Toshkent moliya instituti «biznes va tadbirkorlik» kafedrasi


 O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosatining xususiyatlari va uni



tải về 335.5 Kb.
Chế độ xem pdf
trang7/8
Chuyển đổi dữ liệu10.05.2024
Kích335.5 Kb.
#57556
1   2   3   4   5   6   7   8
dbf8b7e3-fedf-469f-870e-2dea95f624d2

 
17.5. O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosatining xususiyatlari va uni 
takomillashtirish yo’nalishlari. 
 
O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosati iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlariga 
erishish, inflyatsiya sur’ati va ishsizlik darajasilarining me’yor darajasida bo’lishini ta’minlash, 
valyuta zahiralarini ko’paytirish, milliy valyuta almashinuv kursining mo’tadil devalvatsiyasi va 
to’lov balansining barqarorligini ta’minlash maqsadlariga qaratilgan. 


Tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar etkazib 
beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport 
hajmini barqaror o’stirish, tashqi bozordagi o’zgarishlar ta’sirida uning hajmi keskin kamayishi 
xavfini bartaraf etish imkonini beradi.
O’tgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash borasida amalga
oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini yuksaltirish, tashqi savdo 
tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror o’stirish imkonini bermoqda. 


Qisqacha xulosalar 
Savdo siyosati – byudjet soliq siyosatining, tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, 
valyuta nazorati va import yoki eksportni to’g’ridan-to’g’ri cheklashlar orqali tartibga solishni 
o’z ichiga olgan, nisbatan mustaqil yo’nalishdir. 
Tashqi savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul importga tarif belgilash 
bo’lib, buning natijasida ichki baholarning o’sishi kuzatiladi. Importga tariflarni joriy qilishdan 
iste’molchilar ko’rgan zarar ishlab chiqaruvchilar va davlat ko’rgan foydadan katta bo’ladi. 
Importga tariflarni joriy qilishdan ko’riladigan foyda va zararlar nisbati munozarali masaladir.
Ammo import tariflari ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish, to’lov balansini tartibga 
solish mahsadlarida keng qo’llaniladi.
Ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida ishlab chiqaruvchilarga 
subsidiyalar berish usuli ham qo’llaniladi. 
Eksportga subsidiyalar valyuta tushumini ko’paytirish, ortiqcha mahsulotdan qutulish, 
tashqi bozorni egallash uchun qo’llaniladi. Eksport subsidiyalarini qo’llash dempingga olib 
kelmasligi kerak, chunki demping xalqaro savdo qoidalariga ko’ra ta’qiqlangan. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni litsenziyalash va kvotalar o’rnatish xalqaro savdoni tartibga 
solishning bevosita usullaridir. Xalqaro savdo siyosati vositalari va tadbirlari mamlakat 
iqtisodiyoti holatidan kelib chiqib echilayotgan vazifalarga muvofiq tanlanadi. 



tải về 335.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương