Toshkent moliya instituti «biznes va tadbirkorlik» kafedrasi



tải về 335.5 Kb.
Chế độ xem pdf
trang3/8
Chuyển đổi dữ liệu10.05.2024
Kích335.5 Kb.
#57556
1   2   3   4   5   6   7   8
dbf8b7e3-fedf-469f-870e-2dea95f624d2

samarasi» deyiladi va hech kimning foydasi bilan qoplanmaydi. 
Iste’molchilarning 
yo’qotishlari 
Ishlab chiqaruvchilar
foydasi
Davlat daromadi 
Jamiyatning sof 
yo’qotishi 
a + b+ c + d -- 
a -- 
s = 
b + a 
Demak, iste’molchilarning a sohadagi yo’qotishlari ishlab chiqaruvchilar foydasining 
o’sishi hisobiga qoplanadi. Ayni damda iste’molchilar shu tarmoq korxonalari aktsiyadorlari 
bo’lishsa, ular yo’qotishlarining bir qismi o’sgan dividentlar sifatida qaytadi. 
«s» sohada davlat olgan daromadini transfert to’lovlarini oshirish, soliqlarni pasaytirish, 
byudjet tashkilotlarida ishlovchilar ish haqini oshirishi ko’rinishida iste’molchilarga qaytarishi 
mumkin. 
Ammo «b» Q «d» sohalarda jamiyat sof yo’qotishga duch keladi. Valyuta kursi o’zgarishi 
bu yo’qotishlarni bir oz qoplashi mumkin. Masalan, 20% li tarif kiritilishi natijasida milliy 
valyuta 4% ga qimmatlashsa import qilinayotgan tovarlarning milliy valyutada ifodalangan ichki 
bahosi 20 % ga emas, 16 % ga oshadi. Bu esa tarif kiritilishi oqibatida jamiyatning sof yo’qotish 
«b» va «d» sohalarning 80 foizini((16 / 20) x 100 q 80) tashkil etishini anglatadi. 
Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid fikrlar mavjud bo’lib, bu 
tadbir mamlakat iqtisodiyoti holati, xususiyati va qo’yilgan maqsadlar bilan asoslanadi.
Bojxona tariflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko’ra import tariflari:

mamlakat mudofaa sanoatini himoya qilish imkonini beradi

mamlakatda bandlilik darajasi o’sishini ta’minlaydi va yalpi talabni rag’batlantiradi, 
importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport o’sadi va joriy operatsiyalar 
bo’yicha to’lov balansi xolati yaxshilanadi; 

milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun zarur



davlat byudjeti daromadlarini to’ldirish manbai bo’lib xizmat qiladi; 

milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko’rinishidagi chet el raqobatidan himoya qiladi; 

iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular yordamida 
mamlakat iqtisodiyotidagi ilg’or siljishlar rag’batlantiriladi va h.k. 
Milliy iqtisodiyotning tiklanishi sharoitida ko’pgina davlatlar o’z ishlab chiqaruvchilarini 
chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida protektsionizm siyosatini qo’llaydilar. Aks holda, 
mahalliy korxonalar «sinishi» jamiyatda ishsizlik xavfini tug’diradi.
Mamlakatlarda ta’rif mexanizmi orqali tashqi savdo siyosatini yuritish, birinchi navbatda 
ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish sohalarining 
himoyalanganligiga ta’sir qiladi. O’zbekistonda avtomobilsozlik yangi va istiqbolli soha 
(tarmoq) hisoblanadi va tabiiyki, tarifli himoyaga muhtoj. Tarmoqni tarifli himoyalanishining 
haqiqiy darajasini quyidagi misolda ko’rib chiqamiz. Masalan, O’zbekistonda yangi mashinalar 
uchun import boji 40 foizni tashkil qilsin. Ushbu mashinani ishlab chiqarish uchun zarur 
bo’ladigan ehtiyot qismlar asosan chetdan keltirilsin va unga import boji 25 foiz miqdorida 
o’rnatilsin. Bir dona mashinaning narxi 10000 AQSh dollariga teng bo’lsa, ya’ni bitta avtomobil 
uchun zarur bo’lgan ehtiyot qismlarining narxi 7000 dollar, qo’shilgan qiymat esa 3000 dollarni 
tashkil etsin.
Avtomobil importiga 40 foiz tarif belgilanganligi uchun har bir avtomobil narxi 4000 
dollarga o’sib, tarif bilan birga 14000 dollarni tashkil etadi. Ehtiyot qismlar importiga 25 foizli 
tarif kiritilishi ularga qilinadigan xarajatlarni 1750 dollarga oshirib 8750 dollarga etkazadi. 
Oqibatda mahsulot birligiga ehtiyot qismlar xarajati 1750 dollarga oshdi. Qo’shilgan qiymat esa 
2250 dollarga (4000 - 1750 q 2250) o’sdi. Shunday qilib, tarif kiritilgandan so’ng mahsulot 
birligiga to’g’ri keladigan qo’shilgan qiymat 5250 dollarni (3000 Q 2250 q 5250) tashkil etdi. 
Endi esa soha (tarmoq)ning samarali himoyasi formulasidan foydalanamiz.

tải về 335.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương