17.1. Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari. 
17.2. Importga ta’riflar. Importga tariflar kiritilishining iqtisodiy 
oqibatlari. 
17.
3. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalariva importni kvotalar orqali 
tartibga solish. 
17.4. Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy 
cheklash. 
17.5. O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosatining 
xususiyatlari va uni takomillashtirish yo’nalishlari.


17.1. Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari. 
Biror mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita aralashuvi jarayoni 
eksport va import hajmi va tarkibiga ta’sir ko’rsatish orqali ichki bandlilikni ta’minlash, iqtisodiy 
o’sishga erishish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, to’lov balansini yaxshilash hamda 
valyuta kursini tartibga solish maqsadlarini ko’zda tutadi. Davlat tomonidan amalga 
oshiriladigan bunday tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi. Savdo siyosati – byudjet-soliq 
siyosatining tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki 
eksportni to’g’ridan-to’g’ri cheklashlar orqali tartibga solishni o’z ichiga olgan nisbatan 
mustaqil yo’nalishidir. 
Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan har qanday chora-tadbirlar qisqa 
muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina iqtisodiy resurslarni samarali 
joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ko’pgina mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat 
iqtisodiyoti va aholisi turmush darajani yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, 
chunki, tashqi savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali 
foydalanishga ko’proq imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi. 
Garchand, erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan foydali bo’lishi mumkin 
bo’lsada, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtai nazaridan erkin savdo 
hamma vaqt ham foydali bo’lavermaydi. 
Tashqi savdoni cheklash usullarining 50 dan oshiqroq turi mavjud. Ularning ayrimlari 
davlat g’aznasini to’ldirishga yo’naltirilgan bo’lsa, ba’zilari umuman importni cheklashga va 
yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Amaliyotda tashqi 
savdoni tartibga solishning ta’rif va nota’rif usullaridan foydalaniladi. 
Ta’rif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, nota’rif usullariga 
eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar 
kiradi. 
Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi. 
Import bojlari davlat byudjetini to’ldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el 
tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. Eksport bojlari mamlakat ichida talab ko’p 
bo’lgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi. 



tải về 335.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương