Toshkent moliya instituti «biznes va tadbirkorlik» kafedrasi


Boj olinadigan mahsulotlar, boj olinmaydigan mahsulotlar, olib kelish va olib ketish



tải về 335.5 Kb.
Chế độ xem pdf
trang2/8
Chuyển đổi dữ liệu10.05.2024
Kích335.5 Kb.
#57556
1   2   3   4   5   6   7   8
dbf8b7e3-fedf-469f-870e-2dea95f624d2

Boj olinadigan mahsulotlar, boj olinmaydigan mahsulotlar, olib kelish va olib ketish 
taqiqlangan mahsulotlar, shuningdek, bojxona bojlari stavkasi, ya’ni, ularning tartibga 
solingan ro’yxati bojxona tariflari deb ataladi. 
Bojxona tariflarini ishlab chiqarish, tabiiy farqlar (hayvonot va o’simlik dunyosi), qayta 
ishlash darajasiga (xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor buyumlar) ko’ra, taqsimlangan 
mahsulotlar ro’yxatini o’z ichiga olgan mahsulot sarxillovchilar (klassifikatorlari) asosida 
qurilgan. 
 
17.2. Importga ta’riflar va ularning ishlab chiqaruvchilarga hamda iste’molchilarga ta’siri 
Xalqaro savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul bo’lib tarif, ya’ni importga 
solinadigan bojxona boji hisoblanadi. 
Importga tariflarning maxsus va advalar turlari o’zaro farqlanadi. Maxsus bojlar import 
qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o’rnatiladi. Masalan, 1 barel neftga nisbatan 2 evro. 
Advalar bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma’lum foiz tariqasida 
belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%. 
Har ikkala turdagi import tariflarning oqibatlari deyarli bir xil bo’lib, buni biz quyidagi 
grafik vositasida ko’rib chiqamiz. 
Aytaylik, import tariflari joriy qilingunga qadar ichki ishlab chiqarish hajmi S1, ichki talab 
hajmi esa D1 teng bo’lgan. Talab va taklif o’rtasidagi farq (D1-S1) import hisobiga qoplangan. 
Mamlakat iqtisodiyoti yopiq bo’lganida baholar darajasi Re ga teng, talab va taklif muvozanati 
esa E nuqtada o’rnatilgan bo’lar edi. Mamlakat iqtisodiyoti ochiq bo’lgani va importga 
cheklovlar yo’qligi tufayli milliy bozordagi narxlar jahon bozori narxlari Rw bilan bir xil. 
Importga tarif joriy qilinishi natijasida ichki baholar Rw dan Rd ga qadar ko’tariladi. Natijada: 
Import qilinadigan tovarning ichki bahosi = Jahon bozoridagi bahosi +(Jahon 
bozoridagi bahosi x Tarif stavkasi). 



Sd 
Pd Ichki narx (tarif bilan birga)
Pwabcd jaxon bozori narxi
Oqibatda ite’molchilar ma’lum bir yo’qotishlarga duch keladilar. Bu yo’qotishlar grafikda 
a,b,c,d sohalar bilan ko’rsatilgan. 
Baholarning ko’tarilishi ilgari raqobatbardosh bo’lmagan ayrim ichki ishlab chiqaruvchilar 
uchun ham foyda ko’rib ishlashga imkon beradi. Umuman shu sohada band milliy ishlab 
chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini S1 dan S2 ga qadar oshiradi va S2-S1 hajmdagi 
mahsulot Pd bahoda sotiladi. Shu hajmdagi mahsulotni iste’molchilar oshirilgan narxda sotib 
oladilar va a sohaga teng yo’qotishga duch keladilar. Ammo, bu yo’qotish ichki ishlab 
chiqaruvchilarning o’sgan foydasiga aylanadi. 
Baholarning o’sishi oqibatida iste’molchilar ko’rilayotgan tovar iste’moli hajmini D1 dan 
D2 qadar qisqartiradi. Bu yo’qotish grafikda d soha bilan ko’rsatiladi va u hech kimning foydasi 
bilan qoplanmaydi. 
S2- D2 oraliq tarif joriy qilingandan so’ngi import hajmi bo’lib, shu hajmda tovarni 
iste’molchilar ilgarigidan yuqori bahoda sotib oladilar. Buning natijasida ular turmush 
darajasidagi yo’qotish ro’y beradi. Bu yo’qotish grafikda s soha bilan belgilangan bo’lib, u 
davlat byudjetiga borib tushadi. Ya’ni, bu sohadagi iste’molchilarning yo’qotishi davlatning 
foyda ko’rishi bilan qoplanadi. 


Tarif kiritilishi oqibatida iste’molchilar talabi arzon import tovaridan qimmat ichki tovarga 
yo’naltiriladi. Iste’molchilarning o’sgan to’lovlari yuqori chegaraviy xarajatga ega, 
raqobatbardosh bo’lmagan samarasiz ichki ishlab chiqarishni kengayishiga olib keladi. 
Iste’molchilarning bu yo’qotish v sohasi bilan belgilangan bo’lib tarifning «ishlab chiqarish 

tải về 335.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương